WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

化学技术工艺与设备

硕士 全日制 2年

专业介绍

Kimyoviy texnologiya jarayon va apparatlar

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi–   - “Muhandislik  ishi”  ta’lim  sohasiga  oid  mutaxassislik bo’lib,  kimyo  sanoat korxonalari  xom  ashyosini  qabul  qilish  va  saqlash,  mahsulot  ishlab  chiqarish texnologik jihozlarini  boshqarish,  yordamchi  materiallar va mahsulotlaming  sifatini  nazorat  qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy  sohalar majmuasini qamrab oladi.

 ishlab chiqarish:  sanoat korxonalari  obyektlari, jarayonlari,  tizimlari, jihozlari  va texnik  vositalaridan  samarali foydalanish;tizimlar,  texnologik jarayonlar, ularning elementlari  va texnologik hujjatlarni  ishlab  chiqishda ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish;sanoat  korxonalari  obyektlari,  jarayonlari,  tizimlari,  jihozlari  va  texnik  vositalarining ekspluatatsiya xavfsizligini ta’minlash;ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  takomillashtirish  bo’yicha  texnologik  yechimlarni  ishlab chiqish;texnikaviy-iqtisodiy tahlil  qilish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo’llash; sanoat  korxonalari  qurilmalari,  hamda  jihozlarini  ishlatish  bo’yicha  mavjud  holatlarning analitik sharhini  ishlab chiqish;sanoat  korxonalari  ixtisosligiga  mos  mavzulardagi  loyihalarni  ekspertiza  qilish  bo’yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish.ixtisoslikka mos mavzu bo’yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish.

loyiha-tahliliy: Bajarilayotgan  tajriba-konstruktorlik  va  amaliy  ishlar  mavzusi  bo’yicha  matematik, informatsion va imitatsion modellami ishlab chiqish va tadqiqot qilish malakalariga ega bo‘lish; namunaviy texnologik jarayonlami ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lish;

ilmiy-tadqiqot:  kimyo  sanoati  mashina  va  qurilmalarni  ishlab  chiqarishdagi,  texnologik jarayonlarni  o’rganish  sohasidagi  ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  ishlar  bajarilishini  nazarda tutishi lozim.mustaqil tadqiqotchilik faolyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil  qilishi; axborot  texnologiyalarining  zamonaviy  vositalaridan  foydalanib  ilmiy-tadqiqotlar  o‘tkazish, natijalarini  tahlil  qilish  va  aks  ettirish,  ilmiy  maqolalar  tayyorlashga  doir  bilimlar  va ko’niikmalarni shakllantirish; talabalarga  soha  bo’yicha  fan,  texnika  va  texnologiyaning  eng  yangi  yutuqlariga  asoslangan axborot  bazalarini  qo’llay  bilish,  ulardan  magistrlik  dissertatsiyasini bajarishda  foydalanish ko’nikmasini singdirishi  lozim.zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan,  o‘quv-tarbiya  ishlarining  interaktiv usullardan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko’nikmalarini shakllantirish;o’quv  jarayonini  ilmiy-uslubiy  jihatdan  ta’minlashni  tashkil  etish  uquvi  va  ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 2160 soat

Malkaviy amaliyot: 240 soat

Davlat attestatsiyasi: 240 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiya  ishini himoya qilish  

Malakaviy amaliyot

15

4

Attestatsiya

6

1 – 3

Yakuniy davlat attestatsiyalari

2

4

Ta’tillar

30

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3,

GPA ko’rsatgichini hisoblash

2

2

 

Jami

102

   

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

相似专业