Buxoro innovatsiyalar universiteti
Dasturiy injiniring
Dastur haqida
Dasturiy injiniring
Dasturiy injiniring yo'nalishi — bu zamonaviy dasturiy ta'minotni loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish va
texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha keng qamrovli bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantiruvchi zamonaviy ta'lim
dasturidir. Dastur talabalarni global IT-sanoatining yetakchi standartlari, Agile/Scrum metodologiyalari va sun'iy
intellekt asridagi dasturlash texnologiyalari bilan tanishtiradi.
Dasturning maqsadi
Bitiruvchilarni xalqaro miqyosdagi IT-loyihalarda mustaqil ishlash, full-stack ilovalar yaratish, sun'iy intellektga
asoslangan tizimlarni loyihalash va innovatsion dasturiy yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo'lgan yuqori
malakali software engineer-mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat.
Asosiy o'quv fanlari:
• Algoritmlar va ma'lumotlar strukturalari
• Obyektga yo'naltirilgan dasturlash (Java, C#, Python)
• Web-ishlab chiqish (HTML/CSS, JavaScript, React, Node.js)
• Mobil ilovalar ishlab chiqish (Flutter, React Native, Swift, Kotlin)
• Ma'lumotlar bazalari (SQL, PostgreSQL, MongoDB)
• Dasturiy ta'minotni loyihalash va arxitektura (Clean Architecture, Microservices)
• DevOps, CI/CD va bulutli xizmatlar (Docker, Kubernetes, AWS)
• Sun'iy intellekt va mashina o'rganish asoslari
Egallaniladigan ko'nikmalar:
• To'liq tsiklli dasturiy ta'minot ishlab chiqish (frontend, backend, database)
• Agile/Scrum metodologiyalari asosida jamoada ishlash va Git bilan versiyalarni boshqarish
• Kod sifati, sinovlar (unit testing, integration testing) va refactoring
• REST API va GraphQL servislarini loyihalash va integratsiya qilish
• Sun'iy intellekt modellarini dasturiy yechimga integratsiya qilish
Kasbiy istiqbollari
Bitiruvchilar xalqaro IT-kompaniyalarda Full-Stack Developer, Mobile Developer, Backend/Frontend Engineer, DevOps
Engineer, Software Architect, banklar va FinTech start-aplarda dasturchi-injiner, sun'iy intellekt yo'nalishida ML
Engineer, freelance loyihalarda mustaqil mutaxassis, shuningdek o'z IT-mahsuloti yoki start-apini ishga tushirish
imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Davomiyligi: 4 yil (Bakalavr) | Ta'lim shakli: Kunduzgi
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga