WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Bakalavr Masofaviy 4.5 yil

Dastur haqida

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi

Umumiy tavsifi

Ushbu toʼrt yillik bakalavr taʼlim yoʼnalishi talabalarga xalqaro iqtisodiyotning nazariy asoslari va bugungi jamiyatimizga real tatbiqlarini qamrab olgan zamonaviy oʼquv dasturini taqdim etadi. Dastur global iqtisodiy jarayonlar, oʼzgarishlar va xalqaro savdo masalalarini tahlil qilish va xalqaro munosabatlarni tashkil qilish va amalga oshirish uchun zaruriy tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini tushunish kabi masalalarga urgʼu beradi.

Dasturning maqsadi xalqaro biznes va iqtisodiyotda kuchli bilimga ega boʼlgan, davlat, xususiy va xalqaro tashkilotlarda ishlay oladigan yuqori malakali kadrlarni yetishtirishdir.

Tarkib va O'quv rejasi

Dastur iqtisodiyot asoslari bilan birgalikda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlariga oid bir qator fanlarni, jumladan, jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiyot, xalqaro marketing, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, integratsiya va iqtisodiy globallashuv kabi fanlarni qamrab oladi. Dastur bitiruvchilari jahon bozorlari istiqbollari uchun muhim boʼlgan bilim va malakalarni shakllantirishga erishadilar.

O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga xalqaro iqtisodiyot kontekstida tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyot qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'quv natijalari

Dasturning o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:

·jahon iqtisodiyoti rivojlanishining moliyaviy – iqtisodiy koʼrsatkichlarini tahlil qilish;

·jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari (xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, davlatlar, transmilliy korporatsiyalar) faoliyatiga taʼsir koʼrsatadigan moliyaviy – iqtisodiy risklarni baholash;

·xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarda moliyaviy boshqarish tizimi toʼgʼrisida zarur bilimlarga ega boʼlish va ulardan oʼz faoliyatida foydalana olish;

·integratsion birlashmalar yoki tuzilmalarda moliyaviy - iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish toʼgʼrisida zarur bilimlarga ega boʼlish va ulardan oʼz faoliyatida foydalana olish;

·Oʼzbekiston Respublikasining tashqi savdoga oid moliyaviy – iqtisodiy koʼrsatkichlarini tahlil qilish;

·maʼlumotlarni yigʼish, qayta ishlash, tahlil qilish va umumlashtirish;

·tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʼullanadigan mahalliy korxona va tashkilotlarning faoliyatiga taʼsir qiladigan tashqi omillarni baholash toʼgʼrisidagi bilim va tajribalardan amaliyotda foydalana olish;

·jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga oid bulgan iqtisodiy koʼrsatkichlar toʼgʼrisida bilim va tajribaga ega boʼlish hamda ushbu koʼrsatkichlarga tayangan holda tahlillar oʼtkaza olish;

·xalqaro iqtisodiyotning zamonaviy tamoyillari, nazariy asoslarini hayotga tatbiq etish;

·jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taʼsir qiluvchi omillarni ilmiy jihatdan tasniflay olish va shu asosda tahlil qila bilish.

·Mustaqil tadqiqot o'tkazish, empirik dalillarni baholash va xalqaro iqtisodiyot sohasidagi bilimlarni rivojlantirishga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan tadqiqot va tahliliy ko'nikmalar ega bo’lish.

Karyera imkoniyatlari

Bakalavriat dasturining bitiruvchilari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq turli soha va lavozimlarda, jumladan, xalqaro savdo bo’yicha mutaxassis, turli tashkilotlarning xalqaro bo’limlarida mutaxassis, xalqaro iqtisodiy tahlilchi va tadqiqotchi, tashqi bozor tahlilchisi lavozimlari faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, notijorat tashkilotlari va konsalting firmalarida ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Shuningdek, ushbu dastur iqtisodiyot sohasida keyingi taʼlim uchun yoʼlak vazifasini bajarishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon berishi mumkin.

Umuman olganda, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bakalavr dasturi talabalarni xalqaro savdo shartnomalarini tuzish, xalqaro iqtisodiy tendensiyalar va jahon bozorini tahlil qilish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bilan ta’minlaydi.

O'xshash dasturlar