WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

2,525

Talabalar

3

Xorijiy talabalar

89

O'qituvchilar

0

Fakultetlar

3

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘zining keng qamrovli va zamonaviy ta’lim dasturlari bilan talabalarga yuqori darajada bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda Bakalavriat va magistiratura darajasida ta’lim beriladi. Bakalavriat bosqichida talabalarga kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari taklif etiladi. Talabalar o‘zlarining sharoitlariga mos ravishda ta’lim olishni tanlashlari mumkin. Magistiratura esa faqat kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi, bu esa talabalarga chuqurroq va sifatli bilim olishga imkon beradi.

Universitetning ta’lim sohasidagi yana bir katta afzalligi – talabalarga beriladigan grantlar tizimidir. Bakalavriat va magistiratura bosqichlarida o‘qish uchun davlat grantlari mavjud bo‘lib, bu yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z talabalariga qo‘shimcha rag‘bat sifatida universitet tomonidan taqdim etiladigan maxsus ta’lim grantlarini ham taklif qiladi. Bu esa moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, lekin bilim olishga intiluvchi yoshlar uchun eshiklarni keng ochadi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti innovatsion o‘quv jarayonlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va malakali professor-o‘qituvchilari bilan ajralib turadi. Har bir talaba bu yerda o‘zining kasbiy va shaxsiy yuksalishiga yo‘nalgan yo‘llarni topadi. Universitetda ta’lim olayotgan har bir talabaga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Universitet nafaqat ta’lim maskani, balki kelajak yetakchilarini shakllantirish markazi hamdir. Bu yerda bilim olgan har bir talaba kelajakda o‘z kasbi va jamiyat oldidagi mas’uliyatlarini to‘la anglagan holda yetakchilik qilishga tayyor bo‘lib yetishadi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – tajribali va malakali o‘qituvchilar jamiyati

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida ta’lim sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu o‘z ishiga sadoqatli, tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilardir. Universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar o‘z sohalarining yetakchi mutaxassislari bo‘lib, xalqaro va milliy miqyosda tan olingan ilmiy izlanishlari, nashrlari hamda amaliy tajribalari bilan mashhurdirlar.

Har bir o‘qituvchi o‘z faniga qiziqish uyg‘otish va talabalarning bilimini chuqurlashtirish maqsadida innovatsion o‘quv uslublarini qo‘llaydi. Ular zamonaviy o‘quv dasturlari bilan birga, har bir talabaga individual yondashuvni ta’minlab, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashadi. O‘qituvchilar talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham etkazish uchun intilishadi, bu esa ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarga aylantiradi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z o‘qituvchilarining doimiy ravishda malakasini oshirishga katta e’tibor qaratadi. Ular xalqaro konferensiyalar, seminarlar va malaka oshirish dasturlarida muntazam qatnashib, eng so‘nggi yutuqlar va ilg‘or metodlarni ta’lim jarayoniga joriy qilishadi.

Universitet o‘qituvchilari nafaqat o‘zlarining yuqori darajadagi kasbiy tajribalari, balki o‘quv jarayonidagi do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi munosabatlari bilan ham ajralib turadi. Bu talabalarning muvaffaqiyatiga erishish uchun ularga ishonch va kuch bag‘ishlaydi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining har bir o‘qituvchisi bilimga, izlanishga va innovatsiyaga yo‘naltirilgan jamoaning muhim bo‘lagi bo‘lib, ular talabalarini kelajakdagi yetakchilarga aylantirishga intiladi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar markazi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari nafaqat yuqori sifatli ta’lim, balki keng imkoniyatlar bilan ham ta’minlanadi. Universitet talabalarga o‘zlarining ta’lim jarayonini yanada boyitish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga yordam berish maqsadida bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

 

Birinchidan, universitet talabalari uchun qulay va zamonaviy yotoqxonalar bilan ta'minlangan. Yotoqxonalarda talabalarning qulay yashashi va o‘qishlariga sharoit yaratish maqsadida barcha zaruriy qulayliklar mavjud. Bu esa talabalar uchun uyqu, o‘qish va dam olish uchun optimal muhitni ta'minlaydi.

 

Ikkinchidan, universitet xalqaro miqyosda keng ko‘lamli talaba almashinuvi dasturlarini taklif etadi. Universitet Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, AQSh, Eron kabi davlatlar bilan hamkorlikda exchange programme dasturlarini amalga oshiradi. Bu dasturlar doirasida talabalar xorijiy universitetlarda ta'lim olish, yangi madaniyatlar bilan tanishish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, universitet Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy kabi davlatlar bilan work and travel dasturlari bo‘yicha ham kelishuvlar o‘rnatgan. Bu dasturlar talabalar uchun chet elda ishlash va sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Talabalar ushbu dasturlar orqali nafaqat moliyaviy mustaqillikka erishadilar, balki o‘z kasbiy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida talabalarga o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis amalga oshirish, yangi madaniyatlar bilan tanishish va global miqyosda muvaffaqiyat qozonishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Universitetning xalqaro hamkorlik dasturlari, zamonaviy yotoqxonalari va xorijiy tajriba imkoniyatlari talabalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Xorijiy talabalar uchun

📣 Til o‘rganish vaqti keldi!

AIFU Language Center — AIFU universiteti tajribasiga asoslangan sifatli til kurslari endi siz uchun ochiq!

🌍 Kurslar:
🇬🇧 Ingliz tili (General & IELTS)
🇨🇳 Xitoy tili (HSK — barcha darajalar)
🇹🇷 Turk tili
🇯🇵 Yapon tili
🇷🇺 Rus tili
🇩🇪 Nemis tili

📅 Darslar: haftasiga 3 kun, har biri 1,5 soatdan.

🔥 Nega aynan AIFU Language Center?
• Bosqichma-bosqich o‘qitish tizimi
• Tajribali xorijiy ustozlar
• Har darsda amaliy mashqlar va erkin muloqot
• IELTS, HSK kabi xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik

📞 Aloqa: +998 (78)555-2121
📍 5-qavat, 505-xona
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: study.aifu.uz

⚡️ Joylar cheklangan!
“Keyin qo‘ng‘iroq qilaman” demang — bugun ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kelajagingizga sarmoya kiriting!

Instagram | Telegram

Xalqaro hamkorlik

 

EURIE 2025  Yevrosiyo oliy ta’lim sammiti yakunlandi – universitetimiz xalqaro maydonda yana bir qadam oldinga siljidi

 8–10 aprel kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo oliy ta’lim sammiti (EURIE 2025) o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu nufuzli tadbirda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti delegatsiyasi — xalqaro bo‘lim vakillari va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. 

 Sammit davomida bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va quyidagi natijalarga erishildi:

➖ Turkiya va Malayziya universitetlari bilan ikki haftalik "Summer School" dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
➖ Professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
➖ Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy va akademik loyihalar bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
➖ Istanbul Aydın universiteti rektori hamda EURIE 2025 sammiti rahbari Mustafa Aydin va universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i G‘aniyeva Aziza o‘rtasida muhim hamkorlik shartnomasi tuzildi.

 Sammit tafsilotlari va hamkor universitetlar ro‘yxati bilan tanishing:
Anadolu Universiteti 
Karabük Universiteti 
Istanbul Galata Universiteti 
Yeditepe Universiteti 
Istanbul Aydın Universiteti 
Antalya Bilim Universiteti
Universiti Utara Malaysia  
University of Kuala Lumpur 
INTI International University
Bucharest University of Economic Studies  

🌍 Ushbu tashrif va erishilgan natijalar universitetimizning xalqaro reytingda o‘z o‘rnini mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuv yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

 

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

AIFU universiteti haqida qisqacha :

 - 2 ta yangi o‘quv binosi ishga tushirildi.

- AIFU talabalari Xitoyda talabalar almashinuvi dasturi doirasida Xitoyda ta’lim olishdi(Qisqa va uzoq muddatli talabalar almashinuvi dasturlari)

- Xitoy, Turkiya va Malayziya universitetlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

- 167 ta tadbirlar o‘tkazildi.

- Xalqaro miqyosda 2 ta ilmiy - amaliy anjuman o‘tkazildi.

- Xalqaro va mahalliy olimpiadalarda medallar qo‘lga kiritildi.

- Jahon miqyosida sport bo‘yicha oltin medal qo‘lga kiritildi.

- Respublika miqyosida Intellektual olimpiadada 2 - o‘rin egallandi.

- Centre International de Mathématiques Pures et Appliquées(CIMPA) grantini qo‘lga kiritdi.

- 2024/2025 o‘quv yili uchun Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida davlat granti 20 taga yetdi!. AIFUda Davlat grantida ham tahsil olishingiz mumkin. Unga ko‘ra, Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga matematika (5 ta), dasturiy injiniring (5 ta), sun’iy intellekt(5ta) va logistika (5ta) yo‘nalishlari uchun jami 20 ta kvota ajratildi. Bundan tashqari AIFU universiteti 10 mldr. so'mlik Universitet Grantlari ham berildi. Va universitetning 150 ta talabasiga Universitet Grantlari taqdim etildi.

Qabul kvotalari : 2025 - 2026 o'quv yili uchun 2000 dan ortiq talabalarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Universitetda mavjud grantlar : 2024 - 2025 - o'quv yili uchun AIFU universiteti talabalar uchun 170 ta GRANT ajratdi.

2025 - 2026 o'quv yili uchun ham o'tgan qabul yildagidan ham ko'proq Davlat hamda Universitet Grantlari berilishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim yo'nalishlari

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 Magistr
Bank ishi 60410600 Bakalavr Magistr
Biznesni boshqarish 60410900 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr Magistr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Dizayn 60210400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Matematika va informatika 60110600 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr

Dasturlar

Bu universitet uchun dasturlar hali kiritilmagan.