WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Fizika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta’lim yo‘nalish nomi:  “60530500 – Fizika”

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

Fizika – bu borliqning asosiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi, energiya, modda, harakat, vaqt va makon haqida chuqur bilim beruvchi fundamental fan.      60530500 – Fizika yo‘nalishi sizni nafaqat kuchli nazariy tayyorgarlik, balki real hayotga tadbiq etiladigan amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.

Fizika fanining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va raqamli vositalardan foydalana oladigan, muammolarni tahlil qila biladigan va ularni innovatsion yondashuvlar bilan hal eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash.

4 yil (bakalavriat) davomida siz quyidagi yo‘nalishlarda chuqur bilim olasiz:

– Klassik mexanika, elektromagnitizm, termodinamika, kvant fizika, nisbiylik nazariyasi.

– O‘lchash asboblari, tajriba o‘tkazish metodikasi, natijalarni tahlil qilish.

– Fizikaviy jarayonlarni simulyatsiya qilish, MATLAB, Python, COMSOL kabi dasturlar bilan ishlash.

– Nano texnologiyalar, optoelektronika, materialshunoslik asoslari.

– Zamonaviy fizika darslarini tashkil qilish, STEAM yondashuv, interaktiv metodlar.

 

Fizika yo‘nalishi sizni quyidagilarga tayyorlaydi:

✅ Mantiqiy fikrlash va analitik yondashuv

✅ Dastlabki gipotezani tajriba orqali isbotlash

✅ Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari

✅ Tadqiqot olib borish va yangi kashfiyotlarga intilish

✅ STEAM yondashuv orqali o‘quvchilarga ilhom berish

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6120 soat

Malkaviy amaliyot: 840 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 240 soatni tashkil etadi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

108

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

6

2,4,6

Pedagogik amaliyot

15

8

Attestatsiya

22

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’tillar

45

1 – 8

Kredit haftaligi

4

1 – 6

Jami

204

 

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxona hamda ta’lim tashkilotlarida o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi

  Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat ob’yektlari:

- maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarda;

- professional va oliy ta’lim muassasalari;

- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akasemiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari;

- observatoriya, fizik va astronomiya laboratoriyalari;

- ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;

- davlat boshqaruvi organlari;

- ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;

- nodavlat va notijorat tashkilotlarini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar