WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • Quldorlik va feodal jamiyatlaridagi bo‘lib o‘tgan urushlar haqida ma’lumotlar, Amir Temurning harbiy yurishlari va harbiy san’ati, yangi va eng yangi davrlardagi urushlar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi oralig‘ida Qurolli Kuchlar tuzilmasi xususiyatlari, ikkinchi jahon urushi, ikkinchi jahon urushida ittifoqdosh armiyalarning harbiy harakatlari, ikkinchi jahon urushining harbiy-siyosiy natijalari va ikkinchi jahon urushi yillarida qurollanish va taktika, Qurolli Kuchlar va qo‘shinlar turlarining rivojlanishi, ikkinchi jahon urushidan keyingi Qurolli Kuchlarning qurilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va qurilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim).
  • Harbiy san’at tarixi va milliy merosmavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish, harbiy kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish uchun nomzodlar tanlash va ular bilan ishlash, harbiy ish asoslarini o‘rgatuvchi to‘garaklarga rahbarlik qila olishni amalda qo‘llay olish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; (ko‘nikma).

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan Harbiy san’at tarixi va milliy merosbo‘yicha uchrashuvlar tashkil qilish, o‘zbek xalqining mehnat shuhrati joylari va tarixiy obidalarga safarlar uyushtirish, urush va mehnat faxriylari, Qurolli Kuchlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, o‘quvchilar bilan Harbiy san’at tarixi va milliy merosmavzusi bo‘yicha nazariy konferenstiyalar, davra suhbatlari hamda munozaralar o‘tkazish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi kerak. (malaka).

O'xshash dasturlar