专业介绍
60721700 – Kadastr
Tavsif:
60721700 – Kadastr bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan va texnika sohasiga mansub bo‘lib, yer resurslari, ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat kadastrlarini yuritish, geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish, geoaxborot tizimlarini (GIS) qo‘llash, kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va yuritish sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Ushbu ta’lim yo‘nalishi yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘chmas mulk ob’ektlarini kadastr hisobiga olish, geodezik o‘lchash ishlarini bajarish, raqamli kartalar va kadastr rejalarini yaratish, GIS texnologiyalari, masofadan zondlash ma’lumotlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida kadastr ma’lumotlarini shakllantirish, qayta ishlash va tahlil qilish, yer resurslarini boshqarish, davlat kadastrlarini yuritish va baholash sohalariga oid kompleks nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishni qamrab oladi.
Shuningdek, mazkur ta’lim yo‘nalishi yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini raqamlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini keng joriy etish, davlat kadastrlari ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash hamda sohada innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga oid zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining
Ishlab chiqarish: geodezik va kadastr ishlarini tashkil etish va bajarish; yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kadastr hisobiga olish hamda ularga oid texnik hujjatlarni tayyorlash; raqamli kadastr xaritalari va rejalarini ishlab chiqish; GIS va boshqa zamonaviy dasturiy vositalar yordamida kadastr ma’lumotlarini yuritish, qayta ishlash va tahlil qilish; davlat kadastrlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilash; yer resurslari hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarini hisobga olish va baholash ishlarini amalga oshirish. Davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida kadastr muhandisi.
Loyiha-tahliliy: davlat kadastrlarini yuritishda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlami davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer hisobini yuritish, kadastr ishlarini kartografik ta’minoti va kadastr syomkalari jarayonida loyihalash, texnik jarayonlar va mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish; davlat kadastrlarini yuritishda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlami davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer hisobini yuritish, kadastr ishlarini kartografik ta’minoti va kadastr syomkalari ishlami amalga oshirishda xavfsizlikni ta’minlashni inobatga olgan holda loyihalash ishlarida ishtirok etish; geodezik tarmoqlar va kadastr rejalarini ishlab chiqish; yer tuzish va hududlarni rejalashtirishga oid loyihalarni tayyorlash; GIS texnologiyalari, AutoCAD, ArcGIS, QGIS, CREDO va boshqa dasturiy vositalar yordamida geofazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish; kadastr xaritalari, raqamli modellar va texnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirish; yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tahliliy xulosalar va takliflar tayyorlash.
Ilmiy-tadqiqot: kadastr obyeklarini davlat ro‘yxatiga olish, yer hisobini yiritish, yerlardi sifat va iqtisodiy baholashda va yer monitoringini yuritishda samarali faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlami ishlab chiqish. yer resurslari, davlat kadastrlari, geodeziya, kartografiya va geoaxborot tizimlari sohalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish; mahalliy va xorijiy ilmiy-texnik axborotlar hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish; ArcGIS, QGIS, AutoCAD Civil 3D va boshqa zamonaviy dasturiy vositalar yordamida geofazoviy ma’lumotlarni modellashtirish va tahlil qilish; geodezik o‘lchashlar va eksperimental tadqiqotlar natijalariga ishlov berish; ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ilmiy hisobotlar, maqolalar va tezislar tayyorlash ekspremental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6180 soat
Malkaviy amaliyot: 1020 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
86 |
1-7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Attestasiyalar |
18 |
1-7 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
4 |
1,3,5,7 |
|
|
Malakaviy amaliyot |
34 |
4,8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
5 |
8 |
|
|
Ta’til haftalari |
53 |
1-8 |
|
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- Bir kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
相似专业
塔什干国立农业灌溉与机械化工程师研究型大学
地籍
—
纳曼干国立技术大学
建築學
14 000 000 so'm
每年
Karshi state technical university
土木工程
9 600 000 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
建筑材料、制品与结构制造
14 400 011 so'm
每年
布哈拉國立技術大學
城市规划与设计
14 400 010 so'm
每年
University of Business and Science
测绘学与地理信息学
—