WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili yo‘nalishi – ta’lim va ijtimoiy xizmat sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u yapon tilining fonetik, leksik, grammatik va stilistik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, yapon adabiyoti va madaniyatini tahlil qilish, tilni o‘rgatish metodikasini shakllantirish, hamda xalqaro til sifatida yapon tilining o‘rni va istiqbolini belgilashga qaratilgan.

Bu yo‘nalish O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yapon tiliga bo‘lgan talabning ortib borayotgani ushbu yo‘nalishni dolzarb qiladi.

O‘quv dasturining maqsadi

Talabalarga yapon tili va adabiyoti bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar berish:

  • Hozirgi yapon adabiy tili
  • Tilshunoslik nazariyasi
  • Yapon tilining tarixi
  • Yapon adabiyoti tarixi va nazariyasi
  • Yapon madaniyati va jamiyati
  • Til o‘rgatish metodikasi

Shuningdek, yapon tilini o‘rgatish, tarjima qilish, madaniyatlararo muloqotda ishtirok etish qobiliyatiga ega filolog mutaxassis tayyorlash.

O‘quv dasturi

1–2-kurs fanlari  (Xorijiy sharq tili: yapon tili, Tilshunoslik nazariyasi, Adabiyotshunoslik nazariyasi, Yapon tili fonetikasi va morfologiyasi, Mamlakatshunoslik, Yaponiya tarixi va madaniyati, G‘arb tili va adabiyoti);

3–4-kurs fanlarida (Hozirgi yapon adabiy tili, Yapon adabiyoti va folklori, Qiyosiy adabiyotshunoslik, Til o‘rganayotgan mamlakat adabiyoti, O‘rganilayotgan tilda taqdimot qobiliyatlarini rivojlantirish, Tarjima nazariyasi va amaliyoti v.h) dan tahsil oladilar.

 Bitiruv natijasi

4 yillik bakalavriatni tamomlagan talaba yapon tili va adabiyoti bo‘yicha filolog mutaxassis diplomiga ega bo‘ladi. Bitiruvchilar ta’limni magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda davom ettirishlari mumkin:

  • Tilshunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Tarjimashunoslik
  • Xorijiy til o‘qitish metodikasi
  • Madaniyatlararo kommunikatsiya

Kasbiy faoliyat sohalari

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili) bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Matn talqini, tushunish va idrok etish, til o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
  • Pedagogik faoliyat: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, litsey va kollejlar, til markazlarida yapon tilini o‘qitish
  • Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat: madaniyat markazlari, xalqaro tashkilotlar
  • Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: ta’lim muassasalarida yapon tili bo‘yicha metodist, koordinator
  • Ilmiy tadqiqot muassasalarida yapon tilshunosligi va adabiyoti bo‘yicha izlanishlar
  • Xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, kompaniyalarda tarjimon yoki til mutaxassisi
  • Televideniye va OAVda jurnalist yoki yapon tilidagi kontent muharriri
  • Nashriyotlarda yapon tilidagi adabiyotlar muharriri yoki tarjimoni
 

O'xshash dasturlar