Ma'mun universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish (magistratura): Ingliz tili
Dastur haqida
Yo‘nalish tavsifi:
“Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” magistratura ta’lim yo‘nalishida talabalarga ingliz tili va adabiyoti, tarjimashunoslik, lingvistika va til o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Ushbu bosqich zamonaviy tilshunoslik yutuqlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot malakalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borishga, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishga va ilm-fan sohasida faoliyat yuritishga tayyor mutaxassislarni yetishtirishni maqsad qiladi.
O‘quv dasturining maqsadi:
Magistratura bosqichining asosiy maqsadi — talabalarning tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish, til o‘rgatishning zamonaviy metodlari, texnologiyalari va innovatsion yondashuvlari asosida yetuk pedagog , tarjimon hamda tahliliy fikrlovchi mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat.
Magistratura bosqichi yakunida erishiladigan natijalar:
Magistrantlar ikki yil o‘qish moboynida quyidagi bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘ladilar:
- Ilmiy-uslubiy va nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi hamda mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
- Ingliz tili va adabiyotining ilg‘or nazariy yondashuvlarini tahlil qilish, solishtirish va baholash malakalariga ega bo‘ladi.
- Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy metodika va yondashuvlardan samarali foydalanadi.
- Tarjima nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganib, professional darajada yozma va og‘zaki tarjima qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
- Tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida ilmiy maqolalar yozish, seminar-treninglar o‘tkazish hamda ilmiy loyihalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Ingliz tilida akademik yozuv va ilmiy muloqot madaniyatini mukammal egallaydi.
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
- Ingliz tilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va metodik tavsiyalar yaratish malakasiga ega bo‘ladi.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohalari:
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (magistratura) yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- Oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi, metodist yoki ilmiy xodim sifatida ishlash;
- Ilmiy-tadqiqot institutlarida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik sohalarida tadqiqotchi (junior researcher) sifatida faoliyat olib borish;
- Chet tillarni o‘qitish markazlarida rahbar, metodist yoki ilg‘or o‘qituvchi sifatida ishlash;
- Xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarda tarjimon, muharrir yoki tahlilchi sifatida faoliyat yuritish;
- Darslik va ilmiy-adabiy asarlarni tarjima qilish, lingvistik tahlil va tilshunoslik sohalarida mustaqil ekspert sifatida ishlash;
- Davlat boshqaruvi, diplomatiya, turizm va ommaviy axborot vositalarida mutaxassis lavozimlarida ishlash;
- Til va madaniyatlararo muloqot bo‘yicha maslahat beruvchi yoki trener sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga