Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi
71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik magistratura mutaxassisligi turizm va mehmonxona industriyasi sohasida ilmiy-pedagogik, tashkiliy-boshqaruv hamda tahliliy faoliyatni amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mutaxassislik turizm xizmatlarini rivojlantirish, mehmondo‘stlik industriyasini boshqarish, turizm bozorini tahlil qilish va innovatsion turizm mahsulotlarini yaratish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.
Tarkib va o‘quv rejasi
Ta’lim jarayonida magistrantlar:
- Turizm va mehmondo‘stlik nazariyasi;
- Turizm menejmenti;
- Mehmonxona xo‘jaligini boshqarish;
- Turizm marketingi;
- Xalqaro turizm;
- Turizmda innovatsion texnologiyalar;
- Turizm iqtisodiyoti;
- Turizmda xizmatlar sifatini boshqarish;
- Turistik loyihalarni ishlab chiqish;
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
- Akademik yozuv;
- Ilmiy-pedagogik faoliyat
yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Dasturni o‘rganish natijalari
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan magistr:
- turizm va mehmondo‘stlik korxonalari faoliyatini boshqarish;
- turizm bozorini tahlil qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
- turizm mahsulotlari va xizmatlarini loyihalashtirish;
- mehmonxona va turistik xizmatlar sifatini baholash;
- turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari
Mutaxassislik bitiruvchilari:
- turizm va mehmondo‘stlik korxonalari rahbar-mutaxassisi;
- mehmonxona menejeri;
- turizm bo‘yicha ekspert va maslahatchi;
- turizm marketingi mutaxassisi;
- davlat va nodavlat turizm tashkilotlari xodimi;
- oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisi;
- ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimi
sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent davlat agrar universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
15 160 000 so'm
yiliga
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Turizm va mehmondo'stlik
17 999 999 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)
—
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Turizm va mehmondo'stlik
53 000 000 so'm
yiliga
Rossiya TIV MGIMOning Toshkent filiali
Menejment
61 000 000 so'm
yiliga
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Turizm va mehmondo'stlik
19 400 000 so'm
yiliga