Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
23,046
Talabalar
188
Xorijiy talabalar
810
O'qituvchilar
9
Fakultetlar
47
Kafedralar
1935
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida.
O‘qituvchilik kasbi barcha mutaxassisliklar orasida, shubhasiz, eng sharafli va faxrli kasb hisoblanadi. Barcha inson, u qanday kasb egasi bo‘lmasin, ilk saboqni o‘qituvchidan oladi. Buyuk O‘zbekistonimizning kelajagini yaratuvchi sog‘lom, barkamol avlodni bilimli, erkin tafakkurli qilib tarbiyalash ana shu sharafli kasb egalari - o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Bu esa o‘qituvchidan sabr-toqat va isterdodni talab qiladi. Ana shunday kasb egalarini tarbiyalab yetishtirishga mo‘ljallangan o‘quv dargohi 1935-yili tashkil etilgan bo‘lib, 1947-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti deb qayta nomlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to'g‘risida"gi qaroriga muvofiq institutga Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy Oliy ta`lim muassasasi deb belgilandi. Bu esa universitet o‘qituvchilarining zimmasiga yanada ulkan mas'uliyat yukladi.
Universitetda 9 ta fakultet va 33 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Bular Xorijiy tillar, Tarix, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Kasb ta'limi, Musiqa madaniyati, O‘zbek tili va adabiyoti, Pedagogika va psixologiya, Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash, Boshlang'ich ta'lim va jismoniy tarbiya fakultetlaridir.
Universitetning professor-o‘qituvchilar jamoasi O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi“ qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda borasida ulkan mehnat qilmoqdalar.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan fannining turli tarmoqlari va sohalariga tegishli to‘rt maqsadli ustivor yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Universitetda 10 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitetda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ikki muxbir aʼzosi, Qozog‘iston gumanitar Fanlar akademiyasining ikki aʼzosi, Rossiya taʼlim Akademiyasining muxbir aʼzosi, O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi fanlari akademiyasining aʼzosi, 244 nafar fan nomzodi, dotsent, 48 nafar fan doktori, ko‘plab professorlar, malakali o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim berish bilan birga turli sohalar bo‘yicha ilmiy ishlar ustida ishlamoqdalar.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining aspirantura bo‘limi 1937-yildan, doktorantura esa 1988-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirda, professor-o‘qituvchilarimiz akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga kadrlar tayyorlashinig ilmiy asoslarini yaratish ustida ishlamoqdalar.
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga va hozirgi kun fan yangiliklariga bag‘ishlangan xalqaro hamda respublika ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazilmoqda. Konferensiyalarning materiallari 1978-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tahrir va nashr bo‘limi tomonidan chop etishga tayyorlanadi va “Pedagogik taʼlim” ilmiy, nazariy, metodik jurnali nashr qilinadi.
Xorijiy talabalar uchun
Университетнинг моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, талабаларнинг таълим олиши ва яшаши учун муносиб шароитлар яратиш бўйича бир қатор ишлар амалга оширилмоқда. Ҳусусан, оҳирги йиллар давомида Хорижий тиллар факультети талабалари учун 750 ўринли ва Табиий фанлар факультети талабалари учун 750 ўринли ўқув бинолари фойдаланишга топширилди. Ҳарбий таълим факультети 1050 ўринли ўқув биноси ва 200 ўринли талабалар турар жойи капитал таъмирдан чиқариб, ишга туширилди.
Айни пайтда давлат-ҳусусий шерикчилик асосида 1500 ўринли талабалар турар жойини барпо этиш бўйича ишлар якунланди.
Университетнинг замонавий техника билан жиҳозланган Ахборот-ресурс марказида 6 мингдан зиёд номдаги 911379 нусхадаги адабиётлар жамланган. Шулардан, 12794 номдаги 286184 нусхада дарслик, 20969 номдаги 428358 нусхада ўқув қўлланма; 11937 номдаги 62975 нусхада бадиий, 5845 номдаги 21357 нусхада маънавий-маърифий адабиёт, 805 номдаги 7000 нусхада хорижий адабиётлардир. Талабалар ўқув жараёнида фойдаланиши учун зарур ўқув адабиётлари қарийб юз фоизга электрон шаклга ўтказилган.
O‘zbekiston Respublikasi vizasi
20. А-1
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Xalqaro hamkorlik

Бугунги кунда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети томонидан дунёнинг 25 та етакчи мамлакатининг 100 га яқин хорижий олий таълим муассасалари билан қўшма ҳамкорлик меморандумлари имзоланган. Шундан, 20 га яқин хорижий ОТМлар дунёнинг ТОП-1000 рўйхатига, 30 дан ортиқ ОТМлар Осиёнинг ТОП-1000 рўйхатига қиритилган.
2021 йилда 2 та
2022 йилда 21 та (шундан 11 таси ТОП-1000)
2023 йилда 22 та (шундан 6 таси ТОП-1000)
2023 йил давомида хорижий ОТМлар билан имзоланган меморандумлар доирасида 84 нафардан ортиқ АҚШ, Россия Федерацияси, Беларус, Украина, Жанубий Корея, Хитой, Покистон, Озарбайжон, Қозоғистон, Тожикистон, Қирғизистон Республикасининг нуфузли олий таълим муассасалари хорижий профессор-ўқитувчилари Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг тегишли йўналишларида талабаларга маъруза ўқиш, семинарлар ўтказиш, маҳорат дарсларини ташкил этиш ва маҳаллий профессор-ўқитувчилар билан тажриба алмашиш мақсадида ташриф буюрдилар.
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida. O‘qituvchilik kasbi barcha mutaxassisliklar orasida, shubhasiz, eng sharafli va faxrli kasb hisoblanadi. Barcha inson, u qanday kasb egasi bo‘lmasin, ilk saboqni o‘qituvchidan oladi. Buyuk O‘zbkistonimizning kelajagini yaratuvchi sog‘lom, barkamol avlodni bilimli, erkin tafakkurli qilib tarbiyalash ana shu sharafli kasb egalari - o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Bu esa o‘qituvchidan sabr-toqat va isterdodni talab qiladi. Ana shunday kasb egalarini tarbiyalab yetishtirishga mo‘ljallangan o‘quv dargohi 1935 yili tashkil etilgan bo‘lib, 1947 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti deb qayta nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish tug‘risida"gi qaroriga muvofiq institutga Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy Oliy ta`lim muassasasi deb belgilandi. Bu esa universitet o‘qituvchilarining zimmasiga yanada ulkan ma`suliyat yukladi. Universitetda 9 ta fakultet va 33 ta kafedra faoliyat yuritmoqda Bular Xorijiy tillari fakulteti, Tarix, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Kasb talimi, Musiqa madaniyati, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, Pedagogika va defektologiya, Musiqa, Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va Jismoniy tarbiya fakultetlaridir. Universitetning professor-o‘qituvchilar jamoasi O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi“ qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda borasida ulkan mehnat qilmoqdalar. Universitet professor-o‘qituvchilarni tomonidan fannining turli tarmoqlari va sohalariga tegishli to‘rt maqsadli ustivor yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Universitetda 10 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ikki muxbir aʼzosi, Qozog‘iston gumanitar Fanlar akademiyasining ikki aʼzosi, Rossiya taʼlim Akademiyasining muxbir aʼzosi, O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi fanlari akademiyasining aʼzosi, 244 nafar fan nomzodi, dotsent, 46 nafar fan doktori, ko‘plab professorlar, malakali o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim berish bilan birga turli sohalar bo‘yicha ilmiy ishlar ustida ishlamoqdalar. Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining aspirantura bo‘limi 1937 yildan, doktorantura esa 1988 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda professor-o‘qituvchilarimiz akademik letsey, kasb-hunar kollejlariga kadrlar tayyorlashinig ilmiy asoslarini yaratish ustida ishlamoqdalar. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga va hozirgi kun fan yangiliklariga bag‘ishlangan halqaro hamda respublika ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyallari o‘tkazilmoqda. Konferensiyalarning materiallari 1978 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tahrir va nashr bo‘limi tomonidan chop etishga tayyorlanadi va “Pedagogik taʼlim” ilmiy, nazariy, metodik jurnali nashr qilinadi.
Fakultetlar
Harbiy ta'lim fakulteti haqida
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining Harbiy ta’lim fakulteti harbiy o‘quv bo‘linmasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi uzluksiz o‘quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish va yuqori malakali harbiy-pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Fakultetda 60111000 – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar tayyorlanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida bo‘lajak ofitserlardan nafaqat o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish, balki yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, chuqur nazariy bilim, zamonaviy dunyoqarash hamda murakkab va nostandart vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish talab etiladi. Fakultet ana shunday salohiyatli, Vatanga sadoqatli va mas’uliyatli harbiy mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Harbiy ta’lim fakultetining Maxsus tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi:
- Xalqaro gumanitar huquq;
- Harbiy san’at tarixi va milliy meros;
- Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi;
- Harbiy rahbarlik mahorati va etikasi;
- Zamonaviy armiyani rivojlantirish nazariyasi;
- Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari.
Talabalarning kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikmalari hamda jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida fakultetda turli to‘garaklar faoliyat yuritadi. Jumladan:
- Voleybol;
- Yosh qutqaruvchi;
- Harbiy psixolog;
- Basketbol;
- Stol tennisi.
So‘nggi yillarda fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy va pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish bilan birga, zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar hamda ilmiy risolalar yaratish bo‘yicha samarali faoliyat olib bormoqdalar. Bu esa harbiy ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik yondashuvlarni joriy etish va raqobatbardosh harbiy-pedagog kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
"Kasb ta'limi va san'at" fakulteti haqida ma'lumot

Fakultet dekani - Qodirov Mahmudjon Muhammadjonovich

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Qodirova Nargiza Azamatovna

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Nazarova Feruza Sharobiddinovna
Boshlang‘ich ta’lim fakultet haqida ma'lumot

Fakultet dekani - Jumaniyozova Nargiza Shuxratovna

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Xidirov Muxiddin Shermamatovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Kamalova Gavxar Akbarovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti 80-yildan ziyod shonli davrni bosib o‘tdi va kelgusida ham o‘zining faoliyatini diqqatga sazovor muvaffaqiyatlar bilan davom ettirishga tayyor.
1936-1937 o‘quv yilidan boshlab fakultet “Pedagogika bo‘limi” nomi ostida pedagogika instituti (hozirgi universitet) bilan bir paytda o‘z faoliyatini boshlagan. Taniqli psixolog, o‘quv-tarbiya jarayonining mohir tashkilotchisi Platon Ivanovich Ivanov fakultetning ilk dekani sifatida qizg‘in faoliyat ko‘rsatgan. Dastlabki yillarda fakultetga xalq ta’limi tizimi uchun pedagogika va psixologiya o‘qituvchilari, metodistlar, maktabgacha tarbiya tashkilotlarining tarbiyachilarini yetishtirib berish vazifalari yuklatilgan. Fakultetda taniqli olimlar: K.D.Dadayev, Sh.Boyburova, K.E. Bendrikov, V.F. Lubensov, V.N. Moroz, N.A. Konstantinovlar o‘quv-tarbiya jarayonini olib borganlar. 1957-yildan fakultetda respublikada ilk bor boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yildi. 1959-yilda fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” deb nomlandi. Unda N.V.Zubairova, I.Husanxodjayeva, A.T.To‘rayeva, M.U.Umarov, A.G.Azizova K.K.Qosimova kabi olimlar faoliyat yuritishdi. 1981-1990-yillar davomida fakultet iqtidorli yosh olimlar hisobiga kengaydi hamda ta’lim berish sifat va samaradorligi oshdi. Bu yillarda o‘z fanini chuqur biladigan, tinmay izlanishda bo‘lgan T.Tasetov, D.Muhamedova, T.Umarova, T.A’zamov, X.G‘ulomova, Z.Ibragimova, D.Shodmonqulova, M.Hamrayev, Sh.Yo‘ldosheva, M.Jumayev, M.Qodirov, M.M.Barakayev M.Maqsudova, O.Rahimovlar faoliyat ko‘rsatganlar. Fakultet turli davrlarda “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya”, “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat”, “Boshlang‘ich ta’lim” deb nomlanib kelindi.
Fakultetga 1975-1983-yillarda p.f.d., professor Rahima Abdurazzoqovna Mavlonova, 1984-1985-yillarda p.f.n., dotsent S.N.Nurmatov, 1986-1994 yillarda f.f.n., dotsent Sirojiya Valiyeva, 1994-1998-yillarda p.f.n., dotsent Rustam Qobilov, 1998-1999-yillarda p.f.n., dotsent Lola Rahimovna Mo‘minova, 1999-2006-yillarda p.f.d., professor Mamat Eshqulovich Haydarov, 2006-2007-yillarda p.f.n., dotsent Laylo Sharapovna Nurmuhamedova, 2007-2014-yillarda f.f.n., professor Dilorom Xoliqovna Shodmonqulova, 2014-2016-yillarda p.f.d., professor Barno Sayfutdinovna Abdullayeva, 2016-2017-yillarda p.f.n., dotsent Albina Venerovna Sadikova, 2017-2019-yillarda p.f.d. Abdumalik Abdumutalovich Akramov, 2019-2020 yillarda p.f.d. Kadirov Xayot Sharipovich dekan lavozimida faoliyat olib borishdi. 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar fakultetga pedagogika fanlari doktori, professor Sh.A. Abdullayeva rahbarlik qilmoqda. “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan jamoa. Fakultetda 5111700- “Boshlang‘ich ta’lim” hamda 5112000-“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishlarida jami 1971 nafar talaba tahsil olishadi. Ularga 100 dan ziyod ilmiy salohiyatli, jonkuyar ustozlar murabbiylik qilishadi.
Fakultet respublikamizning boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilik qilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, respublikamizda boshlang‘ich ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mahoratini oshirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishda turdosh oliygohlarning fakutetlari uchun tayanch fakultet vazifasini o‘tamoqda.
