Angren universiteti
5,500
Talabalar
50
Xorijiy talabalar
114
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
7
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Angren Universiteti — Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan xususiy oliy ta’lim muassasasi. Universitet 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif qiladi.
Asosiy ma’lumotlar
-
Joylashuvi: Angren shahri, Fleyshmaxer ko‘chasi, 2-uy.
-
Tashkil topgan yili: 2022.
-
Ta’lim bosqichlari: Bakalavriat va magistratura.
-
Talabalar soni: 5000+ ming nafar talaba.
-
Qabul: Kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Yo‘nalishlari
Universitetda quyidagi mashhur yo‘nalishlar mavjud:
-
Maktabgacha ta’lim
-
Boshlang‘ich ta’lim
-
Pedagogika
-
Psixologiya
-
Ingliz tili va adabiyoti
-
Filologiya
-
Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlari
-
Ayrim magistratura dasturlari
Xorijiy talabalar uchun
Angren universitetida xorijiy talabalarning sifatli ta'lim olishi, qulay yashashi va mamlakatimizga tez moslashishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Universitet zamonaviy o‘quv auditoriyalari, multimedia texnologiyalari bilan jihozlangan dars xonalari, elektron kutubxona hamda internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Talabalar nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Xorijiy talabalar uchun qulay va xavfsiz turar joylar tashkil etilgan. Universitet ma’muriyati talabalarni yotoqxona va ijaradagi uy-joylarga joylashtirish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatadi hamda yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib boradi.
Talabalarning moslashuv jarayonini yengillashtirish maqsadida tutorlar va mas’ul xodimlar tomonidan doimiy maslahat va ko‘mak beriladi. Universitetda talabalarning murojaatlari, takliflari va muammolarini tezkor hal etish uchun maxsus elektron xizmatlar ham joriy etilgan.
Angren universiteti xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Universitet Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Latviya, Rossiya va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar talabalar almashinuvi, xalqaro amaliyotlar, stajirovkalar va qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.
Xorijiy talabalar universitet hududida sport, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlarda faol qatnashishlari uchun keng imkoniyatlarga ega. Turli millat vakillarining o‘zaro muloqoti va madaniy almashinuvi uchun qulay muhit shakllantirilgan.
Angren universitetining asosiy maqsadi – xorijiy talabalarga xalqaro standartlarga mos ta’lim berish, ularning xavfsiz va qulay muhitda yashashi hamda kelajakdagi professional faoliyati uchun mustahkam bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat
Xalqaro hamkorlik
Angren universiteti ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Universitet dunyoning turli davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda universitet Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini imzolagan. Ushbu hamkorliklar doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik mobililik dasturlari, xalqaro konferensiyalar hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Universitet Erasmus+, Mevlana, Work and Travel va boshqa xalqaro dasturlar doirasida hamkorlikni kengaytirish ustida faol ish olib bormoqda. Mazkur dasturlar talabalarga xorijda ta’lim olish, amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.
Xorijiy hamkor universitetlar ishtirokida mahorat darslari, seminarlar, vebinarlar va ilmiy forumlar muntazam ravishda tashkil etilib, talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, universitetda ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Angren universitetining xalqaro hamkorlik siyosati ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda talabalarga global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan
Til kurslari
Angren universitetida ta'lim o'zbek/rus/ingliz tillarida olib boriladi.
Fakultetlar
Farzandlarining oliy o‘quv yurtlarida uzoq yillik va mashaqqatli oliy ma’lumotni egallashlarini ota-onalar ham juda istashadi.
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga kirish tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘quv dargohini muvaffaqiyatli bitirib, ordinaturada ta’lim olish joyida bir necha yillar davomida saqlanib qolishni uddalaydigan insonlarning barchasi uchun bugungi kunda meditsinaga yo‘l ochiq.
Ushbu yo’nalishni bitirgan talabalar
-
Insonlarga yordam ko‘rsatish;
-
Kasbning jamiyatdagi yuqori nufuzi;
-
Yillar davomida ko‘p insonlar bilan tanishuv;
-
Davolashning yangicha usullarini ishlab chiqish va ularni rivojlantirish;
-
Ilmiy kareraga erishish;
-
O‘z shaxsiy klinikasini ochish imkoniyati mavjudligi.
Iqtisodiyot va huquq fakultetida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha talabalarga ta'lim beriladi:
1.Moliya va moliyaviy texnologiyalar
2.Iqtisodiyot
3.Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari
4.Axborot tizimlari va texnologiyalari
5.Logistika
6.Matematika
7.Konchilik ishi
Pedagogika va tillar fakulteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:
1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Maktabgacha ta’lim
3. Pedagogika
4. Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek/rus/ingliz tillari)
5. Chet tili va adabiyoti
6. Psixologiya
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Magistr |
| Konchilik ishi 60720800 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →Talabalar fikri
Angren Universiteti rektori professor Sh.A. Mutalov