专业介绍
Har bir sohada raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanishi va internet tarmogʼining keng tarqalishi biznes boshqaruvi tizimini tubdan oʼzgartirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Ushbu yangi talablarni qoniqtirish maqsadida IT Business taʼlim yoʼnalishini tashkil etish ehtiyoji tugʼildi va unda asosiy eʼtiborni biznes boshqaruvidagi mavjud anʼanaviy tamoyillarni ilgʼor axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuviga qaratiladi.
IT Business fakulteti axborot texnologiyalari va biznes boshqaruvining nazariy va amaliy tomonlarini oʼz ichiga olgan mukammal oʼquv dasturini taqdim etadi.
Mazkur dastur anʼanaviy biznes boshqaruvining asoslari - moliya, buxgalteriya hisobi, inson resurslari va ishlab chiqarishni tashkil etish fanlarini raqamlashtirish bilan uygʼunlashtirilgan holda oʼqitiladi.
Shu bilan birga, IT biznes boshqaruvi koʼnikmalarini chuqur oʼzlashtirish uchun talab qilinadigan axborot texnologiyalarining asosiy fanlari ham oʼrgatiladi.
IT Business fakulteti Biznes Аdministratsiya, IT Business va Аxborot Texnologiya taʼlim yoʼnalishlarining asoslarini umumlashtirgan oʼquvdasturini tatbiq qiladi. Shuningdek, fakultet Janubiy Koreyaning Аdju universiteti koʼmagida xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan, axborot texnologiyalarni mukammal egallagan yetuk kadrlarni shaklantiradi.
相似专业
塔什干国立农业灌溉与机械化工程师研究型大学
地籍
—
纳曼干国立技术大学
建築學
14 000 000 so'm
每年
Karshi state technical university
土木工程
9 600 000 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
建筑材料、制品与结构制造
14 400 011 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
城市规划与设计
14 400 010 so'm
每年
University of Business and Science
测绘学与地理信息学
—