Dastur haqida
“Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida talabalar ingliz tili, adabiyoti, tarjimashunoslik hamda til o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi — zamonaviy ingliz tilini mukammal biladigan, uni o‘qitish, tarjima qilish hamda tahlil etish malakasiga ega mutaxassislarni tayyorlashdir.
O‘quv dastur maqsadi
O‘quv dasturlarining asosiy maqsadi — talabalarga nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘un holda berish, ularni tanlagan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni qo‘llay oladigan, raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashdan iborat.
Natija
Filologiya va tillarni o‘qitish, xususan, ingliz tili ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan talabalar, 4 yil o‘qish jarayonida quyidagi maqsadlar va natijalarga erishishlari mumkin:
Talabalar ingliz tilida erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu esa ularning og‘zaki muloqot qilish qobiliyatini yaxshilaydi.
Talabalar turli yozuv uslublarini, jumladan, insholar, tadqiqot ishlari, ushbu tillarda murojaatlar tayyorlash ko'nikmalarini o‘zlashtiradi.
Talabalar o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali akademik va kundalik matnlarni tushunish qobiliyatini yaxshilaydilar.
Talabalar ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyati, tarixi va an'analari haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishadi, bu esa ularning ma’ruzalarini kengaytiradi.
Talabalar ingliz tilining nazariy asoslari – grammatika, fonetika, leksikologiya va stilistikani chuqur o‘zlashtira oladi.
Ingliz tili orqali xalqaro muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyasi shakllanadi.
Ingliz adabiyoti va madaniyatini o‘rganish orqali talabalarning badiiy, estetik va tanqidiy tafakkur rivojlanadi.
Tarjima va til amaliyoti bo‘yicha mustaqil ishlash, matn tahlil qilish, professional tarjima qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:
– Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimining ixtisosligiga mos ta’lim;
– muassasalarida o‘rgangan asosiy va ikkinchi chet tillarini o‘qitish;
– ta’lim muassasalari va mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida kabinet mudiri, metodist va ularga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
– chet tillarni intensiv shaklda o‘rgatish kurslarida faoliyat yuritish;
– turli davlat va nodavlat korxona va tashkilotlarda tarjimon bo‘lib ishlash;
– gumanitar fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
– OAV sohasidagi tashkilotlarda ixtisosligiga mos lavozimlarda ishlash;
– mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—