Dastur haqida
1. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) bakalavriat ta'lim yo'nalishining umumiy tavsifi 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida amalga oshirilali. Barcha ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo'llanish sohasi. 1.1.1. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi malaka talabining qo'llanilishi. Malaka talabi 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli bakalavrlar tayyorlash o'quv reja va fan dasturlarining o'zlashtirilishini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. 1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari: - mazkur ta'lim yo'nalish bo'yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o'quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas'ul oliy ta'lim muassasalarining professor - o'qituvchilari; - ta'lim yo'nalishining o'quv reja va fan dasturlarini o'zlashtirish bo'yicha o'quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; - o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari); - bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestasiya va imtihon komissiyalari; - oliy ta'lim muassasasini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar; - oliy ta'lim tizimini akkreditasiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari; - ta'lim yo'nalishi (tarkibi)ning bakalavriat ta'lim yo'nalishlaridan birini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo'lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
1.2. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi. 1.2.1. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari: 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi pedagogika va psixologiya ta'lim tashkilotlari, akademik liseylar, texnikumlar uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarbiya fani o'qituvchisi; metodist-tarbiyachi, ijtimoiy pedagog; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy- tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy- pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish; ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. 1.2.2. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari: - ta'lim jarayoni; o'qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari; -tarbiya fanini o'qitishning zamonaviy va pedagogik texnologiyalari; -tarbiya fanini o'qitish metodikasi; - ta'limning nazariy masalalari; o'qitish metodikasi; - loyihalashtirish asosida o'quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, Mavruza, amalin va laboratoriya mani ulotlarin lonidalantarin va tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya jarayoni; ta'lim sohasidagi muammolar va ularning echimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta'limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish; - mos ixtisoslik bo'yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma'naviy- ma'rifiy targ'ibot ishlari jarayonlari. - ta'lim tashkilotlarida psixolog bo'lib faoliyat yuritishi, akademik lisey, professional ta'limda kasbiy fanlardan o'rnatilgan tartibda dars berish; - ta'lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; - kasb - hunar ta'lim muassasalarida psixologiya o'qituvchisi mos ta'lim yo'nalishlar bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo'lib ishlash; -umumiy o'rta ta'lim tizimida tarbiya fani o'qituvchisi sifatida va Mehribonlik uylarida ijtimoiy pedagog sifatida faoliyat olib borish; - pedagogika va psixologiya ta'lim fanlar yo'nalishidagi ilmiy- tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash; - arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy- axborot muassasalarida, qo'lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub'ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash; - hokimiyat, voyaga etmagan komissiya tarkibi sifatida ishlash, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma'naviyat va ma'rifat markazlarida ishlash; - ishlab chiqarish sohasida musiqiy kasbiy ta'lim pedagogikasi, o'qitishning didaktik vositalari, ta'limning elektron vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. - fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiiy faoliyat sohalarida qo'shimcha va o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
1.2.3. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: pedagogik; ilmiy-tadqiqot; ma'naviy-ma'rifiy; tashkiliy-boshqaruv; Ta'lim yo'nalishi yo'nalishlari bo'yicha tayyorlangan bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta'lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.
1.2.4. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari. 60110100 - Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob'ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi lozim.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—