WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Sirdaryo viloyati Filial Veb-sayt

3,001

Talabalar

7

Xorijiy talabalar

122

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

6

Kafedralar

2019

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali to‘g‘risida umumlashgan ma'lumot

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Filialning umumiy hududi 12,8 gektarni tashkil etadi. Kampus tarkibiga 1300 o‘rinli asosiy o‘quv binosi, 560 o‘rinli talabalar turar joyi, yopiq sport zali, ochiq sport maydonchalari, Yoshlar sanoat texnoparki, Energetika texnoparki, Texnopark kompleksi, Axborot-resurs markazi, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi hamda zamonaviy laboratoriyalar kiradi. Filial hududi Face ID elektron nazorat tizimi bilan jihozlangan, kampus bo‘ylab Wi-Fi tarmog‘i mavjud. Elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 240 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan.
Bosh o‘quv binosining birinchi qavatida Book Cafe, Axborot-resurs markazi, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi, Robototexnika, IT va Software Engineering laboratoriyalari faoliyat yuritadi. Axborot-resurs markazi fondida 466 nomdagi 3049 nusxa bosma hamda 8000 dan ortiq elektron o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar mavjud. Shuningdek, binoda 2 ta ma'ruza zali, 200 o‘rinli faollar zali hamda filial ma'muriyati joylashgan.
Filialda 1 ta Muhandislik va yashil iqtisodiyot fakulteti hamda uning tarkibida 6 ta kafedra faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda filialda:

  • 17 ta kunduzgi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi;
  • 12 ta kechki bakalavriat ta'lim yo‘nalishi;
  • 3 ta masofaviy bakalavriat ta'lim yo‘nalishi;
  • 5 ta magistratura mutaxassisligi

bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Filial tashkil etilganidan buyon 182 nafar bitiruvchi oliy ta'limni muvaffaqiyatli tamomlab, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Hozirgi kunda filialda 3001 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 2972 nafari bakalavriat, 29 nafari magistratura bosqichi talabalaridir.
Ta'lim jarayoniga 122 nafar professor-o‘qituvchi jalb qilingan. Ularning 78 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, filialning ilmiy salohiyati 63,93 foizni tashkil etadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 17 nafar professor, 61 nafar dotsent, 11 nafar fan doktori (DSc) hamda 67 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat yuritmoqda.
Professor-o‘qituvchilarning 113 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 9 nafari xorijiy professor-o‘qituvchilar bo‘lib, ular Fransiya (1 nafar), Xitoy (2 nafar), Qozog‘iston (4 nafar) hamda **Rossiya Federatsiyasi (2 nafar)**dan jalb qilingan.
Talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish maqsadida 178 ta sanoat korxonasi va tashkiloti bilan dual ta'lim hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Filial qoshidagi Yoshlar sanoat texnoparki va Energetika texnoparkida talabalar nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirgan holda amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda. Yoshlar sanoat texnoparkida zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Filialda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat izchil rivojlantirilmoqda. So‘nggi yillarda professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi ilmiy maqolalar chop etilgan, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan, patentlar, foydali modellar hamda elektron dasturiy mahsulotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Filialda 176 ta startap loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ulardan 60 tasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan, 10 tasi amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilgan.
Filial xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Hozirgi kunda 9 ta davlatdagi 36 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Shenyang University of Chemical Technology, Chang'an University, Xi'an Technological University, Xi'an Petroleum University, Tianjin Agricultural University, City University of Hong Kong, The Chinese University of Hong Kong, Guilin Tourism University, Shenong Academy, Southwest China Urban Research Institute, Erzurum Technical University, M. Auezov South Kazakhstan University hamda boshqa nufuzli xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan memorandumlar imzolangan. O‘quv jarayoniga 16 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi jalb etilgan, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv hamda xorijiy stajirovka dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
Filial UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reytingida dunyo universitetlari orasida 1183-o‘rinni, O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida esa 57-o‘rinni egallagan.
Filialda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Zakovat", "Munozara", QVZ, Talabalar teatr studiyasi, Talabalar ashula va raqs ansambli, Volontyorlar jamoasi hamda "Targ‘ibotchi talabalar" jamoalari faoliyat yuritmoqda.
Talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 560 o‘rinli talabalar turar joyi faoliyat yuritmoqda hamda amaldagi tartibga muvofiq ehtiyojmand talabalarning ijara to‘lovlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Filialning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ta'lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish integratsiyasi va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash ustuvor vazifalar etib belgilangan.

Xorijiy talabalar uchun

Institutimizga xush kelibsiz!

Institutimiz xalqaro talabalar uchun biz bilan o'qishlarini qulay va unutilmas tajriba qilishlari uchun noyob imkoniyatlarni taklif etadi.

Ko'p tilli ta'lim muhiti: Biz turli xil talabalar va o'qituvchilar hamjamiyatimiz bilan faxrlanamiz. Barcha kurslar bir necha tillarda taklif etiladi, bu chet ellik talabalarga moslashish va o'quv materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirish qulayligini ta'minlaydi.
Xalqaro qoʻllab-quvvatlash boʻlimi: Xalqaro qoʻllab-quvvatlash boʻlimi talabalarga qabul jarayonidan tortib, yangi mamlakatdagi hayotga moslashishgacha boʻlgan savollar boʻyicha yordam berishga doim tayyor. Biz viza masalalari, uy-joy, sug'urta va universitet hayotining boshqa jihatlari bo'yicha maslahat beramiz.
Madaniy tadbirlar: Talabalar o‘z an’analarini baham ko‘rishlari, boshqa madaniyatlar bilan tanishishlari va ijtimoiy doiralarini kengaytirishlari uchun muntazam ravishda madaniy tadbirlar, festivallar va kechalar tashkil etamiz.
Til kurslari va qoʻllab-quvvatlash: Oʻz til koʻnikmalarini oshirmoqchi boʻlganlar uchun biz keng doiradagi til kurslarini va tajribali oʻqituvchilar bilan yakkama-yakka repetitorlikni taklif etamiz.
Turar joy va jamoat joylari: Bizning turar joy zallarimiz zamonaviy o‘quv xonalaridan tortib, dam olish joylari va jamoat oshxonalarigacha bo‘lgan qulay yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan jihozlangan, ularda talabalar madaniy tajriba almashishlari va taomlar tayyorlashlari mumkin.
Ishga qabul qilishni qo'llab-quvvatlash: Biz chet el talabalariga o'qishni tugatgandan so'ng amaliyot va ish topishda yordam beramiz. Karyera markazimiz talabalarga ish qidirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, rezyume yozishga va suhbatlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.


Biz barcha talabalar uchun do'stona va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratishga intilamiz!

Xalqaro hamkorlik

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali oxirgi 3 yil davomida Xitoy Xalq Ruspublikasining Tianjin fan va texnologiyalar universiteti, Pekin texnologiyalari universiteti, Shenyang kimyo-texnologiyalar universiteti va Gengdan institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 

 

Shu bilan birga 2023-yil oktabr oyida Ummumiy fan va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Qarshiboyev Sirojiddin Xitoy Xalq Respublikasida stajirovkada boʼlib, Pekin texnologiyalar universiteti va Gengdan instituti bilan hamkorlik memorandumlari tuzildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Germaniya davlatining “Hans Kupfer & Sohn” kompaniyasi bilan  ushbu kompaniya va filial o‘rtasida talabalarning Germaniyada qisqa muddatli amaliyotini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Natijada filialning 8-nafar talabasiga Germaniyada qisqa muddatli amaliyot o‘tash yuzasidan vizametrik olishdi hamda germaniya davlatiga jo‘nab ketishdi.

223-yilning 19-oktabr kuni Tomsk politexnika universiteti Kimyoviy va biomeditsina texnologiyalari tadqiqotlari maktabi direktori Trusova Marina Yevgenyevna, ushbu universitet dotsenti Kukurina Olga Sergeyevnalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida filial rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy stajirovkalar, talabalar mobilligini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbirlar davomida mehmonlar filialning “InnoWeek-2023” doirasida tashkil etilgan ko’rgazmasida hamda ilmiy amaliy anjumanda ishtirok etishdi.

 25-oktabr kuni Fransiyaning Parij shahridagi Axborot texnologiyalarining amaliy kasblariga ixtisoslashgan oliy maktab professori Seytkamal Medetov bilan trening tashkil etildi.

223-yilning 2-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Xitoyning Guychjou oziq-ovqat kolleji vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida filial rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda talabalar va professor-o’qituvchilar uchun oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishida malaka ochirish dasturlarini yo’lga qo’yish, filialda O’zbekiston-Xitoy xalqaro o’quv markazini tashkil etish orqali talabalarga xitoy tilini o’rgatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, ilmiy anjumanlar o’tkazish masalalari muhokama qilindi.               

223-yilning 14-20 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich Xitoy Xalq Respublikasiga Guychjou professional oliy ta’lim muassasasi bilan ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida tashrif buyurdi.                                           

2023-yil 24-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Xitoy Xalq Respublikasining “Tianjin Ant New Energy Technology” korxonasi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida vakillar filial faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda hamkorlik bo’yicha filial rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar filialda lityum-ionli batareyalarini ishlab chiqish bo’yicha texnoparkni tashkil etish hamda energetika va IT yo’nalishida tajriba almashish bo’yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.                

2023-yilning 19-dekabr kuni filialiga Xitoyning “Tianjin Ant New Energy Technology” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida xitoylik delegatsiya hamda filial rahbariyati o‘rtasida litiy-ionli batareyalarini ishlab chiqish zavodini ochish va bu orqali talabalar uchun o‘quv-amaliyot laboratoriyasi hamda bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

dasdsadsadas

Fakultetlar

Filialda 1 ta Muhandislik va yashil iqtisodiyot fakulteti hamda uning tarkibida 6 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda filialda 17 ta kunduzgi ta'lim yo'nalishi, 12 ta kechki ta'lim yo'nalishi, 3 ta masofaviy ta'lim yo'nalishi hamda 5 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Filial tashkil etilganidan buyon 182 nafar bitiruvchi oliy ta'limni muvaffaqiyatli tamomlab, respublikaning turli tarmoqlarida o'z mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Joriy o'quv yilida filialda jami 3001 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 2972 nafari bakalavriat, 29 nafari magistratura bosqichi talabalaridir. Ta'lim jarayoni 122 nafar professor-o'qituvchi tomonidan amalga oshirilmoqda. Professor-o'qituvchilarning 83 nafari erkak, 39 nafari ayol bo'lib, 113 nafari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, 9 nafari xorijiy davlat fuqarolari hisoblanadi.

Ta'lim yo'nalishlari 

- 60410100Iqtisodiyot
- 60410800Menejment
- 60610300- Kompyuter injiniringi
- 60610500- Sun'iy intellekt
- 60710100- Kimyo muhandisligi
- 60710200- Biotexnologiya
- 60710400- Energetika muhandisligi
- 60710900- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
- 60711800- Atrof-muhit muhandisligi
- 60720100- Oziq-ovqat texnologiyasi
- 60720300- Materialshunoslik
- 60720400- Texnologik mashinalar va jihozlar
- 60720600- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
- 60810100- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- 60810200- Agrokimyo va tuproqshunoslik
- 60810400- Agronomiya
- 60810500- O‘simliklar himoyasi va karantini

Ta'lim yo'nalishlari

Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) 60710600 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari 70720404 Magistr
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) 60710100 Bakalavr
Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar) 60710100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Neft va gaz ishi 60721100 Bakalavr
Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati) 60720700 Bakalavr

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari

Magistr 2 yil ru

9 600 018 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)

Bakalavr 4 yil uz

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar)

Bakalavr 4 yil uz

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Texnologik mashinalar va jihozlar

Bakalavr 4 yil uz

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi

Bakalavr 4 yil uz

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Iqtisodiyot

Bakalavr 4 yil uz

12 000 020 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Menejment

Bakalavr 4 yil uz

12 000 020 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Magistr 2 yil

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Kompyuter injiniringi

Bakalavr 4 yil fr en es de ru zh

9 600 016 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Kompyuter injiniringi

Bakalavr 4 yil fr en es de ru zh

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Bakalavr 4 yil uz ru

9 600 018 so'm

yiliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Sun'iy intellekt

Bakalavr 4 yil uz ru

9 600 016 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

Filialni 2022/2023 o‘quv yilida bitirgan jami 182 nafar talabadan 45 nafarini talaba qizlar tashkil etadi. Bugungi kunga bandligi ta’minlanganlar jami 148 nafarni, shundan: - Magistraturada yoki ikkinchi mutaxassislikka o‘qishni davom ettirayotganlar soni 7 ta; - Xorijda ishlayotgan yoki xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan bitiruvchilar mavjud emas; - Doimiy ishga joylashganlar 85 ta; Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar: - Yuridik shaxs tashkil etgan holda - 9 ta; - O‘zini o‘zi band qilgan bitiruvchilar soni 47 ta; Forumda o‘rganish natijalariga ko‘ra, bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar 34 nafarni, shu jumladan: - Vaqtincha ishlash imkoniyati mavjud emas (bola parvorishida bo‘lgan) bitruvchi qizlar soni 16 ta; - Davlat organlariga (ichki ishlar, milliy gvardiya, mudofaa, davlat bojxona xizmati, va boshqalar) 18 ta; Xozirda hujjatlar qabul qilingan, o‘rganish jarayonida.

Talabalar fikri

Gulmira Bayrambayeva

Mening ismim Gulmira va men qozog‘istonlik talabaman, O‘zbekistondagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tahsil olmoqdaman. O‘qishni boshqa davlatda boshlash biroz qo‘rqinchli bo‘ldi, lekin birinchi kundanoq samimiy qabul va qo‘llab-quvvatlash tufayli o‘zimni uydagidek his qildim. Meni bu yerga moslashish jarayonim juda oson va qiziqarli bo'ldi. Talabalarning filialdagii madaniy xilma-xilligidan mamnunman. Biz o'z urf-odatlarimizni baham ko'rishimiz va boshqa mamlakatlar madaniyati bilan tanishishimiz mumkin bo'lgan tadbirlarni o'tkazamiz. Avvalo, menga ko'p tilli o'quv muhiti juda yoqdi. Bu menga kurs materialini osonroq o'zlashtirishimga yordam berdi, chunki men bir nechta tillarda, jumladan, rus va ingliz tillarida gaplasha va o'rgana oldim. Ushbu jarayon orqali men til ko'nikmalarimni yaxshiladim va moslashuvimni ancha qulayroq qildim. Bundan tashqari, men filialning karyera qurish borasidagi sa'y-harakatlarini qadrlayman. Ular talabalarga amaliyotda qatnashish, sanoat loyihalarida ishlash va kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun qimmatli ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Men nafaqat bilimga ega bo'laman, balki umrim davomida unutilmas tajribalarga hamroh bo'laman."