WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Sport faoliyati

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Xizmat ko‘rsatish sohasi”ga oid mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda professional ta’limi muassasalari; sport maktablari; ixtisoslashgan sport maktablari; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari; sport klublari; O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va uning bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi va uning tegishli bo‘limlari; sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari; sport tashkilotlari va “Sport” erkin iqtisodiy zonalarining sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida kompleks masalalarni yechish usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan mazkur mutaxassislik hozirgi davrda eng zarur boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Sport faoliyati (faoliyat turi boʻyicha)” mutaxassisligi boʻyicha koʻplab nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlasiz. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng yangi va zarur boʻlgan amaliy fanlarni oʻzlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta koʻzlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi. Jumladan,

Jami auditoriya soati: 900 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat

Ilmiy pedagogik ish: 240 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

15

4

Attestatsiyalar

9

1 – 3

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

2

1, 3

Ta’tillar

22

1 – 4

GPA koʻrsatgichini hisoblash

1

2

Davlat attestatsiyasi

6

4

Jami

100

 

Qoʻshimcha izohlar:

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.

3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.

4) Mazkur ta’lim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qoʻshimcha sport tayyorgarligi mashgʻulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.

O'xshash dasturlar