WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 5 yil

Dastur haqida

Farmatsiya (turlari boʻyicha) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi – “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasiga oid yoʻnalish boʻlib, aholiga farmatsevtik yordam koʻrsatish, isteʼmolchilarning farmatsevtika tashkilotida sotishga ruxsat berilgan xavfsiz, samarali va yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar, asbob-uskunalar hamda boshqa farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va talabini qondirish, farmatsevtika tashkiloti faoliyatini tashkil etish va boshqarish, farmatsevtik tashkilot mehnat jamoasi ishini tashkil etish va boshqarish, dorixonalar va dorixona shahobchalarida dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning chakana savdosini, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji savdosini amalga oshirish, omborxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida saqlashni tashkil etish, dorixona faoliyatida buxgalteriya, statistik va miqdoriy-buyum hisobini yuritish, dorixona faoliyatining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish va rejalashtirish, dorixona sharoitida dori vositalari hamda boshqa turdagi tibbiy va farmatsevtik mahsulotlarni tayyorlash, tibbiy va farmatsevtik mahsulotlarni qadoqlash, oʻrash va saqlashni taʼminlashni oʻz ichiga oladi.

 

Shuningdek, mazkur taʼlim yoʻnalishi dorixona va farmatsevtika korxonalari faoliyatida dori preparatlarini ishlab chiqarish, zaharli, giyohvand, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar hamda ularning metabolitlarini biologik obyektlar va biologik suyuqliklardan ajratib olish, ularning sifat va miqdorini aniqlash, farmatsevtik preparatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa moddalarni sifat hamda miqdor jihatidan tahlil qilish, olingan tekshiruv natijalarini ilmiy asosda talqin etish, dori vositalarining sifatini biologik usullar bilan nazorat qilish, farmakologik va toksikologik tadqiqotlarni oʻtkazish, samarali va xavfsiz farmakoterapiyani tashkil etish, dori vositalarining klinik tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi, psixotrop va giyohvand dori vositalari muomalasini nazorat qilish bilan bogʻliq kompleks masalalarni hal etish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

O'xshash dasturlar