WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Osiyo xalqaro universiteti

Buxoro viloyati Nodavlat Veb-sayt

32,800

Talabalar

790

Xorijiy talabalar

835

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

18

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Osiyo xalqaro universiteti Sizning kelajagingizga yo‘l!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda berilgan 047757-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Osiyo xalqaro universiteti mamlakatimizdagi rasmiy oliy ta’lim muassasalari safidan munosib o‘rin egallagan.

📚 Tanlov imkoniyatlari:

  • 35 ta bakalavriat

  • 14 ta magistratura

  • 25 ta ordinatura

  • 5 ta doktorantura

  • 4 ta masofaviy ta’lim yo‘nalishlari

🎓 Nega aynan Osiyo xalqaro universiteti?

  • Yuqori malakali, tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi

  • Zamonaviy standartlarga mos o‘quv auditoriyalari

  • Innovatsion va texnologik jihatdan boy o‘quv muhiti

  • Ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirgan yondashuv

Siz ham zamonaviy bilimlar sari birinchi qadamingizni Osiyo xalqaro universitetidan boshlang!

Xorijiy talabalar uchun

Osiyo xalqaro universiteti tomonidan Prezidentimizning 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli qaroriga ko‘ra Oʻzbekistonda taʼlim eksportini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, 2024-2025 o'quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda 7 ta xorijiy davlatdan, xususan  Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh, Misr, Shvetsiya va  Marokash davlatlaridan 90 nafar xorijiy talabalar universitetimizning iqtisodiyot, IT, menejment va tibbiyot ta’lim yo'nalishlarida tahsil olmoqda. Hozirda talabalarni xorijiy dasturlar orqali ham jalb qilingan bo‘lib,  Bangladesh, Misr, Shvetsiya va  Marokash davlatlarining qiziqish  va talabi asosan bakalvrda Biznes boshqaruvi, Axborot texnologiyalari va Magistratura mutaxasisiliklari bo‘yicha Hindiston, Pokiston, Nepal, davlatlaridan tibbiyot  ta’lim yo’nalishlariga qiziqish va talabalari asosida  xorijiy talabalar qabuli yo‘lga qo’yilgan.

Xalqaro hamkorlik

Universitet, o'z faoliyatini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida, shu o‘quv yilda xorijiy talabalar sonini 600 nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun universitet ko’plab xorijiy  tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini  imzoladi. Xorijiy talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitet instagram, fасеbооk, WhatsApp ijtimoiy  tarmoqlarda o’z sahifalarini yaratgan. Bugungi  kunda Osiyo xalqaro universiteti xorijiy talabalarni  keng jalb qilish maqsadida ko'plab Xorijiy universitetlar hamda agentliklar bilan hamkorlik memorandumini  imzolagan.

Xususan 2025-yilgi EURIE xalqaro ta’lim sammitida Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi tomonidan qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuvlar doirasida akademik mobillik, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va boshqa hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat olib borilishi belgilab olindi.

 

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Osiyo xalqaro universiteti talabalari nafaqat ta’lim jarayonida, balki turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilayotgan xalqaro va respublika darajasidagi olimpiadalarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ular o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etib, universitet nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Bundan tashkari universitetda  iqtidor, tashabbuskorlik va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishgan talabalar An’anaviy tarzda har oy ajratiladigan Rektor Stipendiyasi bilan taqdirlanadilar.

Fakultetlar

Osiyo xalqaro universiteti  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda berilgan 249847-sonli (litsenziya reestri bo'yicha tartib raqami L-4409572) litsenziya asosida oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
2022-yilda Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti nomi bilan faoliyati boshlangan bo’lib 
fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi.
bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi:
60230100-Filologiya va tillarni o’qitish (roman-german tillari)
60230100-Filologiya va tillarni o’qitish 
(rus tili)
60220300-Tarix
60310100-Siyosatshunoslik 
60310200-Xalqaro munosabatlar 
60111200-Jismoniy madaniyat
6061100-Axborot tizimlari va texnologiyalari
60720800-Konchilik ishi
60720400-Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo’l transporti) 
60720400-Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
60710400-Energetika muhandisligi 
60540100-Matematika 
60721700-Kadastr
60711400-Transport vositalar muhandisligi
60720600-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

magistratura mutaxassisliklar nomi:
70540101-Matematika 
70610105-Ta’limda axborot texnologiyalari
 

 

  Osiyo xalqaro universiteti  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda berilgan 249847-sonli (litsenziya reestri bo'yicha tartib raqami L-4409572) litsenziya asosida oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
2022-yilda Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti nomi bilan faoliyati boshlangan bo’lib talaba soni ko’payganligi sababli 2024-yilga kelib Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti aloxida fakultet nomi bilan faoliyat olib bormoqda
Iqtisodiyot va pedagogika fakultetida quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi:
60110400-Boshlang’ich ta’lim
60110200-Maktabgacha ta’lim
60230100-Filologiya va tillarni o'qitish
(o'zbek tili)
60110100-Pedagogika
60310300-Psixologiya 
60110300-Maxsus pedagogika 
60410100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
60410500-Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60411200-Marketing 
61010100-Turizm va mehmondo’stlik
60410800-Menejment 
61010400-Logistika
60410300-Soliqlar va soliqqa tortish 
60411100-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Magistratura mutaxassisliklar nomi:
70110102-Pedagogika
70310301-Psixologiya 
70110801-Ona tili va adabiyoti 
70110401 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (boshlang'ich ta'lim)
70110701-O’zbek tili va adabiyoti 
70410102- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Osiyo xalqaro universiteti  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda berilgan 249847-sonli (litsenziya reestri bo'yicha tartib raqami L-4409572) litsenziya asosida oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
2022-yilda Tibbiyot fakulteti nomi bilan faoliyati boshlangan bo’lib fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi.
bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi:
60910800-Farmatsiya
60510100-Biologiya 
60910100-Stomatologiya
60910600-Oliy hamshiralik ishi 
60910200-Davolash ishi
60910300-Pediatriya ishi 

magistratura mutaxassisliklar nomi:
70910801-Farmasevtik kimyo va farmakognoziya 

70910218-Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
70910101-Stomatalogiya 
 

 Osiyo xalqaro universiteti  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda berilgan 249847-sonli (litsenziya reestri bo'yicha tartib raqami L-4409572) litsenziya asosida oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
2024-yilda Xorijiy talabalar fakulteti nomi bilan faoliyati boshlangan bo’lib 
fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi:
MBBS Tibbiyot bakalavri, jarrohlik bakalavri
Biznes boshqaruvi fan bakalavri (B.S)
B.S.c. IT Axborot texnologiyalari fanlari bakalavriati

magistratura mutaxassisliklar nomi:
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration- MBA)
 

Ta'lim yo'nalishlari

(BSIT)Axborot texnologiyalari fanlari bakalavriati Bakalavr
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 Bakalavr Magistr
Dasturiy ta’minot 60610600 Bakalavr
Hisoblash ma’lumotlari fani 70540401 Magistr
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili 60310200 Bakalavr
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili 70310201 Magistr
Kiberxavfsizlik 60610300 Bakalavr
Kimyo va materiallar muhandisligi 60710100 Bakalavr
STEM ta’limi (Pedagogika) 60110100 Bakalavr
Sun’iy intellekt va robototexnika 60610700 Bakalavr
Tibbiyot bakalavri , jarrohlik bakalavri MBBS Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

SOBIROV MUHAMMADSIDDIQ HOSHIMJONOVICH

SOBIROV MUHAMMADSIDDIQ HOSHIMJONOVICH — pedagogika va psixologiya hamda oliy ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis va ilmiy xodim hisoblanadi. Hozirgi kunda u "ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI" DMda katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, pedagogika va psixologiya yo'nalishlarida ilg'or ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish hamda yosh olimlarni ilmiy faoliyatga yo'naltirish yo'nalishlarida ish olib bormoqda. O'zining bilimdonligi, mas'uliyati va ilmiy salohiyati bilan ta'lim va ilm-fan sohalarida munosib faoliyat yuritib kelmoqda.

Bakayeva Nilufar Baxriddinovna - Buxoro shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori

MЕHNAT FAOLIYATI 2003-2007 yy -O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi 2007-2010 yy. -Buxoro san’at kolleji ingliz tili fani o‘qituvchisi 2010-2014 yy. -Buxoro davlat universiteti talabasi 2014-2017 yy. -Buxoro shahridagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi 2022-2024 yy. -Osiyo xalqaro universiteti magistranti 2017 y.h/v. -Buxoro shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori

Jabborov Abbos Faxriddinovich

Jabborov Abbos Faxriddinovich — iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis va rahbar hisoblanadi. Hozirgi kunda u “ME’MOR KOMMPLEKS” MCHJ rahbari sifatida faoliyat olib borib, korxonaning samarali boshqaruvi, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda uning barqaror rivojlanishini ta’minlash yo‘nalishlarida ish olib bormoqda. O‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyati va boshqaruv salohiyati bilan iqtisodiyot va tadbirkorlik sohalarida munosib faoliyat yuritib kelmoqda.

Matkarimov G‘ulomjan Erkabayevich

Matkarimov G‘ulomjan Erkabayevich — iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis hamda rahbar hisoblanadi. Hozirgi kunda u Osiyo Xalqlari Universitetining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” magistratura yo‘nalishida tahsil olib, iqtisodiyotni boshqarish, biznesni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini chuqur o‘rganib kelmoqda. Magistrlik faoliyati davomida iqtisodiy tahlil, investitsiyalarni boshqarish, hududiy rivojlanish va korxona faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Nadjimiddinov Utkir Rustamovich – Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i

MEHNAT FAOLIYATI 1999–2000 yy. – Harbiy xizmat 2001–2002 yy. – Buxoro shahar 25-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 2002–2004 yy. – Buxoro viloyat Karate federatsiyasi vitse-prezidenti 2004–2008 yy. – Buxoro davlat universiteti talabasi 2008–2009 yy. – Buxoro viloyati Kogon tumani 35-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori 2009–2010 yy. – Buxoro viloyati Kogon tumani 4-umumta’lim maktabi direktori 2010–2011 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filialining yetakchi mutaxassisi–moliya mutaxassisi 2011–2012 yy. – “Yoshlar” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashi raisi o‘rinbosari 2012–2015 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Buxoro viloyat filiali ijrochi direktori 2015–2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi direktori 2019–2020 yy. – Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Bukhara City” hududida obyektlar qurilishi va ulardan foydalanish direksiyasi DUK direktori 2020–2021 yy. – Buxoro shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri 2021–2022 yy. – Buxoro shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 2022–2023 yy. – Buxoro viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i 2023–2024 yy. – Buxoro viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i 2024 y. – h.v. – Buxoro viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i

Cho‘liyev Yaxshmurod To‘xtaqulovich – Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i

Cho‘liyev Yaxshmurod To‘xtaqulovich – Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i MEHNAT FAOLIYATI 2004–2005 yy. – Peshku tuman markaziy kasalxonasi hisobchisi 2005–2006 yy. – Peshku tuman moliya bo‘limining iqtisodchisi 2006–2007 yy. – Peshku tuman moliya bo‘limi g‘azna ijrosi bo‘limining 1-toifali iqtisodchisi 2007–2008 yy. – Buxoro viloyati Peshku tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari – yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narxlar monitoringi sektori boshlig‘i 2008–2012 yy. – Buxoro viloyati Peshku tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i 2012–2017 yy. – Buxoro viloyati Peshku tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri 2017–2019 yy. – Buxoro viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi kommunal va yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish va narxlarni shakllantirishni rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi boshlig‘i 2019–2022 yy. – Buxoro viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari 2022 – 14.08.2024 yy. – Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Buxoro viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i 2024 y. – h.v. – Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i

Fayzullaeva Nazokat Shodmonovna - Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituri Akademik yozuvlarni saqlash sektori boshlig‘i

MEHNAT FAOLIYATI 2003–2005 yy. – Navoiy davlat pedagogika kolleji talabasi 2005–2008 yy. – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 2008–2011 yy. – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi 2008–2010 yy. – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani G‘ijduvon maishiy xizmat kollejida o‘quv ishlari kotibasi 2010–2013 yy. – Buxoro viloyati Turizm kollejida o‘quv ishlari kotibasi 2017 y. – h.v. – Buxoro davlat tibbiyot instituti AL va KHK bilan ishlash bo‘limi uslubchisi 2019–2023 yy. – Pediatriya, tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari 2023 y. – h.v. – Buxoro davlat tibbiyot instituti Ofis registratori 2-sektor, Akademik yozuvlarni saqlash sektori boshlig‘i

Kenjaev Hasan Atanazarovich - O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyat vakili o‘rinbosari, Urganch shahar bosh imom-xatibi, Urganch shahar “Oxun bobo” jome masjidi imom-xatibi

MEHNAT FAOLIYATI 2001–2005 yy. – “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi 2005–2012 yy. – Xorazm viloyati Bog‘ot tumani “Odina Eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi 2012 y. – h.v. – Urganch shahar bosh imom-xatibi, Urganch shahar “Oxun bobo” jome masjidi imom-xatibi 2014 y. – h.v. – O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyati vakili o‘rinbosari 2016–2020 yy. – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi 2022–2024 yy. – Osiyo Xalqaro Universiteti magistratura talabasi

Rahmatullaeva Nargiza Abdurahmonovna - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari

MEHNAT FAOLIYATI 2004–2009 yy. – Surxondaryo viloyati Angor tumani “Ilg‘or” gazetasi muxbiri 2010–2011 yy. – Surxondaryo viloyati “Oqs-Press” gazetasi bosh muharriri 2012–2013 yy. – “Arbitraj va huquq” gazetasi Surxondaryo viloyati muxbiri 2013–2018 yy. – Respublika “Yoshlar ovozi” gazetasi Surxondaryo viloyati muxbiri 2014–2018 yy. – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Angor tuman Kengashi raisi 2019–2020 yy. – “Hududgaz Surxondaryo” MChJ matbuot kotibi 2020 y. – h.v. – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari 2021 y. – h.v. – Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish kursi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

Toʻraboyev Mirshakar Muzaffarovich - Kogon shahri hokimi etib tayinlandi! MEHNAT FAOLIYATI

Osiyo xalqaro universitetining iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi magistri, o‘zining kasbiy faoliyatida katta yutuqlarga erishgan malakali mutaxassis Mirshakar Toʻraboyev - Kogon shahri hokimi etib tayinlandi. Mirshakar Muzaffarovich mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya bo‘limi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ko‘plab muhim loyihalarni amalga oshirib, sohani rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Biz Mirshakar Toʻraboyevning kelgusi faoliyatida yanada katta yutuqlarga erishishini, Kogon shahrini yanada ravnaq toptirish yo‘lida yangi marralarni zabt etishini, barcha mehnatlari natijasida xalqimizning farovonligini ta’minlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Atakulov Askad Raimkulovich - Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi direktori

MEHNAT FAOLIYATI O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan, Atakulov Askad Raimkulovich Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu — Osiyo Xalqaro Universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi uchun yana bir yutuqli qadam!

Hasanova Mavjuda G‘aniyevna — Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, NNTlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida faoliyat yuritadi

MEHNAT FAOLIYATI 2010 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. 1992 yildan 2006 yilgacha Sherobod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida ishlagan. 2006—2011 yillarda 11-maktabda direktor o‘rinbosari, keyinchalik direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 2011—2015 yillarda Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari va Tumandagi Ayollar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 2017 yilda O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari etib saylangan. 2020 yildan boshlab esa Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, NNTlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida faoliyat yuritmoqda.

Bobojonov Hasan Karimovich — “Yuksalish” harakati Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari

MEHNAT FAOLIYATI 2001-2005-yilda Buxoro davlat universiteti talabasi Ish faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan, keyinchalik: - Bo‘lim boshlig‘i - Direktor o‘rinbosari - 2021–2024-yillarda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi direktori So‘nggi paytlarda Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritgan. 2022-2024-yilda Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti. 2025- h.k “Yuksalish” harakati Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari.

Adilov Baxtiyor Alisherovich — Buxoro viloyati hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi!

MEHNAT FAOLIYATI Universitetimizning Iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchisi, yuqori malakali mutaxassis Baxtiyor Alisherovichni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Baxtiyor Alisherovichning viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi, uning iqtisodiyotga oid chuqur bilimlari va boshqaruv tajribasini yangi darajaga olib chiqadi. Bu tayinlov, ayniqsa, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Uning tajribasi va bilimlari viloyatda yoshlarga oid siyosatni ilgari surish, jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni hal qilish va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

BEKJANOV SHERZOD YULDASH UGLI

BEKJANOV SHERZOD YULDASH UGLI — pedagogika va psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis va rahbar hisoblanadi. Hozirgi kunda u “AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI” DMda professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, pedagogik va psixologik yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida ish olib bormoqda. O‘zining mas’uliyati, bilimdonligi va pedagogik mahorati bilan ta’lim sohasida munosib faoliyat yuritib kelmoqda.

OTARBAYEV AJINYAZ AZATOVICH

OTARBAYEV AJINYAZ AZATOVICH — ta'lim va pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis va rahbar hisoblanadi. Hozirgi kunda u “BOZATAW RAYONLÍQ MEKTEPKE SHEKEMGI HÁM MEKTEP BILIMLENDIRIW BÓLIMI” DMda direktor sifatida faoliyat olib borib, maktabgacha va maktab ta'limi tizimini samarali boshqarish, ta'lim sifatini oshirish hamda yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash yo'nalishlarida ish olib bormoqda. O'zining mas'uliyati, tashkilotchilik qobiliyati va boshqaruv salohiyati bilan ta'lim sohasida munosib faoliyat yuritib kelmoqda.

G'ULAMOV ULUG'BEK YUNUSOVICH

G'ULAMOV ULUG'BEK YUNUSOVICH — iqtisodiyot va oliy ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis va rahbar hisoblanadi. Hozirgi kunda u "FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI" DMda bosh mutaxassis sifatida faoliyat olib borib, oliy ta'lim muassasasida iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish, moliyaviy-xo'jalik faoliyatini yuritish hamda ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish yo'nalishlarida ish olib bormoqda. O'zining mas'uliyati, tashabbuskorligi va professional mahorati bilan iqtisodiyot va ta'lim sohalarida munosib faoliyat yuritib kelmoqda.