WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Sport faoliyati (kurash)

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Nomi: Sport faoliyati (Kurash)

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida faoliyat olib borish, sport turlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazish, sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportning eng zarur bo‘lgan sohalaridan biri hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami:
180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 4365 soat

Malakaviy amaliyot: 945 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 90 soatni tashkil etadi.


 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

78

1–6

 

 

 

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

20

2,4,6

Attestatsiya

17

1–6

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

6

Ta’tillar

27

1–6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

6

1–6

Jami

151

 

Qo‘shimcha izohlar:

1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar sport muassasalarida o‘tkaziladi.

Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

O'xshash dasturlar