WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

2,550

Talabalar

2

Xorijiy talabalar

44

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

6

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Universitet haqida

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti (TIIU) ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, o‘z zimmasiga mas’uliyatni olishga qodir, mustaqil fikrlaydigan hamda malakali kadrlarni tayyorlaydigan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

TIIU talaba-yoshlarga zamonaviy ta’lim standartlari va ilg‘or pedagogik yondashuvlar asosida yuqori sifatli ta’lim xizmatlarini taklif etadi. Universitet ta’lim jarayonida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, talabalarning mustaqil fikrlashi va kasbiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Universitet mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlaridan biri sifatida ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlarga innovatsion yechimlar orqali munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga muhim maqsad qilib qo‘ygan.

Xorijiy talabalar uchun

Chet ellik talabalar uchun yotoqxona va universitet professor o'qituvchilar tomonidan sifatli ta'lim.

Xalqaro hamkorlik

TIIU delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkazilgan “EURO 2025” Sammitida ishtirok etib, 10 ga yaqin chet el universitetlari bilan memorandum imzoladi.

Dunyo bo’yicha “TOP 1000” talik universitetlar qatoriga kiruvchi Turkiyaning Karabük Universiteti, bundan tashqari  Malayziyaning Utara kabi nufuzli universitetlari shular jumlasidandir.

Endilikda TIIU talabalari quyidagi  universitetlarda amaliyot o’tash hamda bilimlarini xalqaro darajadagi universitetlarda oshirish imkoniyatiga egalar.

Turkiya universitetlari

 1. Anadolu Universiteti (https://www.anadolu.edu.tr/)
 
 2. Karabük Universiteti (https://www.karabuk.edu.tr/)
 
 3. Istanbul Galata Universiteti (https://www.galata.edu.tr/)
 
 4. Yeditepe Universiteti  (https://www.yeditepe.edu.tr/)
 
 5. Istanbul Aydın Universiteti (https://www.aydin.edu.tr/)
 
 6. Antalya Bilim Universiteti (https://www.antalya.edu.tr/)

Malayziya universitetlari

 7. Universiti Utara Malaysia (UUM) (https://www.uum.edu.my/)
 
 8. University of Kuala Lumpur (UniKL) (https://www.unikl.edu.my/)

 9. INTI International University (https://www.newinti.edu.my/) 

10. Universiti Malaysia Sarawak (UNIMAS) (https://www.unimas.my/)


Ruminiya universiteti

 11. Bucharest University of Economic Studies (ASE) (https://www.ase.ro/)

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Yoq

Fakultetlar

IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA FAKULTETI HAQIDA MA'LUMOT

1. Universitet haqida umumiy ma’lumot

Universitetning oldingi nomi:

“CAPITAL SCHOOL” Mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab universitet nomi Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti deb o‘zgartirildi.

Universitet zamonaviy ta’lim standartlari asosida iqtisodiy, pedagogik va ijtimoiy yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

2. Fakultet haqida ma’lumot

Fakultetning oldingi nomi: Iqtisodiyot va moliya fakulteti.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab fakultet nomi Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti deb o‘zgartirildi.

Fakultet iqtisodiy, pedagogik hamda filologik yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkil etadi va zamonaviy talablar asosida kadrlar tayyorlaydi.

Fakultetning asosiy vazifalari:

- Sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish

- Raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish

- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish

- Talabalarni amaliyotga yo‘naltirish

3. Fakultet tarkibidagi kafedralar

1. Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar kafedrasi

Mazkur kafedraga barcha iqtisodiy yo‘nalishlar biriktirilgan.

Kafedra iqtisodiyot sohasida nazariy va amaliy bilimlar hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

2. Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Mazkur kafedraga pedagogik va filologik yo‘nalishlar biriktirilgan.

Kafedra pedagogik mahorat, psixologik tayyorgarlik hamda til va adabiyot yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Ta'lim yo'nalishlari

Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr Magistr
Biznesni boshqarish 60410900 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maxsus pedagogika 60110300 Bakalavr
Moliya 70410501 Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Raqamli iqtisodiyot 70310501 Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr Magistr