Dastur haqida
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta’lim yo‘nalish nomi: “Jismoniy madaniyat ”
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
60111200-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil.
Siz 3 yil davomida “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Kasbiy faoliyatining sohalari
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda ‘‘Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi’’ maqomida pedagogik faoliyat olib borish; o‘rta maxsus va professional ta’limda ‘‘Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi’’ va mutaxasislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
maktabdan tashqari ta’limda to’garak fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestir (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 5400 soat
(Majburuy fanlar: 4110 soat, Tanlov fanlari: 480 soat)
Malkaviy amaliyot: 810 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
64 |
1-4 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
4 |
2-4 |
|
|
Attestatsiya |
18 |
1 – 6 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
5-6 |
|
|
Ta’tillar |
29 |
1 – 6 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,2,4 |
|
|
4 kun-nazariy va amaliy ta’lim/ 2 kun-amaliyot |
30 |
3-6 |
|
|
Jami |
152 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga