WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogik ta'lim

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Kasbiy faoliyatining sohalari:

-60110300-Maxsus pedagogika: logopediya

-Umumiy o'rta ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o'rinlarda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari) maxsus pedagog (logoped) lavozimida o'rnatilgan tartibda pedagogik faoliyat olib borish;

-Inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan umumta'lim muassasalariga (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o'rinlarda inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan ta'lim muassasalari) maxsus (yordamchi) pedagog xodim) sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Sog'liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida va unga tenglashtirilgan lavozimlarda korreksion-pedagogik faoliyat olib borish;

-60110300-Maxsus pedagogika: surdopedagogika

-Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o'qituvchisi, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maxsus pedagog (o'qituvchi- surdopedagog) kasb standartiga muvofiq surdopedagog o'qituvchi va tarbiyachi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

-O'rta maxsus va professional ta'limda surdopedagog o'qituvchi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan umumta'lim muassasalariga (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o'rinlarda inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan ta'lim muassasalari) maxsus (yordamchi) pedagog xodim) sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy- pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;

-Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- 60110300-Maxsus pedagogika: oligofrenopedagogika

-Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o'qituvchisi, oligofrenopedagog, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maxsus pedagog (o'qituvchi-oligofrenopedagog) kasb standartiga muvofiq oligofrenopedagog o'qituvchi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

-Maxsus maktab va maktab internatlar; ixtisoslashtirilgan ko'p tarmoqli hamda qo'shma turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida; "Muruvvat" uylari; "Mehribonlik" uylari; sog'liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi muassasalar, nodavlat tashkilotlarida maxsus pedagog, tarbiyachi lavozimida ;

-Inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan umumta'lim muassasalariga (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o'rinlarda inklyuziv ta'lim tizimi joriy etilgan ta'lim muassasalari) maxsus (yordamchi) pedagog xodim) sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-O'rta maxsus professional ta'limi muassasalarida oligofrenopedagog, tarbiyachi;

-O'qituvchi, maxsus maktab va maktab internatlar; ixtisoslashtirilgan ko'p tarmoqli hamda qo'shma turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

-Maxsus maktab va maktab internatlar, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

-60110300-Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati eshitishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ta'lim oladigan yoki faoliyat yuritadigan muassasa, tashkilotlarda surdotarjimon;

-Eshitishda nuqsoni bo'lgan shaxslarga hizmat ko'rsatuvchi muassasa, tashkilotlarda surdotarjimon;

-Qo'shimcha ta'lim muassasalarida surdotarjimon;

-Yakka tadbirkorlik va boshqa tashkilotlarda surdotarjimon sifatida faoliyat olib borish.

Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

-60110300-Maxsus pedagogika: oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika

-Umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

-Maktabgacha va maktab ta'limi, sogʻliqni saqlash vazirliklari tizimidagi idoralarda;

-Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan ta'lim tashkilotlari va qo'shma ta'lim tashkilotlarida;

-Alohida ta'lim ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida;

-Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

-Davlat boshqaruv organlari, "Respublika Ta'lim Markazi", "Respublika Tashxis Markazi", "Inklyuziv ta'lim labaratoriyasi", inklyuziv ta'lim joriy etilgan davlat va nodavlat muassasalarida;

-"Muruvvat" uylari; "Mehribonlik" uylari;

-Maktabdan tashqari tashkilotlarda

-60110300-Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati qo'shimcha ta'lim muassasalarida;

-Xizmat ko'rsatuvchi muassasalar, davlat va nodavlat tashkilotlar;

-Eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslar ta'lim oladigan yoki faoliyat yuritadigan muassasa, tashkilotlarda, eshitishda nuqsoni bo'lgan shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi muassasa, tashkilotlarda, gid hamrohligida surdotarjimon, qo'shimcha ta'lim muassasalarida surdotarjimonlik faoliyati bilan ishlash huquqiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar