Profi University
9,000
Talabalar
40
Xorijiy talabalar
528
O'qituvchilar
0
Fakultetlar
13
Kafedralar
2021
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Profi University – Think out of the box!
Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan “Profi Education” hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. 2021-yil dekabr oyida kompaniya yangi marra — universitet tashkil etishga erishdi. Aslida o‘sha vaqtda maqsad yangi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar tashkil etish uchun kadrlar tayyorlash masalasi edi. Ammo bugun universitetning maqsadi tor doirada emas, milliy manfaatlar darajasiga ko‘tarilgan.
Oradan bir yil o‘tib, “Profi University”ning litsenziyasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qayta yangilandi. Endilikda universitet ikki shaharda — Toshkent va Navoiy shaharlarida faoliyat olib bormoqda. O‘z yo‘nalishlarini esa yana yangi sohalar bilan ham to‘ldirdi. Bu esa “Profi University”ning oliy maqsadini amalga oshirishni boshlash uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qildi.
Bizning missiya
Profi Universityning oliy maqsadi — ta’lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z bilimi va salohiyati bilan o‘zining hamda atrofdagilarining hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlarni tayyorlashdir.
Asosiy Qadriyatlar
Hurmat, halollik, doimiy o‘sish va ijodkorlik asosida bugun harakat qilib, kelajakni barpo etamiz.
- Hurmat
- O‘zingga qilganday qil
- O‘sish va o‘rganish harakatida bo‘l
- Sabrli bo‘l
- Xato qilishdan qo‘rqma
- Hozir yasha kelajakni qur
- So‘ra o‘rgan o‘rgat qaytar
- Mukammallik ortidan quv pul sening ortingdan quvadi
- Faqat haqqoniy g‘alaba
- Kamtar va ijodkor bo‘l
- #Yaxshiyamborsan
Xorijiy talabalar uchun
Profi University — Kelajagingizni O'zbekistonda Quring!
Xorijdan kelib, sifatli ta'lim olishni xohlaysizmi? Profi University — O'zbekistonning eng zamonaviy xususiy universitetlaridan biri bo'lib, sizni professional mutaxassis sifatida jahon mehnat bozoriga tayyorlaydi.
Nima uchun Profi University?
🎓 Ingliz va rus tillarida ta'lim — til to'siq emas!
👨🏫 400 dan ortiq tajribali o'qituvchilar, jumladan xorijiy mutaxassislar
🌍 Xalqaro almashinuv dasturlari — dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik
💼 Real kompaniyalarda amaliyot va xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyati
🏛️ Zamonaviy kampus — Toshkentning markazida
O'qish — bu faqat diplom emas, bu kelajak!
Profi University sizga bilim, tajriba va xalqaro karyera uchun mustahkam asos beradi. Hujjatlaringizni tayyorlang va biz bilan bog'laning — biz sizni kutmoqdamiz!
Xalqaro hamkorlik
Profi University bugun 30 dan ortiq xorijiy universitet va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Hamkorlar geografiyasi keng — Yevropa, Osiyo va Hindistonni qamrab olgan bu tarmoq universitetni haqiqiy global ta'lim markaziga aylantirmoqda.
Hamkor universitetlar bilan talabalar mobilligи dasturi yo'lga qo'yilgan — ya'ni siz O'zbekistonda o'qib, bir vaqtning o'zida xorijda ham tahsil olish imkoniyatiga egasiz. Bu sizning dunyoqarashingizni kengaytiradi, xorijiy madaniyat va muhitda tajriba orttirish imkonini beradi.
✈️ Alohida e'tibor: Fransiyaning nufuzli Y Schools va École Supérieure de Tourisme universitetlari bilan birgalikda qo'shma ikki diplom loyihasi amalga oshirilmoqda. Turizm yo'nalishida tahsil olgan bitiruvchilar bir vaqtning o'zida O'zbek va xalqaro diplom — ikkita rasmiy hujjat oladi. Bu diplom Yevropa va dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lish uchun kuchli ustunlik beradi!
Til kurslari
{}
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Magistr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti (rus tili) 60111800 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Profi University
O'zbek tili va adabiyoti
25 410 000 so'm
yiliga
Profi University
Pedagogika
22 990 000 so'm
yiliga
Profi University
Psixologiya
22 990 000 so'm
yiliga
Profi University
Marketing
25 410 000 so'm
yiliga
Profi University
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
26 510 000 so'm
yiliga
Profi University
Bank ishi
26 510 000 so'm
yiliga
Profi University
Stomatologiya
36 000 000 so'm
yiliga
Profi University
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Profi University
Psixologiya
15 000 000 so'm
yiliga
Profi University
Turizm va mehmondo‘stlik
26 510 000 so'm
yiliga
Profi University
Xorijiy til va adabiyoti (rus tili)
25 410 000 so'm
yiliga
Profi University
Maktabgacha ta’lim
22 990 000 so'm
yiliga