WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Jismoniy madaniyat

O’quv jarayoni 3-6 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunida pedagogik amaliyot o’tkaziladi.
1-6 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta’lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to’ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta’lim topshirig’ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
1-2 kurs talabalarining yozgi ta’til davrida avvalgi semestrlarda o’zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta’tilning birinchi haftasi ro’yxatga olish haftaligi, keyingi to’rt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
*Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi  (JMNM208) fani tarkibiga xalqaro baxolash dasturlari doirasidagi (PISA kontekstlari, tabiiy ilmiy savodxonlik) kasbiy ko’nikmalar shakllantirilishini nazarda tutuvchi jami 20 soatdan kam bo’lmagan mavzular kiritilishi nazarda tutiladi.
1-kurs: 2-semestrda (o’quv-tanishuv amaliyoti) malaka amaliyoti uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-kurs: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (Sport turlari amaliyoti) malaka amaliyoti uchun jami 2 kredit taqdim etiladi.
3-kurs: 5-6-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 6 kreditdan, jami yillik 12 kredit taqdim etiladi.
O’quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg’ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilotlarda o’tkazilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo’yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi

O'xshash dasturlar