Tarixi
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Pedagogika fakultetida dastlabki yillarda maktablar uchun pedagogika va psixologiya o‘qituvchilari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi uchun inspektorlar, metodistlar, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilarini yetishtirib borish vazifasi yuklatilgan. Fakultetga dastlab taniqli psixolog, o‘quv tarbiya jarayonining mohir tashkilotchisi Platon Ivanovich Ivanov rahbarlik qilgan. U davrda fakultetda bitta “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mavjud bo‘lgan va kafedrada taniqli olimlardan professor K.Bendrikov, dotsentlar V.Lubensov, V.Morozov, K.Radaev, Sh.Boyturova, N.Konstantinovalar ta’lim-tarbiya jarayonini olib borganlar.
1941-yilda fakultetda “Psixologiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1951-yilning oktyabr oyidan “Maktabgacha tarbiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab esa xalq ta’limi tizimi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi. 1958-yilda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yanada yaxshilash maqsadida fakultetda “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedrani turli yillar davomida N.Zubairova, I.Xusanxodjaev, O.To‘raeva, M.Umarov, A.Azizova, K.Qosimovalar boshqarib keldilar.
Fakultet 1975-1983-yillarda “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi. Shu yillarda fakultetda pedagogika fanlari doktori professor R.Mavlonova dekan lavozimida faoliyat olib borgan.
1983-1990-yillarda esa fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” fakulteti nomi bilan faoliyat olib borgan. Bu davrda fakultetga dotsent S.Nurmatov (1984-1985-yillar), falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.Valieva (1986-1994), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.Qobilov (1994-1998-yillar), pedagogika fanlari nomzodi, professor L.Mo‘minova (1998-1999 yillar), 2000-2006-yillarda pedagogika fanlari doktori, professor M.Xaydarov, 2006-2007-yillarda dotsent L.Nurmuxammedovalar fakultet dekani sifatida faoliyat olib bordilar.
2007-yilda fakultet negizida “Boshlang‘ich ta’lim” va “Defektologiya” fakultetlari tashkil etildi va “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti dekani sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Shodmonqulova faoliyat yuritdi (2007-2014). 2013-yildan boshlab fakultet Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Fakultetga 2014-2016-yillarda pedagogika fanlari doktori, professor B.Abdullaeva, 2016-2017-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Sadikovalar rahbarlik qildilar. 2016-2017-o‘quv yilidan boshlab “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi fakultet tarkibiga kiritildi va 2017-yil 29-noyabrdan boshlab pedagogika fanlari doktori A.Akramov dekan lavozimiga tayinlandi.
Hozirgi kunda Boshlang‘ich ta’lim fakultetida bo‘lajak boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Fakultetda o‘zbek, rus va qozoq tillari bo‘yicha “5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish”, “5112000 – Jismoniy madaniyat” bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamda “5A111701 – O‘quv-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)”, “5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 2017-2018-o‘quv yilida Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish, jismoniy madaniyat yo‘nalishlarida o‘qiydigan 684 nafar talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi", “Jismoniy madaniyat” kafedralarida 60 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 4 nafari fan doktori, professor; 30 nafari fan nomzodi, dotsentlar; shuningdek, 25 dan ziyod katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar hisoblanadi. Bugungi kunda fakultet professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 57 foizni tashkil etmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim fakultetida mehnat qilayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: D.Shodmonqulova, B.Abdullaeva, M.Hamroyev, A.Xalikov, M.Jumayev, X.Sanakulov, U.Masharipova, N.Hamedova,H.Nusratova, D.Abduraximova, Z.Artikbayeva, A.Nisanbayeva, D.Aytboyevlar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, D.Karimova, Q.Panjiyev, Sh.Raximov, M.Ilxomov, D.Qodirovlar musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, U.Rajapov, D.Yunusova, T.Achilov va boshqalar jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta maktablarida o‘qitiladigan fanlardan tayyorlangan ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mualliflaridir. Fakultetda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar televizor, proektor, kompyuterlar bilan jihozlangan 29 ta o‘quv auditoriyalarida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, fakultet qoshida “Yosh matematik”, “Mohir qo‘llar”, “Umid nihollari” “Yosh filologlar”, “Kurash”, “Voleybol” va “Futbol” kabi bir necha nomdagi to‘garaklar faoliyat olib bomoqda. Fakultetni “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi bakalavriaturasi bitiruvchisi R.Sadikov 2017-2018-o‘quv yilida Belarus davlat pedagogika universitetida magistraturasiga o‘qishga qabul qilindi. Bugungi kunda fakultetning bitiruvchilari respublikamizdagi va yaqin xorij mamlakatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida samarali pedagogik faoliyat olib borishmoqda.
Ma’naviy faoliyat
Boshlang`ich ta’lim fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar jamoat tashkilotlari, kafedralar, akademik guruh murabbiylarining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejalari asosida olib boriladi. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar 9 ta yо‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. 2017-2018-o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalar ijrosi fakultetda va mavjud kafedralarda bajariladi. Jumladan: “2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaror, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” qaror, “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi farmonlar asosida fakultetning chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijrosi ta’minlandi.
Har yili о‘quv yili boshlanishi bilan О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayramiga hamohang tarzda barcha akademik guruhlarda “Mustaqillik va “Xotira darslari” о‘tkaziladi. Shuningdek, 1-oktabr-Ustoz murabbiylar kuni jamoada keng nishonlanadi. Har yili fakultetda mehnat qilayotgan fidoiy professor-о‘qituvchilar universitet, fakultet rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Boshlang`ich ta’lim fakultetida Vatanimiz qomusi bо‘lmish Konstitutsiyaning qabul qilinganligi, Navrо‘z bayrami, shonli sanalar, buyuk mutafakkirlar tavallud ayyomlarini nishonlash bо‘yicha oyliklar tashkil etilgan holda keng nishonlanadi. Ushbu tadbirlarda universitetimizning barcha professor-о‘qituvchilari, talabalari faol ishtirok etishadi. Boshlang`ich ta’lim fakulteti jamoasi doimiy tarzda tarixiy qadamjolarga, teatrlarga, muqaddas go'shalarga, ziyoratgohlarga tashriflar uyushtirishadi. Shu bilan birga talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida har haftada o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soatlarida “Mening sevimli kitobim” mavsusida talabalar o‘zlari o‘qigan kitob bo‘yicha taasurotlari bilan o‘rtoqlashadilar. Fakultetda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlari ham talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda doimo bosh-qosh bo‘lib kelishmoqda.
Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta'lim fakultet haqida ma'lumot

Fakultet dekani - Ibrohimova Gulsanam Ne'matovna

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Qodirov Maqsudbek Mahmudjon o'g'li

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Abdullayev Komiljon Risqulovich
1999-2002-yilgacha fakultet dekani sifatida psixologiya fanlari nozmodi, dotsent S.Safaev, 2002-2007-yillarda psixologiya fanlari nozmodi dotsent F.I.Haydarov, 2007-2008-yillarda psixologiya fanlari nozmodi dotsent N.G‘.Kamilova, 2008-2011-yillarda psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safaev, 2011-2015-yillarda p.f.n, dotsent N.Sh.Bekmurodovlar boshqargan.
2016-2017-yillarda Pedagogika va psixologiya hamda defektologiya fakultetlari birlashtirilib, pedagogika fakulteti tashkil topdi.
2018-yil Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etilib, fakultet dekani sifatida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent X.Sh.Qodirov boshqarib kelmoqda. Fakultetda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.U.Abdullaeva, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Vahoboev, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Sh.Muxsiyevalar faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi;
5210200- Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishi;
Fakultet pedagogika va psixologiya va psixologiya (umumiy psixologiya) sohalarida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
- Pedagogika kafedrasi;
- Psixologiya kafedrasi;
- Umumiy pedagogika kafedrasi;
- Umumiy psixologiya kafedrasi
Fakultetda 60 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 6 nafar fan doktori professor, 22 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar.
Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga Pedagogika va psixologiya va Psixologiya (umumiy psixologiya ) bakalavr darajalari beriladi. O‘qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo‘nalishlar bo‘yicha (Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishidan tashqari) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish imkoniyatiga ega. Fakultet talabalari universitetga qarashli 10-talabalar turar joyida istiqomat qilishlari mumkin.
1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qaroriga asosan 1998-yil 24-fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi Maktabgacha tarbiya fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet Pedagogika va psixologiya fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziyev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.
Hozirgi davrda fakultetda Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim hamda Psixologiya (umumiy psixologiya) sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Aniq fanlar fakulteti haqida ma'lumot

Fakultet dekani: Normurodov Akbar Doniyerovich

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Temirov Nurali Orifjonovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Qurbonazarov Ilxom To'xtayevich
Aniq fanlar fakulteti 1935-yilda institut tashkil topgan vaqtda 3ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999-yildan esa yana fizika-matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Jabbarov.
Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.
Aniq fanlar fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.
2017-2018-о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:
1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.
Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona - Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939-yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.
1939-yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.
1998-yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.
Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullayev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbayev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.
Faxrli talabalarimiz...
Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiyev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizayev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.
Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘rayev, A.Abduqodirov, N.Sherboyev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musayev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Tarix fakulteti haqida ma'lumot

Fakultet dekani - Xo'jayev Begzod Xudoyberdiyevich

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Esanov Olmasjon Bahodirovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Mo'minov To'lqin Rasulovich
Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.
Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.
Fakultet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968-yili Tarix fakulteti alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.
Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.
Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.
2013-yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
Tarixi
Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23 ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.
Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.
Fakul’tet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968-yili Tarix fakulteti alohida fakul’tet bo‘lib ajralib chiqdi.
Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakul’tetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.
Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.
2013-yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
Tabiiy fanlar fakultet haqida ma'lumot

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari - Madatov Ravshan Mamasoliyevich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari - Xonnazarova Saltanat Tulkinovna
Tabiiy fanlar fakulteti 1935-yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: botanika, kimyo va geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937-yil sentabridan Zoologiya kafedrasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945-o‘quv yilida fizika-matematika fakulteti qoshida “Tabiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida zoologiya, kimyo, botanika, geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. 1953-yilda Tabiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. 1959-yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 1961-yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi. 1963-yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziyev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullayev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jayev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolayev, O.Otaxo‘jayeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiyev, T.Akromxo‘jayev va boshqalar sermahsul faoliyat olib borgan. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiyena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi. 1996-yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, zoologiya va anatomiya, fiziologiya kafedralari birlashtirilib, zoologiya va anatomiya, fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 1997-yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi-kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi berildi. 1998-yil 24-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan. 2010-yildan boshlab "Tabiiy fanlar" fakulteti deb yuritilmoqda.
Fakultet haqida ma’lumot
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Filologiya fakulteti universitetning uzoq yillik ilmiy-pedagogik an’analariga ega bo‘lgan yetakchi fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultetning shakllanish va rivojlanish tarixi universitetda o‘zbek tili, rus tili, adabiyotshunoslik hamda tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida pedagog kadrlar tayyorlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq.
Fakultet faoliyati davomida uning tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va kafedralar davr talablari hamda ta’lim tizimida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar asosida takomillashtirib borilgan. Turli yillarda fakultetda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlangan.
Bugungi kunda Filologiya fakultetida ona tili va adabiyot ta’limi, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda filologiyaga oid boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tashkil etilgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, folklorshunoslik, mumtoz va zamonaviy adabiyot, shuningdek, ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Talabalar ilmiy konferensiyalar, fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar, adabiy-ma’rifiy tadbirlar va turli ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Filologiya fakultetining asosiy maqsadi — ona tili va adabiyotni chuqur egallagan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana oladigan, yuksak kasbiy va ma’naviy fazilatlarga ega, raqobatbardosh pedagog hamda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Fakultet haqida ma'lumot
Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti (BDPU) hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Memorandumi ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan 2017 yil 25 sentyabr kuni imzolangan. Ushbu memorandum asosida O‘zbek-Belarus qo‘shma Innovatsion peadgogika fakulteti tashkil etildi.
Qo‘shma ta’lim dasturi 3+1 formatida (3 yil - TDPUda, 1 yil - 3-kursda BDPUda) kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Tomonlar ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini zamonaviy o‘quv adabiyotlari asosida tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun malakali, ilmiy salohiyatga ega TDPU va BDPU professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.
Hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalarga asosan ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqilgan, ularga muvofiq o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan va ikki tomondan tasdiqlangan. Barcha dars mashg‘ulotlar zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan boyitilgan o‘quv auditoriyalarda olib boriladi. Joriy yilda fakultet ilk qaldirg‘och bitituvchi talabalarga diplomlar taqdim etildi. Ushbu raqobatbardosh bitiruvchi mutaxassislar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha turli tashkilot va ta’lim muassasalarda o‘z faoliyatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.
Dars jarayonlariga BGPU dan har o‘quv yilida 32 nafar tajribali ilmiy salohiyatga egan professor o‘qituvchilar jalb qilingan.Ushbu professor o‘qituvchilar TDPU Innovatsion pedagogika fakulteti auditoriyalarida of-layin dars mashg‘ulotlar olib boradilar. Barcha o‘quv auditoriyalari kerakli axborot texnologiyalar bilan jihozlangan.
Ta'lim yo'nalishlari
| 60110900 Xorijiy til va adabiyoti: koreys tili | Bakalavr |
| 60111100 Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi | Bakalavr |
| 70110901 Xorijiy til va adabiyoti: koreys tili | Magistr |
| 70610105 Ta'limda axborot texnologiyalari | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlar o'qitish metodikasi (biologiya) 70510105 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlar o'qitish metodikasi (matematika) 70540104 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya) 70530203 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Axborot tizimlari 70610103 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Chaqiriqqacha harbiy ta’lim 60111000 | Bakalavr |
| Dizayn 60210400 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Gospital pedagogika 70110302 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 70111101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70111102 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (tarix) 70220303 | Magistr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi (70111201) | Magistr |
| Kimyo 60530100 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60110300 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) 70110301 | Magistr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70110502 | Magistr |
| Musiqa ta'limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi va san’at 70111301 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 60110800 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 60110800 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti: tillar bo'yicha 70110801 | Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70110701 | Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika 70110102 | Magistr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi 70110101 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya 70310301 | Magistr |
| Sport madaniyati 60111200 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta'lim) 70111001 | Magistr |
| Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) 70110201 | Magistr |
| Ta'limda axborot texnologiyalari 70610105 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san'at 7010501 | Magistr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110401 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Testologiya va bilimlarni baholash 70110103 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili 60111800 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 70110901 | Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili 60110900 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Sun'iy intellekt
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dizayn
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Texnologik ta’lim
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
60110900 Xorijiy til va adabiyoti: koreys tili
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Pedagogika
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Axborot tizimlari
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya)
—
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Tarix
—
Mashhur bitiruvchilar
QIRGʻIZBOYEV ABDUGʻAFFOR KARIMJONOVICH
SHOUMAROV G‘AYRAT BAHROMOVICH