Dastur haqida
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta’lim yo‘nalish nomi: “Maktabgacha ta’lim”
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
Maktabgacha ta’lim — Kelajak avlod tarbiyasining asosi!
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi va kelajakda dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlardan biri — Maktabgacha ta’lim sohasida chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Inson hayotining ilk bosqichlari eng muhim rivojlanish davri bo‘lib, aynan shu davrda berilgan ta’lim va tarbiya kelajak avlodning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
3 yil davomida siz maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologiyasi, pedagogikasi, rivojlanish bosqichlari, kreativ o‘qitish metodlari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishasiz. Sizga kerakli nazariy bilimlar bilan birga, real amaliyotlar orqali malakangizni oshirishingiz uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Bu yo‘nalish nafaqat milliy, balki xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan bo‘lib, xorijda tan olingan dasturlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Maktabgacha ta’lim — har qanday jamiyatning taraqqiyoti uchun eng muhim poydevor hisoblanadi.
60110200-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng maktabacha ta'lim tashkilotida kasb standartiga muvofiq tarbiyachi-pedagog, uslubchi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- Maktabgacha ta'lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktori, kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- Maktabgacha ta'lim, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuini qamrab oladi.
Biz bilan ta’lim oling va farzandlar kelajagini shakllantiradigan professionallar qatoridan joy oling!
Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestir (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 4650 soat
Malkaviy amaliyot: 750 soat
Jami o‘quv yuklama hajmi : 5400 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
34 |
1 – 6 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish hamda mutaxassislik fanlaridan test |
|
4 kun nazariy va amaliy ta’lim/ 2 kun amaliyot |
60 |
2-6 |
|
|
Malaka amaliyoti |
4 |
2-4 |
|
|
Attestatsiya |
18 |
1 – 6 |
|
|
Bitiruv oldi amaliyoti |
5 |
6 |
|
|
Ta’tillar |
29 |
1 –2 |
|
|
Kredit haftaligi |
2 |
2 – 4 |
|
|
Jami |
152 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—