WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Texnologik ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta’lim yo‘nalish nomi:  “60111300-Texnologik ta’lim”

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi zamonning texnologik taraqqiyoti bilan hamnafas holda rivojlanayotgan texnologiya, dizayn, innovatsiya va amaliyot hamda amaliy kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lasiz.

Kelajak kasblari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan texnologik ta’lim yo‘nalishi – bu maktab va kollej o‘quvchilariga hayotga zarur bo‘lgan kasb-hunar va texnologiya asoslarini o‘rgatish, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularni real hayotga tayyorlash demakdir.

Siz 3 yil davomida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirasiz:

-Amaliy bilimlar: 3D modellashtirish, konstruktorlik asoslari, ishlab chiqarish texnologiyalari

-Raqamli metodlar: interaktiv o‘qitish, media vositalar bilan dars o‘tish

 -Ijodkorlik va muhandislik fikrlash: real hayotga yaqin loyihalar, dizayn ishlari

-Pedagogik yondashuvlar: zamonaviy darslar, o‘quvchilar bilan ishlash san’ati

Ushbu yo‘nalish sizni nafaqat zamonaviy o‘qituvchi, balki kasb-hunar tizimida raqobatbardosh mutaxassis sifatida yetishtiradi.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 4620 soat

Malkaviy amaliyot: 630 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 150 soatni tashkil etadi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

34

1 – 4

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim

60

2 – 6

Malakaviy amaliyot

6

2,4

Attestatsiya

16

1 – 6

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

6

Ta’tillar

29

1 – 6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

2,4

Jami

152

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • 4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim amalga oshirish 4 kun Namangan davlat pedagogika institutida nazariy ta’lim oladilar hamda 2 kun ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tkaziladi
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi

  Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat ob’yektlari:

- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani o‘qituvchisi;

- professional ta’lim, kollej va texnikumlarda maxsus fanlar o‘qituvchisi;

- maktab va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;

- ishlab chiqarish korxonalarida;

- davlat boshqaruv organlari;

- loyihalash va texnologik ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar