Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
500
Talabalar
50
Xorijiy talabalar
120
O'qituvchilar
1
Fakultetlar
8
Kafedralar
2025
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti (IUSI)ga xush kelibsiz!
Universitetimiz o‘z faoliyatini 2025-yilda boshlagan. IUSI ijtimoiy fanlarni innovatsion usullar asosida o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘lib, bakalavriat ta’limining eng talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Universitet eng so‘nggi me’moriy yutuqlar asosida barpo etilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan yuqori xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.
Universitet infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
zamonaviy konferensiya va seminar zallari;
-
smart doskalar va cheksiz Wi-Fi bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalari;
-
ingliz tili va Britaniya madaniyatini o‘rganish uchun autentik muhitga ega lingvo-laboratoriya;
-
Sharq (Quyosh chiqishi mamlakati) madaniyati va qadriyatlarini aks ettiruvchi lingvo-laboratoriya;
-
bahs-munozara (debat) formatida mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan ma’ruza zallari;
-
individual ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan axborot-resurs markazi va auditoriyalar;
-
darsdan tashqari vaqtni samarali va qulay o‘tkazish uchun mo‘ljallangan erkin ijod hududi.
Zamonaviy kampusimizda talabalarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishonamizki, aynan shu yerda siz do‘stlar, ustozlar va hamfikr insonlarni topasiz, ular bilan birgalikda maqsadlar qo‘yib, yutuqlarga erishasiz va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishasiz.
Sizni Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetida kutib qolamiz.
Innovatsiyalarni Biz bilan birga yarating!
Xorijiy talabalar uchun
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti xorijiy talabalarga sifatli ta’lim olish, xalqaro akademik muhitda o‘qish va kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Universitetda:
- xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari;
- ingliz tilida olib boriladigan fanlar va xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi mashg‘ulotlar;
- zamonaviy o‘quv auditoriyalari va raqamli ta’lim resurslari;
- xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlik va ta’limni davom ettirish imkoniyatlari;
- talabalarni viza, ro‘yxatdan o‘tish va moslashish jarayonlarida qo‘llab-quvvatlash xizmatlari;
- turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqot qilish imkonini beruvchi xalqaro muhit;
- ilmiy-tadqiqot, innovatsion loyihalar va talabalar tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari;
- sport, madaniy va ijtimoiy tadbirlar orqali talabalik hayotini boyitish imkoniyatlari mavjud.
Universitet xorijiy talabalarning nafaqat sifatli ta’lim olishi, balki O‘zbekistonda o‘zini qulay his etishi, yangi do‘stlar orttirishi va xalqaro darajadagi bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratadi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti ta’lim jarayonlarini 2026–2027 o‘quv yilidan boshlashi rejalashtirilgan bo‘lib, universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
Mazkur maqsadda Yaponiyaning Tsukuba universiteti, Buyuk Britaniyaning Northumbria University va University of Hertfordshire kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kelgusida dunyoning boshqa yetakchi universitetlari bilan ham hamkorlik geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.
Hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma akademik va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, progression va top-up kelishuvlarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Ushbu kelishuvlar talabalarga ta’limning ma’lum bosqichini universitetda tamomlab, o‘qishni hamkor xorijiy universitetlarda davom ettirish hamda xalqaro darajadagi diplom va malakalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi.
Universitet xalqaro hamkorlik orqali talaba va akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda talabalarni global mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.
Til kurslari
{}
Fakultetlar
Ta'lim yo'nalishlari
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Jurnalistika 60320100 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya 60420100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Arxitektura
15 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Arxitektura
17 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
15 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
17 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Jurnalistika
14 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Yurisprudensiya
22 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Yurisprudensiya
25 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Axborot xavfsizligi
18 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
15 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
18 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
15 000 000 so'm
yiliga
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
15 000 000 so'm
yiliga