Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
905
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
31
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
3
Kafedralar
2019
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Sharda Universiteti Oʻzbekiston (SUUz) 2019-yil 10-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4278-sonli qaroriga asosan Andijon shahrida tashkil etilgan. SUUz — Sharda Universitetining dunyo miqyosidagi taʼlimni taqdim etish bo‘yicha majburiyatiga muvofiq tashkil etilgan loyihadir. Bu O‘zbekistondagi birinchi mustaqil xususiy universitet bo‘lib, Yevroosiyodan kelgan talabalar uchun ta’lim olamiga ochiladigan eshik bo‘lishi maqsad qilingan.
O‘zbekiston Sharda Universitetining talabalari Hindistonda joylashgan, chinakam global universitet hisoblangan Sharda Universitetining merosini baham ko‘radilar. Bu yerda talabalarining 27 foizini 95 dan ortiq davlatlardan kelgan yoshlar tashkil etadi. So‘nggi yillarda ushbu universitet Osiyodagi yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylandi.
Yaqin yillar ichida SUUz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or ta’lim markaziga aylanishni rejalashtirmoqda: muhandislik, menejment, tibbiyot, stomatologiya, huquq, arxitektura, dizayn, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, dasturlash, fundamental fanlar, hamshiralik ishi, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyalari, farmatsevtika, fizioterapiya, parameditsina ta’limi, san’at va an’anaviy fanlar, hujayra va rak biologiyasi.
Sharda Universiteti O‘zbekiston shuningdek, butun insoniyatga foyda keltiruvchi ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida Ilg‘or Tajriba Markazlarini tashkil etmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
https://www.shardauniversity.uz/student-clubs
Yotoqxona bilan ta'minlashga yordam
Ilg'or tajriba markazi
Xalqaro kompaniyalarda amaliyot qtilish imkoniyati
Dunyo bo'yicha xalqaro universitetlar bilan talabalar almashinuvi dasturi
Ish va Sayohat dasturi
Zamonaviy kompyuter labaratoriyalari, sinf xonalari
Elektron va zamonaviy kutubxona
Sport maydonchasi, Sport zallari, Tennis maydonchasi
Shinam oshxona
Ish bilan ta'minlashga yordam
Xalqaro hamkorlik
Talabalar almashinuvi dasturi
Ikki xil dipom: Mahalliy va Xalqaro
''Ish va Sayohat" dasturi
Dual ta'lim dasturi
Til kurslari
Ingliz tili
Talabalar uchun imkoniyatlar
https://www.shardauniversity.uz/awards-achievements
Fakultetlar
Texnologiya fakulteti
Texnologiya fakulteti quyidagi zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beradi:
-
Kompyuter fanlari va muhandisligi
Dasturlash, algoritmlar, kompyuter arxitekturasi va tizimli loyihalash kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan umumiy dastur. -
Sun’iy intellekt va avtomatlashtirishga ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
Intellektual tizimlar yaratish, mashinaviy o‘rganish va murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. -
Axborot texnologiyalariga (IT) ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
IT infratuzilmalari, dasturiy ta’minot va raqamli yechimlar yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan dastur. -
Kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
Axborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi va kiber tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy bilimlar beriladi.
Biznes boshqaruvi bakalavriati
Biznes boshqaruvi bakalavriati dasturi talabalarni biznes sohasida muvaffaqiyatli karera uchun tayyorlashda muhim va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-
Marketing
Tovarlar va xizmatlarni targ‘ib qilish strategiyalari va vositalarini, shuningdek, brendni boshqarish va bozorlarni rivojlantirishni o‘rganish. -
Xalqaro biznes
Xalqaro bozorlarda va madaniy farqlarni inobatga olgan holda biznesni samarali boshqarish uchun mutaxassislar tayyorlash.
Iqtisodiyot va moliya fanlari fakulteti
Iqtisodiyot va moliya fanlari fakulteti iqtisodiyot va moliya sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganishni ta’minlaydigan keng qamrovli ta’lim dasturini taklif etadi. Talabalar makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, moliyaviy boshqaruv, investitsiyalar, korporativ moliya, iqtisodiy statistika (ekonometrika) va xalqaro iqtisodiyot kabi asosiy fanlarni o‘rganadilar.
Dastur iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila olish, moliyaviy resurslarni boshqarish va dinamik bozor sharoitida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Olingan bilim va ko‘nikmalar talabalarni banklar, investitsiya kompaniyalari, davlat organlari va biznesda keng karera imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.
Amaliy ingliz tili (gumanitar yo‘nalish)
Ushbu yo‘nalish ingliz tilini chuqur o‘rganish, uni amaliy va madaniy kontekstda qo‘llash, shuningdek, lingvistika, tarjima, madaniyatlararo muloqot va ingliz adabiyotining asoslarini o‘rgatishga qaratilgan.
Dastur doirasida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:
-
Amaliy til ko‘nikmalari
Og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, rasmiy va norasmiy muloqotda tilni samarali qo‘llash. -
Tarjima va tarjima nazariyasi
Matnlarni ingliz tilidan o‘zbek/rus tiliga va aksincha tarjima qilish, turli kontekstlarda to‘g‘ri ifodalanishni o‘rganish. -
Lingvistika asoslari
Til strukturasi, fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika haqida bilim olish. -
Ingliz tili madaniy kontekstdagi qo‘llanilishi
Ingliz tili davlatlarida madaniy farqlar, tarixiy va zamonaviy ijtimoiy jarayonlar bilan tanishish. -
Adabiyot va madaniyat
Ingliz tilidagi badiiy asarlarni tahlil qilish, adabiy jarayonlarni tushunish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. -
Pedagogik yo‘nalish
Ingliz tilini o‘qitish asoslari, dars rejalashtirish, metodika va amaliyot.
Kimlar uchun?
Ushbu yo‘nalish ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishni, tarjimon, tilshunos, o‘qituvchi yoki xalqaro madaniy aloqalar sohasida ishlashni xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.
Bitiruvchilar qayerda ishlay oladilar?
Xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari, media va nashriyotlar, tarjima byurolari, turizm va madaniyat sohalarida.
Ta'lim yo'nalishlari
| Amaliy ingliz tili | Bakalavr |
| Iqtisodiyot va Moliya fanlari | Bakalavr |
| Kiberxavfsizlik | Bakalavr |
| Kompyuter fanlari muhandisligi | Bakalavr Magistr |
| MBA (Biznes boshqaruvi magistri) | Magistr |
| Marketing 70411201 | Magistr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Xalqaro biznes | Bakalavr |
| Xalqaro biznes va marketing | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Kompyuter fanlari muhandisligi
13 915 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Xalqaro biznes va marketing
18 975 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Kompyuter fanlari muhandisligi
20 240 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Kiberxavfsizlik
20 240 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Xalqaro biznes va marketing
15 180 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Amaliy ingliz tili
17 710 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Iqtisodiyot va Moliya fanlari
18 469 000 so'm
yiliga
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Xalqaro biznes
—
Oʻzbekistondagi Sharda universiteti
Sun’iy intellekt
20 240 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Muhammadaliyev Muhammadyoqub
O'zbekiston Sharda Universiteti bitiruvchilari