Dastur haqida
1993 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Pediatriya fakulteti tashkil qilingan.
Uning birinchi dekani S.M.Masharipov (1993-1995), B.A.Hidoyatov (1995), K.J.Jabborov (1996), M.R.Musayev (1997-2008), A.Q.Quryazov (2009-2013) M.R.Rahmetova (2013-2015), Sh.R.Yusupov (2015-2017), R.B.Abdullayev (2017-2019), 2019 yildan buyon Anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Sapayeva Sharofat Aminovna fakultet dekani vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
1993 – 2015 yillarda Pediatriya fakultetida tahsil olgan bitiruvchilarining ko‘pchiligi fakultetning quyidagi dekan o‘rinbosarlarini yaxshi eslashadi.
Sa’dullayev Otanazar Qodirovich, Yo‘ldoshev Nuraddin Egamberdiyevich, Jumaniyazov Quvondiq Yuldoshevich, Bobojonov Xudoynazar Rajabovich, Egamberdiyev Quvonchbek Qosimovich;
2016 - 2019 yillarda Vapayev Qudrat Bekberganovich, Karimov Rasulbek Xasanovich, Allaberganov Dilshod Shavkatovich, Salayev Ixtiyor Baxtiyorovichlar samarali faoliyat yuritganlar.
Pediatriya fakultetida 7 ta kafedralarda 100 dan ortiq ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakultetida quyidagi mas’ul xodimlar bugungi kunda o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar.
• Sapayeva Sharofat Aminovna – Pediatriya fakulteti dekani (2019 yil 1 apreldan buyon);
• Alimov Elyorbek Narxanovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari (2020 yil 3 yanvardan buyon);
• Ahmedov Ruslan Baxtiyorovich – O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (2019 yil 4 noyabrdan beri);
• Atadjanova Gulnoza Ibadullayevna– Pediatriya fakulteti uslubchisi (2022 yil 13 yanvardan)
• Razzoqova Nasiba Ro‘zmetovna – kotiba, ish yurituvchi (1999 yildan beri);
• Xudoyberganova Manzura Yusupovna– O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher;
• Xayitboyeva Nilufar Maxsudovna – fakultet 1-bosqich talabalari tyutori;
• Abdullayeva Hafiza Davronbekovna - fakultet 2-bosqich talabalari tyutori;
• Sotibaldiyev Jur’atbek Ismoilovich - 3-bosqich talabalari tyutori:
Bugungi kunda fakultetda Pediatriya ishi, Oliy hamshiralik ishi, Kasb ta’limi, Xalq tabobati yo‘nalishlari bo‘yicha 600 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqdalar. Har yili 90 nafardan ziyod yosh pediatrlar, 30 ga yaqin oliy hamshiralar o‘qishni bitirib, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar, ulardan kamida 3 nafari imtiyozli diplomga ega.
Pediatriya fakultetining ilmiy salohiyati rivojiga M.R.Xudayberganov, Z.F.Jumaniyozova, O.Q.Sapayev, N.Y.Xudoyberganov, Z.Q.Abidova, Sh.R.Yusupov, Z.B.Tojiyeva, I.A.Qilichev, K.D.Nazarov, R.T.Masharipova, R.I.Asqarova, F.R.Aliyeva, R.Q.Qurbanniyozova, B.R.Fayzullayev, M.R.Niyozmetov, I.B.Ruzmetov, M.O.Matyaqubovlar kabi atoqli shifokor va olimlarning hissasi katta.
№Fakultet kafedralari nomi
1Ijtimoiy fanlar kafedrasi
2Ichki kasalliklar va teri – tanosil kasalliklari kafedrasi
3Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi
4Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasi
5Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi
6Gospital va poliklinik pediatriya kafedrasi
7Pediatriya va oliy hamshiralik ishi kafedrasi
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga