WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Toshkent viloyati Davlat Veb-sayt

7,773

Talabalar

11

Xorijiy talabalar

402

O'qituvchilar

0

Fakultetlar

1

Kafedralar

1955

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mamlakatimizda sport boʻyicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylarni tayyorlaydigan yagona tayanch oliy taʼlim dargohi hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaga boʻlgan ehtiyoj, mahalliy xalq orasidan jismoniy tarbiya xodimlarini tayyorlashga boʻlgan zarurat tufayli 1935-yilda Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochildi.

Biroq oʻsha davrlarda yuqori malakali mutaxassislar Moskva, Leningrad kabi shaharlarda tayyorlanar va isteʼdodli yoshlar shu shaharlarga borib oʻqishga majbur edilar. 1949-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika instituti, 1951-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutida oliy maʼlumotli jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlar tashkil etildi. Ammo jamiyatda yigit-qizlarning muntazam sport – sogʻlomlashtirish bilan shugʻullana boshlagani mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini yanada kuchaytirdi. 1955-yilga kelib Respublika oliy oʻquv yurtlari, maktablar va sport tashkilotlarida bor-yoʻgʻi 247 nafar oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlgan mutaxassislar ishlar edi xolos. Shuning uchun zudlik bilan yuqori malakali sport trenerlari, sport hakamlari, jismoniy tarbiya va ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, sportchi-yoʻriqchilar va ilmiy xodimlarni tayyorlash muammosini zudlik bilan hal etish zarur edi. Eng katta muammo jismoniy tarbiya harakatining ommaviy tus olishida mahalliy kadrlarning yetishmasligi hamda qishloq joylarida jismoniy tarbiyaning sust rivojlanishi edi. Xullas, jismoniy tarbiya harakatini takomillashtirish, sifat jihatdan tamomila yangi mutaxassislar avlodini tarbiyalash, mahalliy xalq vakillarining sport musobaqalarida faol ishtirokini taʼminlash zarurati sabab 1955-yil 13-avgustda sobiq Ittifoq hukumatining 5972-sonli farmoyishi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Kengashining 27-oktyabrdagi 653-sonli qarori bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi.

2018-yil universitet tarixida tub oʻzgarish va yangilanish davri boʻldi. Avvalo, tarix zarvaraqida yangi sahifa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga binoan Jismoniy tarbiya va sport instituti negizida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-maydagi 331-sonli qarori yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Universitetda 3 ta bakalavriat va 4 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 23 ta kafedrada o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etilgan bo‘lib, ular doirasida bakalavriat va magistratura talabalari uchun ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishlari hamda seminarlar olib boriladi. Har bir kafedra o‘zining mutaxassislik yo‘nalishiga mos o‘quv dasturlari va metodik materiallar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, o‘quv-mashg‘ulotlar interaktiv metodlar, zamonaviy texnologiyalar va laboratoriya jihozlaridan foydalanish orqali sifatli va samarali tarzda tashkil etiladi. Shuningdek, talabalar faoliyati Registrator ofisi tomonidan markazlashtirilgan tarzda boshqarilib, o‘quv-mashg‘ulotlarning tartibli va samarali olib borilishi ta’minlanadi. Hozirda universitetning 1 ta filiali faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy salohiyat. Universitetda hozirgi kunda: fan doktori, professorlar – 18 nafar (shundan 2 nafari ayol, o‘rtacha yosh-60), fan doktori, dotsentlar – 6 nafar (shundan 2 - nafari ayol, o‘rtacha yosh-41), fan nomzodi, professorlar – 29 nafar (shundan 5 nafari ayol, o‘rtacha yosh 55), fan nomzodi va (PhD), dotsentlar – 47 nafar (shundan 12 nafari ayol, o‘rtacha yosh-45), fan nomzodlari va (PhD) – 37 nafar (shundan 11 nafari ayol, o‘rtacha yosh 39), ilmiy darajasiz professor – 18 nafar (shundan 4 nafari ayol, o‘rtacha yosh-68), ilmiy darajasiz dotsentlar – 54 nafar (shundan 15 nafari ayol, o‘rtacha yosh-44).

