WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Psixologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Kasbiy faoliyatining sohalari:

-Psixologiya-Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta’lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida;

-Ta’limi muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlami o‘qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida;

-Xususiy psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida psixologik yordam ko‘rsatish;

-O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish;

-O‘zini o‘zi boshqarish organlari, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutida;

-Reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko'rsatish;

-Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo‘limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

-Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari:

-Umumiy o'rta ta'lim va professional ta'lim muassalari o'quvchilari;

-Korxona, tashkilot va muassasalarda psixologik yordam koʻrsatish;

-Ta'lim muhitida psixologik tadbirlarni tashkil etish va uni amalga oshirish, umumiy oʻrta ta'lim maktablari va o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari oʻqituvchilari, o'quvchilari hamda xodimlari, reabilitatsiya va psixologik xizmat markazlari klientlari;

-Respublika tashxis markazi testlari va ularni oʻtkazishni tashkil etish jarayonlari, psixologik tadqiqot metodikalari;

-Sport jamoasi treneri va sportchilari;

-Psixologik xizmat koʻrsatish mijozlari;

-Shaxsiy muammolari bilan murojaat qiladigan patsientlar;

-Eksperimental psixologiya laboratoriyasi jihozlarini tashkillashtirish va qoʻllash;

-Maishiy xizmat koʻrsatishdagi psixologik muammolarni hal etish; mahallalar va fuqarolar;

-Aholiga psixologik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish; harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralarda psixologik yordam ko'rsatish;

-Kadrlarni tanlash va ular faoliyatini psixologik tashkil etish; psixodiagnostik, psixologik maslahat, psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixologik ma'rifat tadbirlari va psixologiya ixtisosligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari.

O'xshash dasturlar