WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

SHARQ UNIVERSITETI

Navoiy viloyati Nodavlat Veb-sayt

1,000

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

40

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

8

Kafedralar

2025

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

SHARQ UNIVERSITETI - zamonaviy ta'lim, ilmiy salohiyat va innovatsion yondashuv uyg'unligiga asoslangan xususiy oliy ta'lim muassasasi.
"SHARQ UNIVERSITY" MCHJ 2024-yil 29-mart kuni Navoiy shahar Davlat xizmatlari markazida №2424023-raqam bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Universitet O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 12-dekabrda qabul qilingan PQ–430-sonli qarorning 24-bandiga muvofiq tashkil etilgan.
Hozirda Sharq University Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1009085-raqamli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

Missiya va strategik maqsadlar

Ilm-fan, ta'lim va innovatsiyalarni uyg'unlashtirgan holda, milliy va xalqaro talablariga javob beradigan yuqori malakali hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash. Zamonaviy ta'lim yondashuvlari orqali xalqaro andozalarga mos kadrlar yetishtirish, akademik sifatni doimiy oshirib borish hamda istiqbolda yetakchi universitetlar qatoridan munosib o'rin egallash. 

Rivojlanish strategiyasi

5 yillik rivojlanish strategiyasi doirasida 2027–2028 o'quv yiliga qadar 8 000 nafar talabani qamrab olish imkoniyatiga ega bo'lgan 12 qavatli o'quv binosi va zamonaviy talabalar yotoqxonasi qurib topshirilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro hamkorlik

{}

Til kurslari

{}

Fakultetlar

"Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi Sharq universitetining gumanitar ixtisoslik bo'yicha ta'lim bazasi bo'lib, 2025-yillar universitet tashkil etilishi bilan o'z faoliyatini boshladi. Kafedra professor o'qituvchilari Dasturiy injenering, Suniy intellekt, Kiberxavfsizlik injeneringi, Iqtisodiyot, Moliya, Biznesni boshqarish, Marketing yo'nalishlariga Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar, Axborot texnologiyalari, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, Dasturlash 1,2, Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, Hisob (Calculus), Amaliy matematika I,II, Fizika, Oliy matematika kabi fanlar bo'yicha talabalarga bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Kafedrada 17 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatadi.

Tarix, Psixologiya, Filologiya va til va boshqa gumanitar fanlar bo'yicha ta'lim beruvchi kafedra. Kafedramizda yuqori malakali professor-o'qituvchilar o'z sohalarida chuqur bilimga ega bo'lib, talabalarni zamonaviy pedagogik metodlar orqali ta'lim berishadi.

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 Magistr
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment 60611200 Bakalavr Magistr
Biznesni boshqarish 60410900 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 Bakalavr
Kiberxavfsizlik 60610300 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr

Talabalar fikri

Sherzod Atamuradov

“Sharq Universiteti”da biz bilim, qadriyatlar va innovatsiyalar uyg'unligiga asoslangan zamonaviy akademik muhitni yaratmoqdamiz. Kuchli jamoamiz bilan jamiyat va kelajak taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilganmiz.