WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

Kasbiy faoliyatining sohalari:

-Umumiy o'rta ta'lim va ixtisoslashgan maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani va kasb tanlashga yo'llash oʻqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

-O'rta maxsus va professional ta'limda mutaxassislik fanlari o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Maktabdan tashqari ta'limda to'garak fanlari o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Tashkilotlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash ishlari bilan shug'ullanish va fan oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

-Oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish bilan bogʻliq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

-Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

-Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

-Ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;

-Ishlab chiqarish korxonalari;

-Davlat boshqaruv organlarida

O'xshash dasturlar