WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Ipak Yoʻli Innovatsiyalar Universiteti

Toshkent viloyati Nodavlat Veb-sayt

1,231

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

38

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

0

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
«Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo‘lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an’analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

 Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti Nodavlat oliy Ta’lim tashkiloti Olmaliq shahrida joylashgan zamonaviy oliy ta’lim muassasasidir. Universitetga Kutlimuratov Aziz Ro‘zimovich va Kutlimuratova Dilorom Isroilovnalar tomonidan 28.12.2022-yilda asos solingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida talabalar va ilmiy xodimlar orasida obro‘ qozonishga muvaffaq bo‘ldi  va sifatli ta’lim berish va zamonaviy mutaxassislar tayyorlash borasida yaxshi natijalarga erishdi. 
 Shuni ham ta’kidlash joizki, Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti – Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023 tanlovi g'olibi deb topildi. 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar @talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2023" tanlovi doirasida 103 nafar nomzodlar ichida 16.571 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi va tanlovning maxsus statuetkasi bilan taqdirlandi.
 Universitetning asosiy maqsadi – zamonaviy bilim va innovatsion texnologiyalarni jamiyatga integratsiya qilish hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Ushbu ta’lim muassasasi xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim dasturlari va ilg‘or o‘quv uslublarini qo‘llash orqali ajralib turadi. 
 Oliygohimizda Ta’lim tili: o‘zbek tilida olib boriladi. Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi; To’lov shakli: grant,shartnoma asosida; Grantlar: Har o‘quv yilida tanlov asosida kunduzgi ta’lim shakli talabalarining 10% qismigacha. Universitetda ilmiy salohiyati 40% ni tashkil etib, 40 ga yaqin professor-o‘qituvchilar  dars berib kelmoqda.
 Universitetda talabalarga turli yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyati yaratilgan. Hozirda quyidagi yo‘nalishlar faoliyat ko‘rsatmoqda:

Iqtisodiyot: 60410100 -Biznes, boshqaruv va huquq" ta'lim sohasiga oid yo‘nalish bo’lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit vа sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta mахsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish, iqtisodiy vа tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari vа uslublari bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Psixologiya: 60310300-Psixologiya-ljtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi yo'nalish bo'lib, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'limining davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o'zini o'zi boshqarish organlari, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko'rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza gilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Pedagogika: 60110100 - Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o’rta ta’limda “Tarbiya" fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish; o’rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish; umumiy o'rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish; mahallalarda yoshlar yetakchisi; mehribonlik uyi tarbiyachisi; ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida uslubchi bo'lib faolivat olib borish: umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Boshlang‘ich ta’lim: 60110400 - Ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash; mahalliy o’z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash; umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi maqomida faoliyat olib borish; davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat bo’yicha ish yuritish; umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish; umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'limda kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish. 

Xorijiy talabalar uchun

“Ipak yo‘li innovattsiayalar universtiteti”da zamonaviy ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
Bugungi kunda ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar muhim o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan qaraganda, Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti zamonaviy bilim olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tiborga loyiqdir. Yuqori quvvatli kompyuterlar bilan jihozlangan o‘quv xonalaridan boshlab kutubxonaning  kitoblarigacha, universitetimiz talabalari o‘zlari uchun qulay usuldan foydalanishlari mumkin. 

Universitetda talabalarga zamonaviy o‘quv dasturlari asosida ta’lim beriladi. Dars jarayonlarida raqamli texnologiyalar, interaktiv uslublar va ilg‘or pedagogik metodlar keng qo‘llaniladi. Har bir fan zamonaviy laboratoriya va texnik baza bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkonini yaratadi. 


Shuningdek, universitetda xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Bu esa bitiruvchilarga nafaqat mahalliy, balki xalqaro mehnat bozorida ham o‘z o‘rnini topish imkonini beradi.
Informatika darslarida axborot kommunikatsiyalari asoslari, kompyuter modellashtirish kabi maxsus darslarni o‘tkazish uchun auditoriyalarda va ARM va elektron  kutubxonada yuqori sifatli kompyuterlar mavjud.
Yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan qulay va zamonaviy sharoitlardan Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti talabalari va xodimlaridan har biri foydalanishlari mumkin.


O‘quv jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlaridan tashqari, boshqa viloyatlar va boshqa davlatlardan kelgan talabalar uchun qulay talabalar turar joylari taqdim etiladi. Ushbu yotoqxona uchta xonadan va umumiy oshxona, hammom va dushdan iborat. Talabalar yotoqxonasi shaharning tinch hududida joylashgan bo‘lib, u erga piyoda yetib olish mumkin. Atrofida esa do‘konlar va sport maydonchalari mavjud. Kutubxona, sport zallari, zamonaviy o‘quv binolari va dam olish maskanlari – bularning barchasi talabalar uchun qulay va samarali ta’lim muhitini shakllantiradi. Universitet jamoasi esa yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va ilmiy faolligini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratadi. 


Xulosa qilib aytganda, Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti zamonaviy va sifatli ta’lim olishni istagan yoshlar uchun eng to‘g‘ri tanlovlardan biridir. Bu yerda nafaqat chuqur nazariy bilim, balki zamonaviy texnologiyalar asosida amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati ham mavjud. Universitet innovatsion yondashuvlar, malakali professor-o‘qituvchilar, xalqaro hamkorlik aloqalari va keng qamrovli infratuzilmasi orqali talabalarning intellektual va professional rivojlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, ushbu ta’lim maskani mamlakatimizning raqobatbardosh, zamonaviy fikrlovchi va tashabbuskor yosh avlodini tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.

Xalqaro hamkorlik

Tojikiston respublikasi Panjakent shaxridagi Tojikiston pedogogika inistituti bilan hakorlikda akadem mobillik asosida 11 nafar talabalar talabalar safiga qabul qilingan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Qo‘chqorova Shaxrizoda Alisher qizi 08.05.2005 y. Toshkent viloyati AD0411378, rais

2-bosqich bakalavri, Boshlang‘ich ta’lim

⦁    2024 yil  “Eng faol yil talabasi” tanlovida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 2 o‘rin egallagan.
⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 75% grant sohibi.
⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida 2024 yil 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha 1-chi o‘rinni egalladi.
⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida 2024 yil 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan insholar tanlovida 2-o‘rinni egallagan.
⦁    2024 yili aprel oyida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual turnirning Toshkent viloyati bosqichida faol ishtirok etgan.
⦁    2024 yili 5-9 mart kunlari Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan o‘zbek tilida so‘zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “WIKISTIPENDIYA” marafoni doirasidagi “WILIOROMGOH IV” tadbirida faol ishtirok etgan.

 

Ergashev Sanjar Tairovich 04.11.1991y. Toshkent viloyati AD2066759, a’zo

3-bosqich bakalavri Pedagogika va psixologiya

⦁    “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti

 

Ismatova Xursanoy Abdinazar qizi 25.10.1993 y. Toshkent viloyati AB0794755, a’zo

2-bosqich bakalavri, Boshlang‘ich ta’lim

⦁    2024 yil “Eng faol yil talabasi” tanlovida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 1 o‘rin egallagan.
⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 25% grant sohibi.
⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida 2024 yil 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan insholar tanlovida 3-o‘rinni egallagan.
⦁    Respublika va universitet miqyosida 2ta maqola e’lon qilgan.

 

Xabibjonova Umriniso Muzaffar qizi 15.03.2005 y. Toshkent viloyati AD0232224, a’zo

2-bosqich bakalavri Boshlang‘ich ta’lim

⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 25% grant sohibi.
 

Shamsiddinova Sevara Rustamovna 25.11.1997 y. Toshkent viloyati AC2986763, a’zo

1-bosqich bakalavri Pedagogika

⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 25% grant sohibi.

 

Jumanova Farangiz Jahongir qizi 09.04.2007 y. Toshkent viloyati AD3090808, a’zo

1-bosqich bakalavri Iqtisodiyot

⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 25% grand sohibi.

 

Shuxratova Charosxon Sherzod qizi 21.11.2006 y. Toshkent viloyati AD 4900597, a’zo

1-bosqich bakalavri Iqtisodiyot

⦁    Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan grantlar tanlovida faol ishtiroki uchun 2023-2024 o‘quv yili ikkinchi yarim yilligi “kontrakt” to‘lovining 25% grand sohibi.

Fakultetlar

Biznes, boshqaruv va huquq" ta'lim sohasiga oid yo‘nalish bo’lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit vа sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta mахsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish, iqtisodiy vа tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari vа uslublari bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60310300-Psixologiya-ljtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi yo'nalish bo'lib, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'limining davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o'zini o'zi boshqarish organlari, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko'rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza gilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o’rta ta’limda “Tarbiya" fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish; o’rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish; umumiy o'rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish; mahallalarda yoshlar yetakchisi; mehribonlik uyi tarbiyachisi; ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida uslubchi bo'lib faolivat olib borish: umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash; mahalliy o’z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash; umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi maqomida faoliyat olib borish; davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat bo’yicha ish yuritish; umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish; umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'limda kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish.

Ta'lim yo'nalishlari

Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Isokova Gulsanam Usmon qizi

Ipak yo`li innovatsiyalar universiteti faol talabasi hamda universitetda tashkil etilgan Intellektual loyihalar koordinatori

Erkinov Kamoliddin Muzaffar o'g'li

Ipak yo`li innovatsiyalar universiteti eng faol talabasi hamda universitet tomonidan tashkil etilgan Qalqon guruhi raxbari

Mengliyev Ravshanbek Farxod o'g'li

Ipak yo`li innovatsiyalar universiteti faol talabasi hamda universitetda tashkil etilgan Harbiy-vatanparvarlik loyihalari yo‘nalishi koordinatori