WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)

Buxoro viloyati Nodavlat Veb-sayt

14,130

Talabalar

160

Xorijiy talabalar

240

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

7

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Xorijiy talabalar uchun

Xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar

Zarmed Universiteti xorijiy talabalar uchun zamonaviy, sifatli va xalqaro standartlarga mos til o‘qitish kurslarini taklif etadi. Bizning maqsad — talabalarni global ta’lim va ish bozorida raqobatbardosh qilish.

Taklif etiladigan tillar kurslari:

Ingliz tili
Xalqaro muloqot, akademik faoliyat, biznes va sayohat uchun eng muhim til hisoblanadi. Kurslarimiz interaktiv metodlar, real hayotiy vaziyatlar va til laboratoriyalari orqali talabalarning so‘zlashuv hamda yozma ko‘nikmalarini tez va samarali rivojlantiradi.

Rus tili
Ilmiy, biznes va madaniy sohalarda keng qo‘llaniladigan til. Dars jarayonida grammatika, boy lug‘at va jonli suhbatlar uyg‘unlashtirilib, amaliy muloqot ko‘nikmalari mustahkamlanadi.

Nemis tili
Texnika, iqtisodiyot va ilm-fan sohalarida keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Talabalar nemis tilida erkin fikr bildirish, matnlarni tahlil qilish va professional muloqot yuritishni puxta o‘zlashtiradilar.

Xitoy tili
Global iqtisodiyotda muhim o‘rin tutuvchi til. Kurslar til bilan birga Xitoy madaniyatini ham o‘rgatib, talabalarni biznes va xalqaro hamkorlik uchun tayyorlaydi.

Yapon tili
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar mamlakatining tili. Talabalar interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy dialoglar orqali tilni tabiiy va samarali o‘zlashtiradilar.

Bizning ustunliklarimiz:

  • Har bir talaba uchun individual yondashuv
  • Interaktiv va amaliy o‘qitish metodlari
  • Real hayotiy vaziyatlarga asoslangan treninglar
  • Madaniy tadbirlar, film va adabiyot tahlillari orqali chuqur o‘rganish
  • Onlayn va oflayn ta’lim imkoniyati

Zarmed Universiteti sizni bilim va ko‘nikmalaringizni yangi bosqichga olib chiqadigan xalqaro ta’lim muhitiga taklif etadi.

Xalqaro hamkorlik

Turkiyaning Selçuk Universiteti va ZARMED Universiteti o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda


ZARMED Universiteti rektori D.D. Shukurlayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga rasmiy tashrif doirasida mamlakatning yirik oliygohlaridan biri — Selçuk University rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv Selçuk University rektori Prof. Dr. Hüseyin Yılmaz bilan ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyati, fanlararo yo‘nalishlardagi kuchli maktablari hamda xalqaro akademik maydondagi faolligini yuqori baholadi. Selçuk University’ning QS World University Rankings 2026 reytingida qayd etilgani ham xalqaro raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

 

ZARMED Universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi

ZARMED Universitetining Samarqand kampusida bo‘lib o‘tgan “Fundamental tibbiyot: yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ZARMED Universiteti hamda Tojikiston Respublikasining Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Til kurslari

“TO‘MAR” TILLARNI O‘QITISH MARKAZI

ZARMED Universiteti huzurida faoliyat yuritayotgan “TO‘MAR” tillarni o‘qitish markazi zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida xorijiy va milliy tillarni puxta o‘rgatishga ixtisoslashgan innovatsion markaz hisoblanadi. Markazning asosiy maqsadi tinglovchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Markazda quyidagi tillar bo‘yicha kurslar tashkil etilgan:

  • O‘zbek tili
  • Ingliz tili
  • Turk tili
  • Koreys tili
  • Rus tili
  • Arab tili
  • Nemis tili
  • Xitoy tili
  • hamda boshqa xorijiy tillar

Mashg‘ulotlar o‘z sohasida katta tajribaga ega, yuqori malakali va sertifikatlangan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy interaktiv metodlar, multimedia vositalari, amaliy mashg‘ulotlar va kommunikativ yondashuvlardan keng foydalaniladi.

“TO‘MAR” markazida tinglovchilar:

  • so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
  • grammatika va yozuv malakalarini mustahkamlaydi;
  • xalqaro til sertifikatlariga tayyorgarlik ko‘radi;
  • akademik va kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan til kompetensiyalarini egallaydi;
  • xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Markazda kurslar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalar bo‘yicha tashkil etilib, har bir tinglovchi uchun individual yondashuv ta’minlanadi. Qulay o‘quv muhiti, zamonaviy auditoriyalar va sifatli ta’lim dasturlari tinglovchilarning til o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi.

“TO‘MAR” tillarni o‘qitish markazi — til o‘rganish orqali yangi imkoniyatlar sari ochiladigan ishonchli qadamdir.

Talabalar uchun imkoniyatlar

Zarmed

Fakultetlar

Muhandislik-iqtisodiyot va gumanitar fanlar instituti — bu oliy ta’lim muassasasi tarkibidagi tarkibiy bo‘linma bo‘lib, texnik (muhandislik), iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlar kesishmasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Tibbiyot va bioinjeneriya instituti — oliy ta’lim muassasasi tarkibidagi tarkibiy bo‘linma bo‘lib, tibbiyot, biologiya va muhandislik fanlari integratsiyasi asosida zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Kartografiya (magistratura) 70721602 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Neyroxirurgiya 70910214 Magistr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Sanoat farmatsiyasi va kosmetika 60910700 Bakalavr
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Urologiya 70910217 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Qilichev Saidaziz Rajabovich

Stomatologiya 4 bosqich talabasi 2024-yil Samarqand 2020 fan olimpiadasi Odam anatomiyasi fanidan faqirli 3 o‘rin 2025-yil Zarmed university 1 xalqaro fan olimpiadasi Odam anatomiyasi va Klinik anatomiya fani faxirli 1 o‘rin 2025-yil Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi tibbiyot mohirlari fan olimpiadasi eng yaxshi yuz-jag' jaroxi naminatsiyasi sohibi 2-o‘rin sohibi Zarmed universiteti stipendiyasi sohibi va Zarmed university granti sohibi 2026-yil Abu ali Ibin Sino nomidagi Tojikiston davlat Tibiyot instituti Stomatologiya V xalqaro talabalar fan olimpiadasi O'zbekiston va Tojikiston eng yaxshi yuz-jag‘ jarohi naminatsiyasi va faxirli 1 o‘rin sohibi. Zarmed university 2026-2027 yil Turkiyada qo'shma dastur sohibi