Jami ilmiy daraja va unvonlilar – 213 nafar (o‘rtacha yosh – 45).

Ilmiy salohiyat – 52,1%.

Kutubxona fondi. Universitet Axborot resurs markazining fondi 49 578 nomda 222 962 nashr birligini tashkil qiladi. Shu jumladan: Ilmiy 23930 nusxada, O‘quv qo‘llanmalar 176690 nusxada, Badiy adabiyotlar  21067 nusxada. Boshqa adabiyotlar 1263 nusxada, elektron adabiyotlar 16252 ta, Brayl adabiyotlar 12 ta . To’liq matnli ma’lumotlar bazasi mavjud.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya  va sport universiteti xorijiy ilmiy dasturlardan: Web of Science, Ebsco, UzNel, Diss.natlib.uz, ibs.natlib.uz, Press.natlib.uz bazalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazida 3 ta o‘quv zali mavjud bo‘lib, o‘rindiqlar soni 130 tani tashkil etadi. Shundan: talabalar o‘quv zali 54 o‘ringa, professor-o‘qituvchilar o‘quv zali 16 o‘ringa, Madaniyat saroyidagi talabalar o’quv zali 60 o‘ringa mo‘ljallangan.

ASOSIY VAZIFALAR VA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI:

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;

o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning sifatli oliy ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish uchun yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega bo‘lgan hamda sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan malakali, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi sport ustalari va trenyerlarini ta’lim jarayoniga keng jalb etish;

talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish, ish beruvchilar ehtiyojidan hamda sportda yuqori natijalarni qayd etish talablaridan kelib chiqib, ularning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv rejalarini, dasturlar va o‘quv-metodik materiallarni o‘quv jarayonida qo‘llash;

o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy adabiyotlar fondini va sport sohasiga oid ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish, o‘qitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning sport faoliyatiga oid xalqaro axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka o‘tash tartibini takomillashtirish;

tizimli asosda pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, sport muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

Universitetning xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish, sport faoliyatiga oid ijobiy xalqaro tajriba natijalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, nazariy va amaliy bilimlarning sportda boshqaruv sohasi va trenerlik faoliyatida qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini sport tashkilotlari, ixtisoslashgan sport ta’lim muassasalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqaruv organlari bilan faol hamkorlik orqali ta’minlash;

universitetning mavjud moddiy-texnika bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlar (ijara, pulli o‘quv kurslari)ni yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish, iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.

 

Xorijiy talabalar uchun

Mavjud emas

Xalqaro hamkorlik

                                           Xalqaro hamkorlik haqida qisqacha

Bo‘lim faoliyati: Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda universitetning barcha tarkibiy bo‘linmalari, kafedralari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tashkilotlari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

2024–2025-YILLARDA BO‘LIM TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Times Higher Education (THE) World University Rankings 2024-2025 yillarda universitet “reporter” maqomini saqlab qolgan. Reyting tashkiloti bilan muntazam aloqalar o‘rnatilib, universitetning ilmiy va ta’lim ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar taqdim etilgan.

UI Green Metric xalqaro reytingi uchun universitet profili yaratilgan va ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar muntazam ravishda taqdim etilmoqda.

QS World University Rankings bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, universitetning xalqaro talabalar va professor-o‘qituvchilar ulushi, ilmiy sitatsiya ko‘rsatkichlari va tadqiqot samaradorligi monitoring qilingan.

2024–2025-yillarda 15 dan ortiq xorijiy universitet va tashkilot bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan, jumladan:

Janubiy Koreya – Kyundong sport universiteti

Turkiya – Otaturk universiteti, Istanbul Aydin universiteti, TIKA (Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi)

Xitoy – Shanghai Youth Sport Federation, Harbin Sport University, Beijing Silk Road Culture Development Co. Ltd.

