WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

Dasturiy injiniring

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Umumiy tavsif

70610601 – Dasturiy injiniring yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar kunduzgi ta’lim shaklida tayyorlanadi.

O‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

Magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishning me’yoriy muddati — 2 yil.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda yangilash, shuningdek o‘quv jarayonini samarali tashkil etish oliy ta’lim muassasasining rahbariyati — rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari hamda belgilangan talablarga javob beradigan magistrlarni tayyorlashni ta’minlovchi professor-o‘qituvchilar tarkibi zimmasiga yuklatiladi.

Umumiy talablar

Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan shaxslar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi.

Ingliz tili bo‘yicha talablar

Xalqaro miqyosda tan olingan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi: TOEFL bo‘yicha kamida 72 ball, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF — TDN3 darajasi yoki CEFR bo‘yicha B2 darajasi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat ham qabul qilinadi.

Chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat taqdim etmagan abituriyentlar chet tili fanidan imtihon topshiradilar. Minimal ijobiy ball — 60 balldan 100 ballgacha. Bunday holatda o‘qishga qabul qilingan talaba magistraturaning birinchi o‘quv yili yakuniga qadar chet tilini bilish bo‘yicha tegishli sertifikatni taqdim etishi shart.

O'xshash dasturlar