WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

Labor protection and technical safety (by branches)

学士 全日制 4年

专业介绍

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

Tavsif:
        Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalaridagi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy tamoyillari va me’yoriy-huquqiy asoslarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfli va zararli omillarni aniqlash, baholash hamda ularning oldini olish usullarini qo‘llash, xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish va boshqarish, texnika xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishni qamrab oladi. Shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazasi tizimini takomillashtirish, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, kasb kasalliklari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, zamonaviy monitoring, nazorat va risklarni boshqarish usullarini qo‘llash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini o‘z ichiga oladi.

      Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

      ishlab chiqarish: ishlab chiqarish yo‘nalishida sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, transport, energetika, neft-gaz, kimyo, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlardagi korxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis, muhandis yoki mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritish; korxonalarda mehnatni muhofaza qilish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini aniqlash hamda baholash; xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar, texnologik reglamentlar va mehnat muhofazasi hujjatlarini ishlab chiqish va joriy etish; xodimlar uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va yo‘riqnomalar tashkil etish; ishlab chiqarish jarayonlarida texnika, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish; kasb kasalliklari va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni amalga oshirish va ularga rahbarlik qilish.;

       loyiha-tahliliy: korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanoat va yong‘in xavfsizligi tizimlarini loyihalash hamda takomillashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizlik holatini tahlil qilish, kasbiy xavflarni aniqlash va baholash; xavflarni kamaytirishga qaratilgan texnik va tashkiliy yechimlarni ishlab chiqish; mehnat muhofazasi bo‘yicha loyiha hujjatlari, yo‘riqnomalar, reglamentlar va xavfsizlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash; yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etishda xavfsizlik talablariga muvofiqligini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish.;

       ilmiy-tadqiqot: Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sohasida namunaviy usullar asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish hamda amaliyotga joriy etish; ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni aniqlash, monitoring qilish va baholash; mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasbiy xavflarni boshqarish hamda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan zamonaviy usul va texnologiyalarni ishlab chiqish; mehnat muhofazasi bo‘yicha axborot tizimlari, avtomatlashtirilgan nazorat va monitoring vositalaridan foydalanish hamda ularni takomillashtirish; o‘lchash vositalari va usullarini tanlash, mehnat muhiti parametrlarini baholash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berishda faol ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

    Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
    240 kredit
to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

    Jami auditoriya soati: 3286 soat

    Malkaviy amaliyot: 540 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

118

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

18

6

Attestatsiya

24

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishi

4

8

Ta’tillar

39

1 – 8

Kredit ta’limi va fanlar tanlovi

1

1

Jami

204

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  1. Fakultativ (Sog‘lom turmush tarzi) mashg‘uloti “Jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning qiziqishiga qarab, sportning turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv ishlari bo‘yicha tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha tashkil etiladi. Tashkil etilgan mashg‘ulotlar uchun kredit  ajratilmaydi.
  2. Yakuniy davlat attestasiyasi talabalarning xoxishlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini himoya qilishadi yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasini topshiradilar.  Kredit ajratilmaydi.
  3. Yakuniy davlat attestasiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  4. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  5. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

 

相似专业