WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu bakalavriat dasturi talabalarni rus tili va adabiyoti, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasi bilan tanishtiradi. Dastur davomida talabalar rus tilining lingvistik, adabiy va madaniy jihatlarini chuqur o‘rganadilar, o‘quv jarayonini tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar. Bakalavriat bitiruvchilari rus tili va adabiyoti sohasida, shuningdek, xalqaro muloqot, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim tizimida yuqori malakali mutaxassislar sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

• Ta’limiy. Rus tili va adabiyoti nazariyasi hamda amaliyotini o‘rganish orqali ilmiy tafakkurni shakllantirish. Rus tili fonetikasi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisi va stilistikasini chuqur o‘zlashtirish. Til birliklarini tahlil qilish, ularning ma’no, shakl va vazifalarini aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlarini egallash..

• Rivojlantiruvchi. Og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, ijodiy tafakkur, muloqot madaniyatini shakllantirish. Mustaqil fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamlash. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, manbalar bilan ishlash malakasini rivojlantirish.

• Tarbiyaviy. Rus tili va adabiyotiga, shuningdek, boshqa xalqlarning madaniyatiga hurmat va qiziqishni shakllantirish. Estetik did, so‘z madaniyati, nutq odobi va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish. Ona tiliga va o‘rganilayotgan tildagi madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash.

• Tushuncha beruvchi. Tilni milliy madaniyat va tafakkurning ifodasi sifatida anglash. Tillararo va madaniyatlararo muloqotning asosiy tamoyillarini tushuntirish. Til, adabiyot va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatish.

• Shakllantiruvchi ko‘nikmalar. Badiiy va ilmiy matnlarni tahlil qilish, interpretatsiya qilish. Rus tili darslari uchun metodik materiallar tayyorlash. Nutqning imloviy, punktuatsion va stilistik jihatlarini to‘g‘ri qo‘llash. Darslarni zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish.

Natijalar:

• Rus tili, adabiyoti va ularni o‘qitish metodikasi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalarni bilish.

• Rus tili tizimining fonetik, morfologik, sintaktik, leksik va semantik xususiyatlarini chuqur tahlil qila olish.

• Adabiy jarayonlar, janrlar va uslublarning rivojlanish qonuniyatlarini anglash.

• Lingvistik, filologik va pedagogik tadqiqotlar olib borish malakasiga ega bo‘lish.

• Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish.

• Ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va amaliyotda qo‘llay olish.

 

Bitiruvchilarning faoliyat sohalari:

• Ta’lim sohasi:

Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kollejlarida rus tili va adabiyoti fanidan dars berish.

Darslik va metodik qo‘llanmalar yaratish, ta’lim loyihalarida ishtirok etish.

• Madaniyat va ijtimoiy soha:

Tarjima, tahrir va kommunikatsiya sohalarida faoliyat yuritish.

Madaniyatlararo muloqot va xalqaro hamkorlik loyihalarida ishtirok etish.

• Ommaviy axborot vositalari:

Nashriyot, matbuot, radio va televideniyeda muharrir, tilshunos yoki matn tahlilchisi sifatida ishlash.

• Axborot texnologiyalari sohasi:

Ta’limiy dasturlar, elektron resurslar va raqamli o‘quv kontentini yaratishda ishtirok etish.

• Ilmiy va metodik faoliyat:

Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va pedagogika sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish.

O'xshash dasturlar