O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
548
Talabalar
6
Xorijiy talabalar
71
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
19
Kafedralar
2021
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tarixi.
Oʻzbek estrada musiqasi nisbatan navqironligiga qaramay, muayyan tarixiy asosga ega. Uning shakllanishi va dastlabki davr taraqqiyotida hal qiluvchi ulushlarini qoʻshgan ilk estrada sanʼatkorlarining yorqin ijrochilik salohiyati, boy va sermahsul faoliyat qamrovi zamonaviy oʻzbek qoʻshiqchiligining asos-zaminini tashkil etib, mazkur ommaviy sanʼat qatlamining XX asrning yangi va ommaviy sanʼati sifatida kamol topishida muhim omillarga aylandi. XX asr jahon estradasi yulduzi, atoqli sanʼatkor, serqirra ijodkor Botir Zokirov (1936.26.04.-1985.23.1) aynan shunday shaxslar qatoriga kirgan. Uning ijodiy fenomeni tom maʼnoda XX asr zamonaviy oʻzbek musiqa madaniyati va sanʼatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga sabab boʻldi. Botir Zokirov xalqimiz orasida avvalambor yetuk estrada xonandasi sifatida tanilgan. Biroq, uning qisqa hayoti (49 yosh) davomida dramaturgiya, rejissura, kino, proza, tasviriy sanʼatda yozib qoldirgan asarlarida ham katta isteʼdod tamgʻasi bosilgan edi. B.Zokirov istedodining oʻziga xosligi, yorqin va betakror estrada talqin maktabi shakllanishiga, shuningdek, murakkabligi jihatidan nafaqat respublikamizda, balki Osiyoda yagona “Myuzik-xoll” kabi yetuk estrada jamoasining tugʻilishiga asos boʻlgan. Xonandaning estrada qoʻshiqchiligida yaratgan betakror talqin va ijro uslubi Sharq va Gʻarb qoʻshiqchilik anʼanalarining mushtarakligi. Estrada janridagi dastlabki tajribalari uchun Botir Zokirov Yevropa va sobiq SSSR estrada qoʻshiqchiligida orttirilgan koʻnikmalarni Sharq ijrochiligining badiiy uslublari, ularning umumiy va individual xususiyatlari, oʻxshash va farqli jihatlarini qiyoslash va omuxtaligini topish kabi “murakkab yoʻl” orqali birinchilar qatorida oʻzbek estradasini shakllanish pallasida uning milliy qiyofasini topishga harakat qilgan. Koʻp yillik tinimsiz mehnati, oʻz ustida ishlashi, ansambl va estrada simfonik orkestrda olib borgan ijodiy faoliyati davomida erishgan natijalar zamirida Botir Zokirovga oʻzi xos “shaxsiy” ijro uslubi yaratildi. Xonanda sahnada talqin etgan har bir asari qalban his etilib, “dardli” ovozda samimiy ifodasini topgan. Yagona ohang, muayyan kuy chizgisi orqali qoʻshiqlarni sahnalashtira olish qobiliyatiga ega boʻlgan xonanda, orkestr bilan uygʻunlashib, yumshoq tenor ovozining tembr ranglariga monand sayqal etilgan. Botir Zokirov ijro uslubining muhim tomoni yuksak badiiy did va madaniyati bilan farqlanib, talqin nuqtai nazaridan xalqaro miqyosda mutaxasisslar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 26-avgustdagi farmoni bilan taniqli sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov (1936−1985) «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. «Oʻzining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʻzbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etishga qoʻshgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib mukofotlansin», deyiladi hujjatda. Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktyabrdagi № 5261 sonli qaroriga asosan milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada sanʼatini jadal rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi «Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi PQ-4908-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti nomi bilan tashkil etilgan. Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi (bakalavriat va magistratura) bо‘yicha davlat namunasidagi diplom beradigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. Institut milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va milliy estrada san’ati sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 2 fakulteti va 9 kafedrasida talabalar ta’limning 6 ta yо‘nalishi va 5 ixtisosligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut musiqashunoslik, kompozitirlik va aranjirovka, estrada cholg’u ijrochiligi, estrada xonandaligi, musiqa ovoz rejissyorligi, estrada ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. Bugungi kunda institutda 470 dan ortiq talaba bakalavr ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olyapti. Ularga amalda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida stipendiyalar beriladi, ijtimoiy yordam kо‘rsatiladi. Bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan 97 nafar professor-о‘qituvchining 1 nafari fan doktori, 5 nafari fan nomzodi, 9 nafar professor, 11 nafar dotsent hamda faxriy unvonlar bilan taqdirlangan 70 dan ortiq pedagoglar ta’limning yuqori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
O‘zDK huzuridagi MESIda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bakalavriat bosqichida tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3300 AQSh dollari etib tayinlangan. Yotoqhona bilan ta’minlanasiz. Yotoqhona uchun 1 oyga 500000 so‘m etib tayinlangan.
Magistraturada tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3600 AQSh dollari etib tayinlangan. Bakalavriat va Magistratura bosqichida kutubxona va fonotekadan bepul foydalashingiz mumkin. Ta’lim o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Bakalavriat va Magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng Sizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida diplom beriladi. Har yilning 25-iyundan 5-iyulgacha Bakalavriat bosqichiga xujjatlar topshishingiz hamda qabul imtihonlarini topshirish mumkin.
Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi Sizga 1 oy muddatga beriladi, shu vaqt mobaynida imtihon topshirib, shartnoma tuzilib hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishingiz uchun O‘zDK huzuridagi MESI manziliga (rus yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan va davlat notarial idorasida tasdiqlangan) quyidagi hujjatlarni yuborishingiz lozim:
Milliy pasport nusxasi
Diplom nusxasi
Rasm ¾ - 10 dona
Ish joyingizdan ma’lumotnoma
Tibbiy ma’lumotnoma
Rezume
Xalqaro hamkorlik
Institut dunyoning yetakchi musiqa va san’at oliy ta’lim muassasalari, xususan, Rossiya, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli konservatoriyalari hamda akademiyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ushbu hamkorlik doirasida mahorat darslari, tajriba almashinuvi va madaniy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.
Til kurslari
Institutda "O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar" kafedrasi tomonidan ingliz tili bo'yicha til kurslari va "speaking club" tashkil qilingan.
Talabalar uchun imkoniyatlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
testtesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttest
Fakultetlar
Bu fakultet 2021-yili tashkil qilingan bo‘lib, "Estrada xonandaligi", "Musiqiy-nazariy,tarixiy fanlar", "O'zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar", "Musiqiy ovoz rejissorligi" kafedralarini o‘z ichiga oladi. Fakultetda 200 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet dekani Ruslana Ruslanovna Islamova.
Mazkur fakultet ta'lim dargohidagi eng katta fakultet bo‘lib, "Kompozitorlik va aranjirovka", "Estrada orkestri dirijorligi ", "Estrada cholg'u ijrochiligi", "Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash ", "Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi"kafedrani o‘z ichhiga oladi. Fakultetda 270 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet dekani Bobur Mansurovich Ibragimov.
Ta'lim yo'nalishlari
| Bastakorlik san’ati 60210900 | Bakalavr Magistr |
| Bastakorlik san’ati ta’lim 70210901 | Magistr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (fleyta, goboy) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (fortepiano) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (gitara bas) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (gitara) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (saksofon) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (trombon) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (truba) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (zarbli cholgʻular) 60211500 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari: (violonchel, kontrabas) 60211500 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari: (skripka, alt) 60211500 | Bakalavr |
| Dirijyorlik (turlari bo‘yicha) 60211300 | Bakalavr Magistr |
| Musiqa san’ati 70211002 | Magistr |
| Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi 70210101 | Magistr |
| San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000 | Bakalavr |
| Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi 60210100 | Bakalavr |
| Vokal sanʼati: estrada xonandaligi 60211400 | Bakalavr |
| Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) 60211400 | Bakalavr |
| Vokal san’ati: estrada xonandaligi 70211401 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Vokal san’ati: estrada xonandaligi
43 341 192 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
43 341 192 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (gitara)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (truba)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (trombon)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (saksofon)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (fleyta, goboy)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari: (violonchel, kontrabas)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari: (skripka, alt)
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Bastakorlik san’ati ta’lim
43 341 192 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Vokal sanʼati: estrada xonandaligi
39 729 426 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)
39 729 426 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
No name
Talabalar fikri
Rahimov Dastanbek