Urganch davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dastur haqida
Kafedra tarixi
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 2022-yilda Urganch davlat pedagogika institutida “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori D.Nafasov mudirlik qilgan. 2023-yil 5-sentabrdan boshlab tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil topdi. Hozirgi kunda mazkur kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Atajonova mudirlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Kafedra a’zolari asosiy shtatda 13 kishini tashkil etib, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi-stajyor faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 38% ni tashkil etadi.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi.
Asosiy vazifalari:
O‘quv ishlari, o‘quv -uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim-tarbiya berish, ustoz-shogird ishlari, tashkiliy ishlar va h.k.
Ilmiy ishlar:
Kafedra qoshida “Boshlang‘ich sinflarda ta’lim sohasini innovatsion va integratsiyalashgan yondashuvlar asosida takomillashtirish masalalari” nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib boradi. Shuningdek, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga erishildi. 2023-2024-o‘quv yili davomida kafedra a’zolari tomonidan bitta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanma uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtirish kengashining guvohnomasiga ega bo‘linib, nashrdan chiqarildi hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.
Shu bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi sifatida 3 ta monografiya ham chop ettirilgan. 6 ta uslubiy qo‘llanma ham mavjud.
Hamkorlik
Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish choralarini ko‘rish, sohadagi axborot va ish tajribalarini o‘zaro almashinish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga