Alfraganus universiteti
Pediatriya ishi
Dastur haqida
Pediatriya (Bakalavriat)
Alfraganus Universitetining Pediatriya dasturi talabalarga bolalar va o‘smirlar salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, tashxislash, davolash hamda reabilitatsiya qilish bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar beradi. Dastur fundamental tibbiy fanlar, klinik fanlar va keng qamrovli amaliy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi hamda malakali pediatr shifokorlarni tayyorlashga qaratilgan.
Davomiyligi: 6 yil (12 semestr)
Kreditlar: 360 ECTS
Daraja: Pediatriya bakalavri
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Asosiy fanlar: Anatomiya, Fiziologiya, Biokimyo, Gistologiya, Mikrobiologiya, Patologiya, Farmakologiya, Pediatriya, Neonatologiya, Bolalar yuqumli kasalliklari, Bolalar nevrologiyasi, Bolalar jarrohligi, Tibbiy diagnostika, Shoshilinch tibbiy yordam va Tibbiy etika.
Klinik amaliyot dasturning muhim qismi hisoblanadi. Talabalar bolalar shifoxonalari, ko‘p tarmoqli klinikalar va ixtisoslashtirilgan pediatriya markazlarida amaliyot o‘tash orqali bolalar salomatligini baholash, tashxis qo‘yish, davolash va kuzatish bo‘yicha tajriba orttiradilar.
Bitiruvchilar davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida pediatr shifokor hamda bolalar salomatligi bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Dastur zamonaviy pediatriya talablariga mos ravishda klinik fikrlash, kasbiy mahorat, innovatsion tibbiy texnologiyalar va bemorga yo‘naltirilgan yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan.
*Xorijiy talabalar uchun kontrakt to‘lovi miqdori 45 500 000 (qirq besh million besh yuz ming) so‘m etib belgilangan.
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga