Dastur haqida
Umumiy tavsif
60110200 – Maktabgacha ta'lim bakalavriat ta'lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi.
Kunduzgi bakalavriat dasturining me'yoriy davomiyligi 3 yilni tashkil etadi.
Mazkur ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida, maktabgacha ta'limni boshqarish organlarida hamda maktabgacha ta'lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritish huquqiga ega.
Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga oid murakkab vazifalarni bajarishlari mumkin.
Ingliz tili bo‘yicha talablar
Abituriyent quyidagi usullardan biri orqali ingliz tilini bilishini tasdiqlashi lozim:
- IELTS — 4.5 va undan yuqori
- TOEFL — ___ va undan yuqori
- CEFR — B2 daraja
- BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)
- Institutning ichki ingliz tili imtihonidan kamida 60 ball (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)
Matematika bo‘yicha talablar
Abituriyent matematika fanini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlashi lozim:
- BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori
- Institutning ichki matematika imtihonidan kamida 60 ball (agar BMBA sertifikati mavjud bo‘lmasa)
Kasbiy faoliyat
Maktabgacha ta'lim dasturi talabalarga bolalarning intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgan ta'lim jarayonini tashkil etishni o‘rgatadi.
Dastur pedagogika, psixologiya, metodika hamda bolalar rivojlanishini baholash usullarini qamrab oladi.
Bitiruvchilar bolalar bog‘chalari, rivojlantirish markazlari, ta'lim muassasalari va ijtimoiy loyihalarda faoliyat yuritishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—