WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim

Bakalavr Kechki 4 yil

Dastur haqida

1. 60110200- Maktabgacha ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishining umumiy tavsifi

60110200- Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Barcha ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 3 yil.

1.1. Qo'llanish sohasi.

1.1.1. 60110200- Maktabgacha ta'lim yo'nalishi boʻyicha Malaka talabining qo'llanilishi.

Malaka talabi 60110200- Maktabgacha ta'lim yo'nalishi boʻyicha oliy ma'lumotli bakalavrlar tayyorlash o'quv reja va fan dasturlarining o'zlashtirilishini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:

-60110200- Maktabgacha ta'lim yo'nalish bo'yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o'quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas'ul oliy ta'lim muassasalarining professor - o'qituvchilari;

-ta'lim yo'nalishining o'quv reja va fan dasturlarini o'zlashtirish bo'yicha o'quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;

-o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari);

-bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;

- oliy ta'lim muassasasini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;

- oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;

- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar.

1.2. 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi.

1.2.1. 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

-Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisi, uslubchisi kasb standartiga muvofiq Maktabacha ta'lim tashkilotida tarbiyachisi, uslubchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o'rta maxsus va professional ta'limda maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha texnukumlarida maktabgacha ta'lim metodikalari o'qituvchisi mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

 

-Maktabgacha ta'lim fanlar yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash;

-Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

-Maktabgacha ta'lim, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- Maktabgacha ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

- davlat boshqaruv organlari, o'rta, o'rta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

   60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat olib borish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, Maktabgacha ta'lim muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bog'chalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo'ladi.

1.2.3. 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

-pedagogik;

-ilmiy-tadqiqot;

-ma'naviy-ma'rifiy,

-tashkiliy-boshqaruv.

1.2.4. 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.

60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob'ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi lozim:

O'xshash dasturlar