Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
3,560
Talabalar
8
Xorijiy talabalar
100
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
7
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Namangan Davlat chet tillar instituti (NamSIFL) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 275-sonli qarori asosida (https://lex.uz/uz/docs/6057478) 2022-yil 9-iyunda tashkil etildi.
Dasturlar 9 tilga asoslangan: nemis, Ingliz, Fransuz, Rus, Koreys, Arab, Fors, Xitoy va Yapon tillari.
Institutda bitta ijodiy o'rta maktab va bitta Isxoqxon Ibrat nomidagi muzey mavjud.
Namangan Davlat chet tillar instituti uchun xalqarolashtirish o'quv, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan bog'liq faoliyatni qamrab oluvchi talabalar va o'qituvchilarning harakatchanligidan iborat bo‘lib, asosiy maqsadi; ma'muriy mukammallik, transchegaraviy hamkorlik; global aloqada va raqobatbardosh bo'lish; xalqaro miqyosda va tegishli o'quv dasturlari va tadqiqotlarni ishlab chiqish; zarur til ko'nikmalariga, hudud va mintaqashunoslik tajribalariga ega bo'lish; institutni xalqaro ta'lim va tadqiqot maydoniga olib chiqish; Namangan Davlat chet tillar instituti sifatini xalqaro miqyosda tan olish va xalqaro talabalar va olimlarni jalb qilish; boshqaruv tuzilmasi, talabalar shaharchasi muhiti, qo'llab-quvvatlash xizmatlari va siyosatini soddalashtirishdir.
Xorijiy talabalar uchun
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida mahalliy va xorijiy talabalarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi hamda har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, talabalar zamonaviy va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega. Institut axborot-resurs markazi (kutubxona) keng turdagi o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida zamonaviy sport zallari va sport inshootlari xizmat ko‘rsatmoqda. Oziqlanish uchun esa barcha qulayliklarga ega talabalar oshxonasi faoliyat yuritadi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida har hafta shanba va yakshanba kunlari turli madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish istagidagi talabalar uchun qo‘shimcha til kurslari tashkil etilgan.
Talabalar duch kelishi mumkin bo‘lgan ta’limiy, ijtimoiy va maishiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida ularga malakali tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilar biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan doimiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.
Shuningdek, institut bitiruvchilarining kelgusidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, bitiruvchilarni O‘zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash, magistratura va boshqa ta’lim bosqichlariga kirish uchun tayyorlash, shuningdek, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashlari uchun amaliy va maslahat yordamlari ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Xalqaro hamkorlik
International partnership
Raximova Nigoroxon Obidjonovna
Xalqaro bo’lim boshlig’i
Tel: +998 99 875 83 09
Email: info@namsifl.uz
Bugungi kunda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib, dunyoning 30 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandum va bitimlar asosida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Institut tomonidan xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda bakalavr va magistratura bosqichi talabalari almashinuvi; Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli ilmiy bazalarda indekslangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish orqali ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; xalqaro konferensiya, forum va seminarlar tashkil etish; qo‘shma ta’lim dasturlarini, jumladan ikki diplomli dasturlarni amalga oshirish; xalqaro grant va ta’lim loyihalarini ishlab chiqish hamda tatbiq etish, xususan Yevropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarda ishtirok etish; qisqa muddatli va yozgi maktablarni tashkil etish kabi yo‘nalishlar kiradi.
Ayni paytda institutda 2 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi talabalarga dars berib kelmoqda, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida seminar va treninglar o‘tkazilmoqda. Institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 8 nafarni tashkil etadi.
Xorijiy hamkor universitetlar bilan birgalikda 1 ta uch diplomli hamda 2 ta ikki diplomli ta’lim dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Joriy yildan boshlab Xitoy va Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yana 2 ta ikki diplomli dastur yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, institutda xorijiy davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumlari, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar hamda turli mamlakatlarning milliy bayramlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Til kurslari
🌍 Qo‘shimcha til kurslari – yangi imkoniyatlar sari qadam!
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari talabalar uchun turli xorijiy tillar bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilgan.
📚 Talabalar yapon, koreys, xitoy, arab, fors, nemis va fransuz tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladigan kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega.
✨ Ushbu kurslar xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, xalqaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda turli xalqlarning madaniyati va an’analarini yaqindan tanishishga xizmat qiladi.
🎓 Til bilish – dunyoni bilish demakdir!



Talabalar uchun imkoniyatlar
Institutga qabul qilingan iqtidorli talabalarimiz tomonidan yutuqlar qo‘lga kiritib kelinmoqda. 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan respublika tanlovi yakunlariga ko‘ra, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti iqtidorli talabalaridan bir nechtasi nufuzli davlat stipendiyasi sovrindori deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi Muxiddinova Mohichehra Zokirjon qizi Ilmiy rahbari: Soliyev Umidjon Yo‘lchiboyevich. Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Sobirjonova Mushtariy Muzaffar qizi, Ilmiy rahbari: Dostbayeva Nargiza Turg‘unpolatovna. Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi Qo‘chqarova Muxtasar Baxtiyor qizi Ilmiy rahbari: Valiyev Qobiljon Obijonovich. Talabarning ushbu yutuqqa erishishlari — ularning o‘quv jarayonidagi barqaror yuqori natijalari, ingliz tilini mukammal egallash yo‘lidagi izchil mehnatlari, ilmiy-ijodiy izlanishlari hamda institut miqyosidagi faolliklarinining mantiqiy natijasidir. Institut Zakovat klubi Namangan viloyatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar terma jamoasi viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib qaytdi. Institutda tashkil qilingan bir qator innovatsion start up tanlovlarida ham institut talaba yoshlari o‘zlarini ko‘rsata olib Yoshlar akademiyasi aʼzoligiga tavsiya qilindi. taqdirlangan Xalilova Mardonaxon Hasanjon qizi “Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish ilmiy-amaliy konferensiyasi” va Quality publication nashriyot uyi hamkorligida o ’tkazilgan yosh olimlar va iqtidorli talabalarning “ILM-FAN YETAKCHISI” forumida faol ishtirok etib, ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Yosh Volontyorlar akademiyasi va Oltin Qanot volontyorlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag'ishlab "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur izdoshlari" respublika tanlovi o‘tkazildi. Unda "Eng yaxshi she'r" yo'nalishi (Bobur va Navoiy ijodini tahlil qilish) Fahriddinova Ruxshona Respublikada birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Fakultetlar
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 9-iyundagi “Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-275-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilgan.
Fakultetdagi bakalavriat bosqichida 82 ta, magistratura bosqichida 16 ta akademik guruhlar mavjud bo‘lib, ularda 2243 nafar bakalavriat talabalari, 100 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Til va tarjima fakulteti tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ushbu kafedralarda 57 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari fan doktori, 15 nafari fan nomzodi (PhD), 13 nafar katta o‘qituvchi va 26 nafar o’qituvchi hamda o‘qituvchi-stajyorlardan iborat.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
1.“Ingliz tili o‘qitish metodikasi” kafedrasi
2.“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi
3.“Turizm va tarjima” kafedrasi
4. “Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 9-iyundagi “Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-275-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilgan.
Fakultetdagi bakalavriat bosqichida 48 ta, magistratura bosqichida 8 ta akademik guruhlar mavjud bo‘lib, ularda 1146 nafar bakalavriat talabalari, 71 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Filologiya fakulteti tarkibida 3 ta kafedra faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ushbu kafedralarda 40 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 11 nafari fan nomzodi (PhD), 12 nafar katta o‘qituvchi va 17 nafar o’qituvchi hamda o‘qituvchi-stajyorlardan iborat.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
1.“Ingliz tili va adbiyoti” kafedrasi
2.“Nemis va Fransuz tilllari” kafedrasi
3.“O‘zbek va sharq tillari” kafedrasi
Ta'lim yo'nalishlari
| Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Kompyuter lingvistikasi 70230801 | Bakalavr |
| Lingvistika (fransuz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (koreys tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (nemis tili) 70230101 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 | Magistr |
| Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 | Magistr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Turizm va mehmondo‘stlik
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Lingvistika (fransuz tili)
13 478 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Lingvistika (nemis tili)
13 478 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Ona tili va adabiyoti: rus tili
10 462 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Lingvistika (ingliz tili)
13 478 000 so'm
yiliga
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
13 477 999 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Nabiyeva Nodira Rustamjon qizi
Yoqubbayeva Dilnoza Mahmudjonovna
Talabalar fikri
Aytkulova Saida
Seydametova Esma Rustamovna