WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Navoiy davlat universiteti

Maktabgacha ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Qo'shma dastur

Dastur haqida

Maktabgacha ta’lim

 

Navoiy viloyati

Universitet: Navoiy davlat universiteti

Yo‘nalishlar: 60110200 – Maktabgacha ta’lim

O‘qish shakli: Kunduzgi

Daraja: Bakalavr

Bepul trening imkoniyati: Yo‘q

Ta’lim tili: O‘zbek, rus

Trening qayerda o‘tkaziladi: Navoiy viloyati

Davomiyligi: 3 yil

Fanlar: 19

Ta’lim narxi:10.500.000 UZB

 

MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI

60110200 – Maktabgacha ta’lim

 

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar gumanitar sohaga oid bilimlarni mukammal o‘rganadi.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

YDA

Malakaviy va pedagogik  amaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

155

5400

4650

650

444

0

376

45

750

1740

 

1-bosqichda  Bolalarning ijtimoiy moslashuvi, Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish, Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish, Elementr matematik tasavvurlarni shakllantirish kabi mutaxassislik fanlari hamda Umumiy psixologiya, O’zbekistonning eng yangi tarixi, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, Amaliy o’zbek tili, Falsafa kabi majburiy fanlar o’tiladi.

2-bosqichda Umumiy pedgogika, Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika, Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi, Bolalar jismoniy tarbiyasi, Nutq o‘stirish metodikasi, Dinshunoslik  kabi fanlar bilan bir qatorda talabalarga tanlov fanlar blokidan fanlar tanlash imkoniyati beriladi.

3-bosqichda  Maktabgacha ta’limda chet tilini o‘qitish metodikasi, Bolalar musiqiy ta’limi metodikasi, Tabiat bilan tanishtirish metodikasi kabi fanlar bilan bir qatorda talabalarga tanlov va qo’shimcha fanlar blokidan mutaxassislik fanlar tanlash imkoniyati beriladi.

3 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so’ng  maktabgacha ta’lim tarbiyachisi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

3-6 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 

2 kunda pedagogik amaliyot o‘tkaziladi.

3-6 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta’lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to‘ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta’lim topshirig‘ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.

2-semestrda Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish, Elementr matematik tasavvurlarni shakllantirish; 3-semestrda Umumiy pedgogik, Nutq o‘stirish metodikasi; 4-semestrda Bolalar jismoniy tarbiyasi,  Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi, 5-6-semestrda Tabiat bilan tanishtirish metodikasi, Bolalar musiqiy ta’limi metodikasi, Maktabgacha ta’limda chet tilini o‘qitish metodikasi fani bilan integratsiya qilishi kerak.

1-3 kurs talabalarining yozgi ta’til davrida avvalgi semestrlarda o‘zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta’tilning birinchi haftasi ro‘yxatga olish haftaligi, keyingi to‘rt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.

1-kurs: 2-semestrda(o‘quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyotlari uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-kurs: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (o‘quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
3-kurs: 5-6-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 6-semestrdagi (ekskursion ishlab chiqarish) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.

 

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1-2

Malakaviy amaliyot

6

2,4,6

Attestatsiyalar

23

1-6

Yakuniy davlat attestatsiyalari

1

8

4 kun nzariy va amaliy ta’lim / 2 kun amaliyot

60

3-6

Ta’tillar

31

1-6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1,3,5

Jami

152

 

 

TA’TIL VAQTI:

1.  1-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-03.07.2024)

- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

2.  2-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2025-yil uchun 23.12.2024-05.01.2025)

- iyul oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2025-yil uchun 09.07.2025-02.09.2024)

3.  3-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2026-yil uchun 29.12.2025-11.01.2026)

- iyuт oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 08.07.2026-02.09.2026)

 

FANLAR

  1. Umumiy psixologiya

2. O’zbekistonning eng yangi tarixi

3. Mediasavodxonlik va axborot madaniyat

4. Amaliy o’zbek tili

5. Falsafa

6. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

7. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish

8. Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish

9. Elementr matematik tasavvurlarni shakllantirish

10. Umumiy pedagogika 

11. Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika

12. Dinshunoslik

13. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi

14. Bolalar jismoniy tarbiyasi

15. Nutq o‘stirish metodikasi

16.  Maktabgacha ta’limda chet tilini o‘qitish metodikasi

17.  Bolalar musiqiy ta’limi metodikasi

18.  Tabiat bilan tanishtirish metodikasi

19. Tanlov fanlar

 

O'xshash dasturlar