Qirg‘iziston – Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti (MUIT)

Belarus – Belarus milliy texnika universiteti

Avstraliya – “Sport Nomads” tashkiloti

Malayziya – Pendidikan Sultan Idris universiteti

Qozog‘iston – Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti

Memorandumlar asosida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va malaka oshirish dasturlari rejalashtirilgan.

2024-yil avgust oyida Xitoyning Jinan shahrida 2 nafar talaba va dotsent
T. Mengziyoyev ishtirokida 
o‘zaro tajriba almashish dasturi amalga oshirilgan.

Turkiya, Germaniya, Rossiya va Xitoydan kelgan professor va mutaxassislar bilan ilmiy seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilgan.

Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasiga O‘zDJTSUning Faxriy professori” unvoni berilgan.

Turkiya TICA tashkiloti bilan kelishuv asosida universitetda  turk tilini o‘rgatish hamda o‘quv markazi o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Kelgusi yil uchun  ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya kelishuvi amalga oshirilmoqda.

“Silk Road Innovation and Development Institute” (Xitoy) bilan uch tomonlama memorandum imzolangan, unga ko‘ra universitetda Xitoy tili markazi tashkil etiladi va xorijlik talabalar jalb qilish dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Shanghai Youth Sport Federation bilan stol tennisi bo‘yicha yoshlar almashinuvi, o‘quv-mashg‘ulot lagerlari va “O‘zbekiston–Xitoy Do‘stlik Kubogi” turniri tashkil etish kelishuvlari amalga oshirilgan.

Avstraliya “Sport Nomads” tashkiloti bilan kurash turlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar dasturi ishlab chiqilgan.

Osiyo aravachada regbi federatsiyasi prezidenti Rodni Xolt bilan hamkorlik memorandumi imzolangan, Osiyo chempionatini O‘zDJTSUda o‘tkazish taklifi qabul qilingan.

Universitetning ilmiy, ta’limiy, xalqaro hamkorlik va infratuzilma ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilgan va muntazam yangilanmoqda.

Har chorakda xalqaro reyting tashkilotlariga hisobotlar tayyorlanib, universitet rahbariyatiga takliflar bilan taqdim etilgan.

Kafedralar kesimida reytingga qo‘shilayotgan hissani monitoring qilish tizimi joriy etilgan.

Universitetning xalqaro veb-sayti yangilangan, ingliz tilidagi kontent boyitilgan.

Xalqaro konferensiyalar, forumlar va sport tadbirlarida universitet vakillari faol ishtirok etmoqda.

“O‘zDJTSU xalqaro hamkorlik yangiliklari” muntazam ravishda universitet sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

2025–2026-YILLARDA REJALASHTIRILGAN ISHLAR

  1. QS va THE reytinglarida 1000 talikdan yuqori o‘rinlarni egallash.
  2. Yevropa, AQSh va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan yangi hamkorlik memorandumlari imzolash.
  3. Xalqaro talabalar almashinuvi dasturlarini 2 barobar oshirish.
  4. Ilmiy maqolalar va patentlar sonini oshirish orqali sitatsiya ko‘rsatkichini yaxshilash.
  5. “Green Campus” loyihasini rivojlantirish va UI Green Metric reytingida o‘rinni oshirish.


 

Til kurslari

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida (OʻDJTSU) talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda tashqaridan keluvchi xohlovchilar uchun maxsus til kurslari tashkil etilgan. Universitet asosan sportga ixtisoslashgan boʻlsa-da, xalqaro maydonga chiquvchi sportchi va kadrlarni tayyorlashda til bilish darajasiga jiddiy eʼtibor qaratadi.
Universitet qoshidagi Tillar kafedrasi va maxsus Axborot-resurs hamda oʻquv markazlari negizida faoliyat olib boradigan til kurslari haqidagi asosiy maʼlumotlar:

  1. Ingliz tili kurslari (English for Sports & General)

Universitetda ingliz tili ikki yoʻnalishda oʻqitiladi:

Umumiy ingliz tili (General English): Boshlangʻich (Beginner) darajadan yuqori (Upper-Intermediate) darajagacha boʻlgan bosqichlar. Grammatika, soʻzlashuv (Speaking) va tinglab tushunish (Listening) koʻnikmalariga urgʻu beriladi.

Ixtisoslashtirilgan ingliz tili: Sport sohasidagi xalqaro terminologiya, sport musobaqalari qoidalari, hakamlik va xalqaro sport tashkilotlari bilan muloqot qilish uchun maxsus dastur asosida oʻtiladi.

IELTS-prep: Universitet bitiruvchilari va magistraturaga topshiruvchilar uchun xalqaro sertifikat olishga tayyorlov guruhlari ham mavjud.

  1. Rus tili kurslari (Русский язык):
    Universitetning juda koʻp yoʻnalishlarida taʼlim rus tilida ham olib borilishi (va Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma fakulteti mavjudligi) sababli rus tili kurslariga talab yuqori.

Soʻzlashuv kursi (Разговорный русский): Kundalik hayotda va oʻquv jarayonida erkin muloqot qilishni istovchilar uchun.
Akademik va professional rus tili: Sport metodikasi, tibbiy-biologik tushunchalar va sport psixologiyasiga oid adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olish darajasini oshirishga qaratilgan.

3. Turk tili kurslari (Türkçe)
Turkiya bilan sport va taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani sababli tashkil etilgan.
Turk tili kursi turk mutaxassisi Xasan Kaya tomonidan o‘rgatiladi va kurslar asosan turk tilining milliy va TÖMER tizimi (xalqaro turk tili standarti) asosida, A1 darajadan boshlab oʻqitiladi.
Turkiya oliygohlari bilan talabalar almashinuvi dasturlarida qatnashmoqchi boʻlgan yoshlar uchun juda qulay imkoniyat hisoblanadi.

 

4. Koreys tili kurslari (한국어)

Janubiy Koreya bilan sport va ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani hamda koreys madaniyati va K-sport yo'nalishiga qiziqish ortib borayotgani sababli koreys tili kurslari tashkil etilgan.

Asosiy koreys tili (한국어 기초): Hangul alifbosini o'rganishdan boshlab, boshlang'ich (Beginner) darajadan o'rta (Intermediate) darajagacha bo'lgan bosqichlar. Grammatika, so'zlashuv (Speaking) va tinglab tushunish (Listening) ko'nikmalariga urg'u beriladi.

Ixtisoslashtirilgan koreys tili: Sport sohasidagi koreys terminologiyasi, musobaqa qoidalari, koreys sport tashkilotlari va federatsiyalari bilan muloqot qilish uchun maxsus dastur asosida o'tiladi.

TOPIK-prep: Janubiy Koreya universitetlariga o'qishga kirmoqchi bo'lgan va xalqaro TOPIK (Test of Proficiency in Korean) sertifikatini olishni istovchilar uchun maxsus tayyorlov guruhlari mavjud. Koreya oliygohlari bilan talabalar almashinuvi dasturlarida qatnashmoqchi bo'lgan yoshlar uchun juda qulay imkoniyat hisoblanadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

Bizning universitet uzoq yillik faoliyati davomida minglab iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, ular uchun haqiqiy mahorat maktabiga aylandi. Bu dargoh nafaqat bilim maskani, balki kelajak poydevori, katta orzular sari ochilgan keng yo‘l bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Aynan shu yerda tahsil olgan ko‘plab bitiruvchilar bugungi kunda yurtimiz va jahon miqyosida katta yutuqlarga erishib, sport, ilm-fan va boshqa sohalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Xususan, dunyoga mashhur chempionlar va Olimpiya chempionlari aynan shu ta’lim maskanida to‘g‘ri yo‘nalish, puxta tayyorgarlik va mustahkam iroda maktabini o‘tib, bugungi yuksak darajaga yetishganlar.

Universitetimiz ustozlari va murabbiylarining fidokorona mehnati, zamonaviy bilim va tajribaga asoslangan ta’lim tizimi yoshlarning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bois universitetimiz nafaqat ta’lim beruvchi muassasa, balki kelajak chempionlari va yetuk mutaxassislarni kamol toptiruvchi muqaddas maskan sifatida yuksak e’tirofga loyiqdir.


 

Ta'lim yo'nalishlari

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (61010200) Bakalavr
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (71010301) Magistr
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport) 61010800 Bakalavr Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Jismoniy madaniyat (61010200) Bakalavr
Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi (70111201) Magistr
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 Magistr
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish 71010203 Magistr
Marketing (60411200) Bakalavr
Menejment (60411800) Bakalavr
Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish 71010202 Magistr
Sport faoliyati 71010201 Magistr
Sport faoliyati (Karate) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (Kikboks) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (Qo‘l jangi) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (boks) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha: futbol, karate, kikboksing, dzyudo, kurash) 61010300 Bakalavr
Sport faoliyati (kurash) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (voleybol) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: akademik eshkak eshish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: ayollar kurash (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: badiiy gimnastika (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: badiiy gimnastika (71010201) Magistr
Sport faoliyati: badminton (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: basketbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: basketbol (71010201) Magistr
Sport faoliyati: belbogʻli kurash (71010201) Magistr
Sport faoliyati: belbog‘li kurash (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: biatlon (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: bodibilding va fitnes (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: boks (71010201) Magistr
Sport faoliyati: chim ustida xokkey (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: dzyudo (71010201) Magistr
Sport faoliyati: erkin kurash 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: eshkak eshish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: eshkak eshish (71010201) Magistr
Sport faoliyati: figurali uchish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: fijital basketbol (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: fijital futbol (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: futbol (71010201) Magistr
Sport faoliyati: gandbol (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: gandbol (71010201) Magistr
Sport faoliyati: gimnastika (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: gimnastika (71010201) Magistr
Sport faoliyati: kamondan otish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: kamondan otish (71010201) Magistr
Sport faoliyati: kibersport (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: kriket (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: kurash (71010201) Magistr
Sport faoliyati: mini futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: muay tay (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: og‘ir atletika (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: ot sporti (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: o‘q otish va stenddan o‘q otish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: o‘zbek jang san'ati (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para dzyudo (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para paurlifting (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para suzish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para taekvondo (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para velosport (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: para yengil atletika (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: penchak silat (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: qilichbozlik (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: regbi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: regbi (71010201) Magistr
Sport faoliyati: sambo (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: sambo (71010201) Magistr
Sport faoliyati: shaxmat (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: shaxmat (71010201) Magistr
Sport faoliyati: sinxron suzish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: sinxron suzish (71010201) Magistr
Sport faoliyati: snovbord (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: sport akrobatikasi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: stol tennisi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: stol tennisi (71010201) Magistr
Sport faoliyati: suv polosi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: suzish (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: suzish (71010201) Magistr
Sport faoliyati: taekvondo WTF (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: taekvondo WTF (71010201) Magistr
Sport faoliyati: tennis (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: tennis (71010201) Magistr
Sport faoliyati: tog‘ chang‘isi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: triatlon (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: turon (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: velosport (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: velosport (71010201) Magistr
Sport faoliyati: xokkey (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: yengil atletika (71010201) Magistr
Sport faoliyati: yunon-rim kurashi (61010200) Bakalavr
Sport faoliyati: yunon-rim kurashi (71010201) Magistr
Sport faoliyati: zamonaviy besh kurash (6110200) Bakalavr

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Menejment (60411800)

Bakalavr 4 yil en uz ru

19 159 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: stol tennisi (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: eshkak eshish (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: boks (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: futbol (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: regbi (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: gandbol (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: kamondan otish (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: sinxron suzish (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: taekvondo WTF (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sport faoliyati: belbogʻli kurash (71010201)

Magistr 2 yil en uz ru

20 286 000 so'm

yiliga

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Marketing (60411200)

Bakalavr 4 yil en uz ru

19 159 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev

🥊Boks bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining -71 kg vazn toifasidagi chempioni

Navruzov Ixtiyor

Erkin kurash bo‘yicha 2016 yil Rio Olimpiyadasi bronza medali sohibi

Djurayev Akbar

Djuraev Akbar Xusnidilla o‘g‘li 8 oktabr 1999 yil Toshkent viloyati Bustonliq tumanida tavvalud topgan. 2019-2023 yil O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti sobiq talabasi,Xalqaro toifasidagi sport ustasi, 2019 yil 109 kg vazn toifasida Osiyo chempianati sovrindori, 2019 yil yoshlar o‘rtasida jaxon chempionati mutloq g‘olibi, yoshlar o‘rtasida jaxon rekordchisi, 2020 yil Tokioda olimpiyada chempioni, Olimpiyada rekordchisi, Uzbekiston iftixori unvoni soxibi.

Muzaffarbek To’raboyev

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida -100 kg vazn toifasida dzyudo sport turi bo'yicha bronza medalini sohibi

Shturbabin Artyom Andreevich

Dzyudo bo‘yicha sport ustasi. O‘zbekiston, Osiyo, Jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar sovrindori. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Kimsanboyev Mardon Mavlonjon o’g’li

Belbog‘li kurash bo‘yicha sport ustasi. O‘zbekiston, Osiyo, Jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar g‘olibi.

Tangriev Abdulla Tovashevich

Dzyudo kurashi bo‘yicha 2008 yil Pekin Olimpiada o‘yinlari finalchisi kumush medal sovrindori. 2012 yil mutloq vazn toifasida jahon chempioni

Abduqodir Husanov

To‘liq ismi: Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li Husanov Tug‘ilgan sanasi: 29-fevral, 2004-yil Tug‘ilgan joyi: Toshkent, O‘zbekiston Ta’lim: “Bunyodkor” futbol akademiyasi (2011–2021) Kasbi: Professional futbolchi, markaziy himoyachi Klublar: Energetik-BGU (Belarus, 2022–2023) RC Lens (Fransiya, 2023–2025) Manchester City (Angliya, 2025–hozirgacha) Milliy jamoa: O‘zbekiston U17, U19, U20, U23 va kattalar terma jamoasi a’zosi Yutuqlar: 2023-yil: AFC U-20 Osiyo Kubogi – g‘olib 2023-yil: CAFA Nations Cup – kumush medal 2024-yil: AFC U-23 Osiyo Kubogi – kumush medal

Rustam To’xtasinovich Saidov

2000-yilgi Sidney Olimpiadasi bronza medali sohibi O’zbekiston iftixori faxriy unvoni, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi unvonlari sohibi.

Karim Olimjonovich To’laganov

1996-yilgi Atlantada o’tkazilgan Olimpiada o’yinlari bronza medali sovrindori O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi

Axmedov Odil Alimjanovich.

O'zbekiston "Paxtakor" O'zbekiston Chempioni: 2006, 2007 O'zbekiston vitse-chempioni: 2008, 2009, 2010 O'zbekiston Kubogi Sohibi: 2006, 2007, 2009 O'zbekiston Kubogi Finalchisi: 2008 Hamdo'stlik Chempionlar Kubogi sohibi: 2007 Hamdo'stlik Chempionlar Kubogi finalchisi: 2008 Rossiya "Anji" Rossiya Kubogi Finalchisi: 2012/13 Rossiya Premer-ligasining bronza medali sovrindori: 2012 / 13 Rossiya "Krasnodar" Rossiya Premer-ligasining bronza medali sovrindori: 2014 / 15 Xitoy "Shanxay SIPG" Xitoy Chempioni: 2018 Xitoy chempionatining kumush medali sovrindori: 2017 Xitoy chempionatining bronza medali sovrindori: 2019 CFC Kubogi finalchisi: 2017 Shaxsiy O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (6-rekord): 2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018 Yilning eng yaxshi futbolchisi "Anji" 2011 "Krasnodar" da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014/15

Server Reshatovich Djeparov

O'zbekiston "Paxtakor" O'zbekiston Chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 O'zbekiston Kubogi Sohibi: 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 Hamdo'stlik Chempionlar Kubogi sohibi: 2007 O'zbekiston "Bunyodkor" O'zbekiston Chempioni: 2008, 2009 O'zbekiston Kubogi Sohibi: 2008 O'zbekiston Kubogi Finalchisi: 2009 Koreya Respublikasi "Seul" Janubiy Koreya Chempioni: 2010 Liga Kubogi Sohibi: 2010 Saudiya Arabistonining "Al-Shabab"Bayrog'i Saudiya Arabistoni Chempioni: 2012

Masharipov Jaloliddin Qadambaevich

"Lokomotiv" O'zbekiston Chempioni: 2017 "Paxtakor" O'zbekiston Chempioni: 2014, 2019 O'zbekiston Kubogi Sohibi: 2019 O'zbekiston Kubogi Finalchisi: 2018 Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2020

Otabek Shukurov

O'z faoliyatini "Mash'al" Muborak klubida boshlagan. Shuningdek, u "Buxoro"uchun ham o'ynadi. 2016 yildan 2017 yilning noyabr oyigacha "Bunyodkor" futbolchisi bo'lgan. 2017 dekabrdan beri u Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubida o'ynaydi. O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va Olimpiya terma jamoalarida o'ynagan. 2016 dan beri u milliy terma jamoaga qo'shilishni boshladi. 2019 Osiyo Kubogi Ishtirokchisi.

Keldiyorova Diyora

Parij 2024 olimpiya o'yinlari chempioni, dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi.O‘zbekiston, Osiyo, Jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar g‘olibi. Italiyada bo‘lib o‘tgan Jahon universiadasi sovrindori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.

Bahodir Jalolov

🥊Boks bo'yicha Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ikki karra chempioni

Abdumalik Xalakov

🥊Boks bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining -57 kg vazn toifasidagi chempioni

Muhammadqodir Toshtemirov

Muhammadqodir Toshtemirov 2001-yil 17-sentabrda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2020-2023 yil O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sobiq talabasi. Xalqaro toifasidagi sport ustasi. 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi. 2023 yilgi jahon chempionati bronza, 2021 yilgi Osiyo chempionati kumush, 2022 yilgi Osiyo chempionati bronza medali sovrindori. 2018 yilgi o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori.

Talabalar fikri

Bahodir Jalolov

Men, Bahodir Jalolov, O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universitetida o‘qigan sportchi sifatida ayta olamanki, bu universitet nafaqat sport mahoratini oshirish, balki shaxs sifatida o‘sishimga ham katta hissa qo‘shdi. Uzoq yillik faoliyati davomida universitet ko‘plab chempionlar va Olimpiya g‘oliblarini tarbiyaladi, va men ham bu muassasa orqali o‘z imkoniyatlarimni to‘liq namoyon etishga erishdim. Murabbiylarimizning bilim va tajribasi, zamonaviy sport inshootlari va individual yondashuv har bir talabaga o‘z salohiyatini to‘liq ochishga yordam beradi. Shu universitetda olgan bilim va tayyorgarlik menga xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishda asos bo‘ldi.

Isroil Madrimov

Barcha sportchilarga va sport sohasiga qiziqadiganlarga shu universitetda tahsil olishni taklif qilaman-Boks bo'yicha jahon chempioni Isroil Madrimov.