Dastur haqida
Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi – ta’lim va ijtimoiy xizmat sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u koreys tilining lingvistik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, koreys adabiyoti va madaniyatini tahlil qilish, tilni o‘rgatish metodikasini shakllantirish, hamda xalqaro til sifatida koreys tilining o‘rni va istiqbolini belgilashga qaratilgan.
Bu yo‘nalish koreys tiliga qiziqish ortib borayotgan hozirgi davrda dolzarb bo‘lib, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘quv dasturining maqsadi
Talabalarga koreys tili va adabiyoti bo‘yicha:
Hozirgi koreys adabiy tili.
Tilshunoslik nazariyasi.
Koreys tilining tarixi.
Koreys adabiyoti tarixi va nazariyasi.
Koreys madaniyati va jamiyati.
Til o‘rgatish metodikasi yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar berish. Shuningdek, koreys tilini o‘rgatish, tarjima qilish, madaniyatlararo muloqotda ishtirok etish qobiliyatiga ega filolog mutaxassis tayyorlash.
Bitiruv natijasi
4 yillik bakalavriatni tamomlagan talaba koreys tili va adabiyoti bo‘yicha filolog mutaxassis diplomiga ega bo‘ladi. Bitiruvchilar ta’limni magistratura bosqichida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, xorijiy til o‘qitish metodikasi kabi yo‘nalishlarda davom ettirishlari mumkin.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1–2-kurs filologik fanlardan (Xorijiy sharq tili: koreys tili, Tilshunoslik nazariyasi, Adabiyotshunoslik nazariyasi, Koreys tili fonetikasi va morfologiyasi, Mamlakatshunoslik (Koreya tarixi va madaniyati), Xorijiy sharq tili);
3-4 kurslarda talabalar filologik fanlar (Hozirgi koreys adabiy tili, Koreys adabiyoti va folklori, Qiyosiy adabiyotshunoslik, Til o‘rganayotgan mamlakat adabiyoti, O‘rganilayotgan tilda taqdimot qobiliyatlarini rivojlantirish v.h) dan tahsil oladilar.
Kasbiy faoliyat sohalari
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Matn talqini, tushunish va idrok etish, til o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
- Pedagogik faoliyat: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, litsey va kollejlar, til markazlarida koreys tilini o‘qitish
- Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat: madaniyat markazlari, xalqaro tashkilotlar
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: ta’lim muassasalarida koreys tili bo‘yicha metodist, koordinator
- Ilmiy tadqiqot muassasalarida koreys tilshunosligi va adabiyoti bo‘yicha izlanishlar
- Xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, kompaniyalarda tarjimon yoki til mutaxassisi
- Televideniye va OAVda jurnalist yoki koreys tilidagi kontent muharriri
- Nashriyotlarda koreys tilidagi adabiyotlar muharriri yoki tarjimoni
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—