University of Business and Science
Boshlang'ich ta'lim
Dastur haqida
Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim dasturi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun zamonaviy pedagogik bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan. Dastur fundamental nazariy fanlar, pedagogik va psixologik tayyorgarlik, zamonaviy o‘qitish metodikalari, pedagogik amaliyot hamda yakuniy davlat attestatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim jarayonida talabalar bolalar psixologiyasi, boshlang‘ich ta’lim metodikasi, raqamli ta’lim texnologiyalari, interfaol o‘qitish usullari va sinfni boshqarish ko‘nikmalarini egallaydilar. Pedagogik amaliyot orqali ular haqiqiy maktab muhitida dars o‘tish tajribasini orttirib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydilar.
Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, bitiruvchilarga "Bakalavr" akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom topshiriladi.
Bitiruvchilarning faoliyat yo‘nalishlari:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;
- Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida pedagog;
- Ta’lim tizimida kabinet mudiri, laboratoriya assistenti va o‘quv-uslubiy xodim;
- Maktabgacha va umumiy ta’lim muassasalarida metodist;
- Ta’lim vazirliklari, hududiy boshqarmalar va boshqa ta’lim tashkilotlarida metodist va mutaxassis;
- Xususiy ta’lim markazlari hamda boshqa ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—