WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro xalqaro universiteti

Psixologiya

Bakalavr Masofaviy 4 yil

Dastur haqida

60310300– Psixologiya
Ta’lim shakllari:  masofaviy
Ta’lim tillari: ingliz
Dastur davomiyligi: 4 yil 
Beriladigan daraja: bakalavr

60310300-Psixologiya - Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi yoʻnalish boʻlib, maktabgacha ta'lim, umumiy oʻrta, o'rta maxsus, professional ta'limining davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik- pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o'zini o'zi boshqarish organlari, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat koʻrsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi..
60310300-Psixologiya ta’lim  yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
• Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
• Loyihaviy;
• Ma’naviy-ma’rifiy;
• Tashkiliy-boshqaruv;
• Turli xizmatlar ko`rsatish;
60310300-Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonlari bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
60310300-Psixologiya ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar