WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Fizika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Fizika va astronomiya

3-8 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda xaftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta'lim, 2 kunda pedagogik amaliyot o'tkaziladi.
3-8 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta'lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to'ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta'lim topshirig'ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
2-semestrda: psixologiya, molekulyar fizika va termodinamika; 3-semetrda: umumiy pedagogika, elektr va magnitizm, umumiy astronomiya; 4-semestrda: umumiy pedagogika, optika; 5-6-7-8-semestrlarda: fizika o'qitish metodikasi, astronomiya o'qitish metodikasi fanlari bilan integrasiya qilinishi kerak.
1-3 kurs talabalarining yozgi ta'til davrida avvalgi semestrlarda o'zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta'tilning birinchi xaftasi ro'yxatga olish xaftaligi, keyingi to'rt xafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
 *Fizika o'qitish metodikasi (FO'MM3008) va Astronomiya o'qitish metodikasi (AO'M3004) fanlari tarkibiga xalqaro baxolash dasturlari doirasidagi (STEAM kontekstlari, savodxonlik) kasbiy ko'nikmalar shakllantirilishini nazarda tutuvchi jami 20 soatdan kam bo'lmagan mavzular kiritilishi nazarda tutiladi.
1-kurs: 2-semestrda (o'quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyotlari uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-kurs: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun xar semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (o'quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
3-kurs: 5-6-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun xar semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 6-semestrdagi (ekskursion ishlab chiqarish) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
4-kurs: 7-8-semestrlarda xar semestrga 4+2 tartibi uchun 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit taqdim etiladi.
O'quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilotlarda o'tkazilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo'yicha Davlat attestasiyalari ham kiradi.

O'xshash dasturlar